Davlat tili haqida



Yüklə 21,46 Kb.
səhifə3/4
tarix03.03.2023
ölçüsü21,46 Kb.
#86353
1   2   3   4
TIL

1-boshlovchi: “Yosh tilshunoslar” to‘garagi a’zolari ijrosida xalq qo‘shiqlari va temalaridan namunalar tinglang.

2-boshlovchi: Baxtimizga yurtimiz tinch bo‘lsin!
Tilimiz sofligi abadiy bo‘lsin!
Omon bo‘lsin el-u yurt, osmon,
Omon bo‘lsin turguncha zamon!


1-boshlovchi: Alla! O‘zbek xalqining qadim-qadimdan e’zozlanib, ardoqlanib kuylanib kelinayotgan, tarjimon talab qilmaydigan, millat, tilidan qat’iy nazar, birdek ezgulikka, yaxshilikka chorlovchi – ma’naviy malham.

2-boshlovchi: Alla sehri – orzu-umidlar, quvonch-u tashvishlar majmuasidir. Prezidentimiz “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” kitobida “…jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi”, - deya ta’kidlagan edilar.
Darhaqiqat, onalarimizning allasi har qanday toshni ham eritishga qodir. Chunki bu – dil nolasi! Chunki bu – tilning beqiyos kuchi!
Davraga milliy libosdagi qizlar yarim doira shaklida joylashadilar. O‘rtaga beshik qo‘yib, bir o‘quvchi qiz beshik tebratib alla aytadi. Davradagi qizlar esa jo‘r bo‘ladilar.

O‘quvchi qizlar: Alla aytay, jonim bolam,
Orom olgin, alla.
Yurtimizning sher yigiti,
Yorug‘ yulduzi, alla…
Katta bo‘lib Vataningga
Sodiq bo‘lgin-a, alla…


1-boshlovchi: Til – bebaho qudrat. U nafaqat aloqa vositasi, balki go‘zal nutq yaratish san’atidir.

2-boshlovchi: Ommaga qaratilgan har qanday yozma yoki og‘zaki nutq mukammal bo‘lishi uning ta’sirchanligini oshiradi. Ma’lumki, jumla ta’siri, hech shubhasiz, tinish belgilariga ham bog‘liq. Har qanday ohang – nutq libosi. Til esa unig jamoli.

1-boshlovchi: Sahnaga 5-sinf o‘quvchilarni taklif qilamiz.
O‘quvchilar boshlariga tinish belgilaridan toj kiyib kelib, “Fikrlar bekati” mushoirasini boshlashadi.
Vergul”: Shoshmang, meni demang norasida, o‘rnim tengdosh bo‘laklarning orasida…
Qo‘shtirnoqlar”: Ko‘chirma gap ketolmaydi bizdan qochib, uni doim olamiz keng quchoq ochib…
Tire”: Dialogda mening eng ko‘p turar joyim, yana ma’no takrorlansa, men bor doim…
So‘roq-undov”: Xushsurat, xush odobmiz, go‘yoki bir quyosh-obmiz.
Kerak paytlar birlashib, ham savol, ham javobmiz.
Nuqta”: Fikrlarning bekati – Nuqtadirman,
Har darak gap oxirida to‘xtaydurman.
Gapim tamom, bundan bo‘lak menga ne bor,
O‘ylaymanki, so‘zim qolmas bee’tibor.


Yüklə 21,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin