O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6084-son Farmoni 2020-yil 20-oktabrda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6084-son Farmoni 2020-yil 20-oktabrda qabul qilingan
Farmonga muvofiq:
1. 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi;
2. 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasini 2020-2022-yillarda amalga oshirish dasturi;
3. 2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi.
4. Rahbar kadrlarning davlat tilida rasmiy ish yuritish darajasi aniqlash hamda mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar uchun davlat tilini bilish bo‘yicha daraja sertifikatlari joriy etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 52-sonli Qarori Qarorga muvofiq: 2021-yil 1-apreldan boshlab mas’ul lavozimlarga tayinlanadigan shaxslar va barcha rahbarlardan davlat tilini bilish darajasi bo‘yicha test olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 61-sonli Qarori 2021-yil 10-fevralda qabul qilingan.
Qarorga muvofiq:
1. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining takomillashgan varianti ishlab chiqildi va umumxalq muhokamasiga qo‘yildi (2021-y. 1-noyabrgacha).
2. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosining yangi tahrirdagi imlo qoidalari ishlab chiqiladi.
3. Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi, imlosi va davlat tilida ish yuritish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etiladi.
4. 2023-yil 1-yanvargacha lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga to‘liq o‘tiladi.