Davlat tili haqida



Yüklə 21,46 Kb.
səhifə4/4
tarix03.03.2023
ölçüsü21,46 Kb.
#86353
1   2   3   4
TIL

1-boshlovchi: Har bir tilning poydevori
Yozuv harflardir azal.
So‘z tuzadi, ular so‘zga
Ma’no berar qalam-ga!


2-boshlovchi: Keling, endi tilimiz va yozuvmizga oid qarorlarni eslab olamiz.

14-o‘quvchi: 1989-yil 21-oktabr – “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilindi.

15-o‘quvchi: 1993-yil 2-sentabr – “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Oliy majlisning tegishli qarori qabul qilindi.

16-o‘quvchi: 1995-yil 24-avgust – Vazirlar Mahkamasining “O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

17-o‘quvchi: 1995-yil 21-dekabr – “O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqida”gi Qonun yangi tahrirda qabul qilindi.

18-o‘quvchi: 1996-yil 10-sentabr – Vazirlar Mahkamasining “Davlat tili haqida”gi Qonunni amalga oshirish “Davlat dasturi to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

1-boshlovchi: Ona tilim, o‘zingdirsan elini opichlab,
Shu kunlarga olib kelib, taratgan ziyo.
Ona tilim, o‘zingdirsan yillab asrab,
O‘zbek elin istiqlolga yo‘llagan ziyo.


2-boshlovchi: Tilimiz to‘g‘risidagi ko‘plab she’rlar bitilgan, qo‘shiqlar kuylangan. Keling, ulardan namunalar eshitamiz.

19-o‘quvchi: Bobolardan bizga meros ezgu til,
Avlodlarga xazina-yu bebaho.
Qalbimizga, ruhimizga ko‘zgu til.
Bu dunyoga bag‘ishlaymiz ne daho.


20-o‘quvchi: Yovonlarning cheksizligi,
Ham samimiy, ham hovuri,
Onajonlar allasidan,
Ko‘z yoshidan, oq sutidan,
To‘qaylarning tengsizligi,
Jilg‘alarning sho‘x hovuri,
Yigitlarning yallasidan,
Suluvlarning sukutidan,
Yo‘g‘irilgan til – ona tilim

21-o‘quvchi: Cho‘ponlarning qamish bayti,
Childirmaning darillashi,
Go‘r o‘g‘lining alp siymosi,
Alpomishning da’vosidan,
Tug‘ilgan til – ona tilim

1-boshlovchi:
Dunyo ishi sho‘x mavjlanar ona tilimda,
Har bir so‘zi yuz ma’noli durdona tilimda
Izohli ko‘ngil chog‘i ipak tovlanadir ul.
Burro-yu go‘zal, g‘olib-u mardona tilimda.
Do‘stlarimning davrasida shahd-u shakardir,
Har jilvasi bir gulxan-u gulxona tilimda.
Bor unda Navoiy ruhi, unda Bobur bor,
Har shevasi bir qasr ila koshona tilimda.
Dunyoda bor ilm-u hunar unda jilobaxsh,
So‘ngsiz xazina, qomus-u afsona tilimda.

2-boshlovchi: Insonni so‘z ayladi judo hayvondin,
Bilki guhari sharifroq yo‘q ondin.


1-boshlovchi:
Ona tilim, buyuklikda eng baland tog‘san,
Ona tilim, suyuklikda Erami bog‘san.

2-boshlovchi: Aziz ona tilimizni e’zoz-u ehtiromga loyiq ko‘ruvchi muxlislar! Hammangizga ulug‘ ayyom muborak bo‘lsin!
Yüklə 21,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin