Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

Farmoyish hujjatlari
2. Vazirlik va boshqarma nomi.
3. M uassasa xos raqami.
4. Hujjat shaklining xos raqami.
5. M uassasa nomi.
6. Sarlavhasi (mazmunidan kelib chiqib nomlanadi).
7. Sanasi.
8. Raqami.
9. Buyruq chiqqan joy nomi.
10. Hujjatning nomi (Buyruq).
11. Buyruq matni (basharti ilovalari b o ‘lsa, qayd qilinadi).
12. Rahbar yoki o ‘rinbosar imzosi.
Buyruq loyihasi mutaxassislar tomonidan tayyorlanadi; 
bosh yoki yetakchi mutaxassislar, yuriskonsult, bosh hisobchi 
bilan kelishiladi. Yuriskonsult buyruqni ko‘rishda quyidagilar- 
ga e ’tibor beradi: masalani buyruq bilan rasmiylashtirish 
maqsadga qanchalik to‘g‘ri kelishi; buyruq loyihasi amaldagi 
qonunlarga, hukumat qarorlariga qanchalik muvofiq kelishi; 
mazkur idoraning ilgari berilgan buyruqlariga mos kelishi.
Buyruq loyihasiga tegishli imzolar qo‘yilib, u blankaga 
k o ‘chirilgach, tashkilot rahbari uni imzolaydi. Asosiy faoliyat- 
ga oid buyruqlarda, odatda, mazmunidan kelib chiqib sarlavha 
qo‘yiladi (ba’zi qisqa buyruqlarda qo‘yilmasligi ham mum­
kin). Rahbar imzolagan buyruq ish yuritish bo‘yicha m as’ul 
xodim tomonidan tegishli daftarga qayd etiladi.
Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish 
qismlaridan tarkib topadi. Asoslovchi (kirish) qismida buyruqdan 
maqsad, shart-sharoit, sabablar ko‘rsatiladi, asos qilib olinayot- 
gan buyruqqa havola qilinadi (nomi, raqami, sanasi yoziladi). 
Ayrim hollarda buyruqqa asos bo‘lgan hujjat uning farmoyish 
qismi tegishli bandida ham ko‘rsatiladi. Ba’zi buyruqlami asos- 
lashga hojat bo‘lmasligi mumkin, bunday hollarda ular to‘g‘ri- 
dan-to‘g‘ri farmoyish qismi bilan ham berilaveradi.
Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar 
bilan yoziladigan «Buyuraman» so‘zidan keyin boshlana-
144


Buyruq
di. Shu so‘zdan so‘ng ikki nuqta qo‘yilib, yangi satrdan far- 
moyishlar beriladi. Zaruriyatga qarab farmoyishlar bandlarga 
bo‘linib, arabcha raqamlar bilan belgilanadi. Raqamdan so‘ng 
nuqta qo'yilib, so‘z bosh harfdan boshlanadi. Farmoyishlarda, 
odatda, kim qanday vazifani qaysi muddatda bajarishi ko‘rsa- 
tiladi. Harakat majhul fe’l shaklida ifodalanadi («Amalga 
oshirilsin», «Ta’minlansin», «Yuklatilsin», «Hisoblansin» va 
h.k.). Bajamvchilar - muassasa yoki uning tarkibiy qismlari 
(bo‘limlari), mansabdor shaxslar (lavozimlari ko‘rsatilgan 
holda) ko‘pincha jo ‘nalish kelishigida qayd qilinadi.
Buyruqda ishning bajarilish muddati umumiy tarzda yoki 
har bir farmoyishda aniq ko‘rsatilishi mumkin. Buyruq imzo 
chekilgandan so‘ng kuchga kiradi. Lekin ayrim bandlarga oid 
farmoyishda kuchga kirish muddati aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi 
mumkin.
Buyruqning farmoyish qismi oxirida buyruqni nazorat qi­
lish kimga yuklatilganligi ham qayd qilib qo‘yiladi: «Buyruq 
ijrosini nazorat qilish (lavozimi va familiyasi to ‘liq yoziladi) 
zimmasiga yuklatilsin».
B a’zi buyruqlarda shu buyruq munosabati bilan ilgarigi 
joriy yoki boshqa xil hujjat bekor qilinganligi ham k o ‘rsa- 
tib o ‘tiladi. Asosiy faoliyatga oid buyruq shakli namunasi
1-, 2-ilovalarda berildi.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin