Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 1 | ISSUE 5 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 308
w www.oriens.uz June 2021 manfaatlari bilan bog’liq holda generatsiyaga uchrashu haqida asosiy postulatiga
qisman zid keladi.
T.Veblen g’oyalariga asoslangan umumiy institutsionalizm nazariyasidan
institutlar va ularning shakllanishi tadqiqotidagi metodologiya bilan farq qiluvchi
yangi institutsionalizm (yangi institutsional iqtisodiyot) konsepsiyasi neoklaasik
yo’nalishga ega va u neorealizm bilan bir davrda rivojlandi. Chikago iqtisodiyot
maktabi vakillari R.Kouz, G.Deshsets, R.Pozner, U.Niskanen fikriga ko’ra,
institutlar shakllanishida asosiy o’rin tutadi deb hisoblanilgan ratsional shaxs,
ratsional jamiyat hamda ularning ratsional qarorlari va bu ratsional qarorlarning
ijtimoiy me’yorlar tizimiga ratsional ta’siri tushunchalari shubhali ilmiy kategoriyalar
hisoblanadi [5]. Aksincha, struktura va o’rnatilgan qoidalar (institutlar) qaror qabul
qiluvchi agent (shaxs, jamiyat, guruh va boshqalar) hatti-harakati va qarorlariga
asosiy ta’sir o’tkazishi ta’kidlanadi. Institutlar evolyutsiya natijasi va ular
transformatsiyaga olib keladi va doimo standartlashishga intiladi.
Shuningdek, neoklaasik institutsionalizm davlatning ham minimal axborotga ega
bo’lish ehtimoli yuqoriligini tan oladi va uni “nomukammal institut” [6] sifatida
talqin qiladi.
Institutsionalizm jamiyat hayotidagi institutlarni formal (rasmiy) va noformal
(norasmiy) tipga ajratadi. Norasmiy institutlar odatda huquqiy jihatdan kuchga ega
bo’lmagan, yozilmagan me’yorlar- ishonch, axloq va b.qdir. Bu institutlar ko’proq
g’oyaviy asosga ega bo’lib, tashkiliy ko’rinishga ega bo’lmasligi mumkin. Ularning
eng muhim xususiyati, norasmiy institutlar rasmiy institutlar uchun doimo asos
yaratadi. Misol uchun, axloq jamiyatda davlat va huquq asoslari shakllanishiga asos
yaratgan kategoriyadir. Institutsionalizm nazariyasi rejimlar nazariyasi bilan bir
qatorda, xalqaro miqyosdagi
noformal munosabatlarning qayday qilib hamkorlikka
zamin yaratishi mumkinligi haqida fikr yuritadi va xalqaro munosabatlar hamda
tashqi siyosatda institutsionallashuv jarayoni yuzaga kelishiga olib keluvchi kuchlar
mutanosibligini tushuntirib beradi.
Formal institutlar rasmiy tashkiliy asosga ega institutlardir va ular har qanday
rasmiy fenomen kabi sohalar bo’yicha (iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, siyosiy, huquqiy
va b.q.), vakolati makoni bo’yicha (ichki va tashqi), ta’sir va kuch mexanizmlari,
majburiyatlari bo’yicha imperativ, deklarativ, taklif xarakteriga ega institutlarga,
shuning institutsional kelishuv darajasi, muhit darajasiga ko’ra ham ajratilishi
mumkin.
Institutsionalizm g’oyasi o’zida liberalistik qarashlarning eng muhim
ta’kidlaridan birini mujassam qilgan. Institutsionalistlar ham tashqi siyosat ichki