Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


(Imzo) N. Qodirov (Davolash muassasasining tasdiqlovchi yozuvi va muhri) 246



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

(Imzo)
N. Qodirov
(Davolash muassasasining tasdiqlovchi yozuvi va muhri)
246


Dalolatnoma
DALOLATNOMA
Muassasa yoki ayrim shaxslar faoliyati bilan bog‘liq bi- 
ron-bir bo‘lib o ‘tgan (sodir bo‘lgan) voqea, hodisa, ish-hara- 
katni yoki mavjud holatni tasdiqlash, unga guvohlik berish 
maqsadida bir necha kishi tomonidan tuzilgan hujjat. Da­
lolatnoma tuzishda xilma-xil maqsadlar ko‘zlanadi, lekin uni 
tuzishdan asosiy maqsad sodir bo‘lgan voqea-hodisalami yoki 
mavjud holatni qonuniy-huquqiy jihatdan isbotlash yoki tas- 
diqlashdir. Bir qancha hollarda dalolatnoma tuzish maxsus 
huquqiy m e’yorlar bilan qat’iy belgilangan. Masalan, korxo- 
nalarning hisob-kitob bo‘limlari faoliyatida dalolatnomalar 
aw ald an belgilangan mazmun va davriylikka asosan tuziladi 
va huquqiy jihatdan muhim o ‘rin tutadi.
Dalolatnoma deyarli barcha hollarda pul mablag‘lari va mod­
diy boyliklarga bog‘liq tuziladi (hatto baxtsiz hodisa yoki tabiiy 
ofat haqidagi dalolatnoma asosida ham moddiy masala bor), 
binobarin, u ko‘proq tadbirkorlik, moliya-xo‘jalik faoliyatida
hisob-kitob, oldi-sotdi va savdo sohalarida keng qo‘llanadi.
Dalolatnomalar tegishli taftish o ‘tkazilgandan keyin, rah- 
barlik almashinayotganda, moddiy boyliklami bir xususiy 
yoki yuridik shaxsdan ikkinchisiga o ‘tkazishda, qurib tugal- 
langan inshootlami qabul qilishdan oldin va keyin, mashina va 
uskunalaming yangi nusxalarini sinovdan o ‘tkazish chog‘ida, 
qimmatdor buyumlami hisobdan o ‘tkazish yoki hisobdan 
chiqarishda, tovarlami miqdor va sifat bo‘yicha qabul qilib 
olishda, baxtsiz hodisalar yoki tabiiy ofatlar oqibatlarini tek- 
shirishda, sud-tergov ishlari va tibbiyot sohasida, xodimlar- 
ning moddiy, yashash sharoitlarini o‘rganishda va boshqa hol­
larda tuziladi.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin