Davlat tashqi siyosati tahlilining nazariy asoslari: institutsionalizm konsepsiyasi



Yüklə 67,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix07.01.2024
ölçüsü67,19 Kb.
#203416
növüСтатья
1   2   3   4   5   6
davlat-tashqi-siyosati-tahlilining-nazariy-asoslari-institutsionalizm-konsepsiyasi (1)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 5 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
309 
w
www.oriens.uz
June 
2021
 
 
siyosat ehtiyojlariga bog’liq deya hisoblaydi. Ularning fikricha, davlat tashqi siyosati 
to’liq ratsional emas, davlat va uni yurituvchi institutlar xohishlari davlatning hatti-
harakatlari belgilab beradi va bu xohishlar doim ham ularning imkoniyatlariga to’g’ri 
proportsional emas [10]. Institutsionalizm konsepti namoyondalari tinchlik vaqtida 
xalqaro munosabatlarda davlatlar va boshqa aktorlar o’rtasidagi munosabatlarning 
barqarorligini saqlash va muammolarni muloqot orqali hal qilish tarafdorlaridir 
Ayniqsa neoliberalistik institutsionalizmga ko’ra, institutlar (ham ichki, ham 
xalqaro siyosiy institutlar) davlatlarning xalqaro munosabatlarda samarali va 
muvaffaqiyatli hamkorlik qilish imkoniyatini beradi. Davlat organlari va institutlari
shakllanishi va rivojlanishida nafaqat rasmiy hokimiyat mexanizmlari yoki 
mansabdor shaxslar asosiy o’rin tutadi, balki hokimiyat institutlari tizimida
muayyan burilishlarga jamoat fikri ham sabab bo’lmoqda va bu fikr o’ziga xos 
rasmiy va norasmiy institutlar o’rtasidagi gibrid institute hisoblanadi [7].
Neoliberalistik institutsionalizm aslida hamkorlik institutsional strukturalar va 
hattoki siyosatni muvofiqlashtirish bo’yicha kelishuv mavjud bo’lmagan holatda 
ham hosil bo’lishi mumkinligini ta’kidlaydi [8]. Ammo, jahon siyosatida biron bir 
aktor yoki global tizimning barqaror va xavfsizligini ta’minlovchi omil aktorning 
yoki global tizimning siyosiy institutlar doirasida barqarorlashuvi hisoblanadi orqali 
belgilanadi. Bunda institut ma’nosida ichki siyosiy tizim elementlari, xalqaro 
tashkilotlar, forumlar, tuzumlar nazarda tutiladi. Mazkur nazariya tarafdorlari fikricha 
institutlar davlat tashqi siyosatining vositasigina emas, ular tashqi muhitda alohida 
actor vazifasini bajara oladi, davlatning ichki tuzumi yoki xalqaro munosabatlar 
tizimini qayta qurishga qodir [9]. 
XULOSA 
Demak, siyosiy institutsional mexanizmlar tizimi, ularning maqsad va vazifalari, 
kompetensiyalari aniq bo’lsa davlat tashqi siyosati bundan pozitiv impuls beradi. 
Zero, byurokratik apparat rivojlanishi qaror qabul qilishning haddan ortiq 
personalizatsiyasiga qarshi turadi. Institutsionalizm konsepsiyasi uchun ijtimoiy-
siyosiy institutlar nafaqat tashqi siyosatni olib borivchi organlar (masalan TIV), balki 
tashqi siyosatdagi davlat hatti-harakatlariga impuls beruvchi hamda tashqi muhit va 
tashqi siyosat o’rtasida ko’prik vazifasini bajaruvchi “o’zgaruvchilar”dir. 
Ushbu nazariyaga ko’ra, davlat tashqi siyosati institutlari ichki va tashqi ya’ni 
xalqaro muhitda quyidagi vazifalarni bajaradi: 
- huquq tashuvchisi (misol uchun, prezidentlik/deputatlik instituti-huquq 
tashuvchisidir, ushbu lavozimni egallagan shaxsning o’zi emas). U davlatning tashqi 
siyosati yoki xalqaro jarayonlarga legitimlik, nisbiy obyektivlik xususiyatlarini beradi; 



Yüklə 67,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin