Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Ish yuritish tili va uslubi



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

18


Ish yuritish tili va uslubi
Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan 
yoziladi. Yakka rahbar nomidari yoziladigan farmoyish hujjat- 
lari (buyruq, farmoyish, ko ‘rsatma kabilar) birinchi shaxs ti­
lidan bo‘ladi. Shuningdek, ayrim shaxs tomonidan yozilgan 
hujjatlar (ariza, tushuntirish xati kabi) ham birinchi shaxs, 
birlik sonda yoziladi. Boshqa hujjatlar esa yo birinchi shaxs 
ko 4plik sonda, yoki uchinchi shaxs birlik sonda tuziladi: 
«...ga ruxsat berishingizni so ‘raymiz», «...deb hisoblaymiz»; 
«m a’muriyat talab qiladi», «boshqarma so‘raydi» kabi.
Hujjatlar matnini tuzishda turg‘unlashgan, qoliplash- 
gan so 'z birikmalaridan ko‘proq foydalanish lozim. Chun- 
ki qoliplashgan, yagona doimiy shaklga ega bo‘lgan so‘z 
tizimlari, iboralar, muhandislik psixologiyasi m a’lumotlariga 
ko‘ra, boshqa so‘z birikmalariga qaraganda 8-10-marta tez 
idrok qilinar ekan. Buning ustiga qoliplashgan so‘z birikma- 
lari hujjatlami tayyorlash va ulardan foydalanish jarayonla- 
rini anchagina tezlashtirish imkonini beradi. Tayinki, har bir 
hujjat turining mohiyati va maqsadi bilan bog‘liq ravishda 
o ‘ziga xos qoliplashgan sintaktik tuzilmalar shakllana bora- 
di. Masalan, buyruqda quyidagicha qoliplashgan tuzilmalar 
qo‘llanishi mumkin:
«... so‘m maosh bilan ... lavozimiga tayinlansin»;
«... o ‘z xohishiga ko‘ra ... lavozimidan ozod qilinsin»;
«... boshqa ishga o ‘tganligi munosabati bilan ... lavozimi­
dan ozod qilinsin».
Yoki xizmat yozishmalarida mana bunday qoliplashgan 
so‘zlardan foydalanish mumkin:
«Sizga ...ni m a’lum qilamiz»;
«Sizga ...ni bildiramiz»;
«Sizga ...ni eslatamiz»;
«...yordam tariqasida...»; «... munosabati bilan...»;
«... qaroriga muvofiq ravishda ...»;
«...ga korxona m a’muriyati qarshi emas»; «...ga korxona 
kafolat beradi» va h.k.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin