Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

M U Q A D D IM A
0 ‘zbekistonning milliy mustaqilligi hech bir istisnosiz ona 
tilimiz rivoji uchun ham keng yo‘l ochdi. Davlatimizning aso- 
siy qonuni - Konstitutsiyamizda, «Davlat tili haqida»gi Qonun 
va boshqa rasmiy hujjatlarda o‘zbek tilining huquqiy maqomi 
va istiqboli aniq ko‘rsatib berilgan. Necha asrlar mobaynida 
goh yuksak rivoj-u shuhrat topgan, gohida nopisandlik, turtki- 
lash va karasitishlardan ezilgan, ammo yorug‘ kunlarga yetmoq 
umidi so4nmagan tilimiz chinakam m unaw ar kunlarga beshi- 
kast yetib keldi.
Ayniqsa, bugungi kunda «Milliy tiklanishdan - milliy yuksa- 
lish sari» degan ustuvor g ‘oya asosida o‘z taraqqiyotining tamo- 
mila yangi bosqichiga dadil qadam qo‘yayotgan mamlakatimiz- 
da barcha sohalardagidek davlat tilining о ‘mi va nufuzini oshirish 
borasida ham tub burilish jarayonlari boshlandi. Prezidentimiz 
Sh. Mirziyoyev o ‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 
o ‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi- 
da bu borada qilinadigan keng ko‘lamli ishlaming to‘laqonli 
tarhini chizib berar ekan, bu ishlaming pirovard natijalarini 
quyidagicha ifoda etdi: «Muxtasar aytganda, har birimiz dav­
lat tiliga bo‘lgan e ’tibomi mustaqillikka b o ig a n e ’tibor deb, 
davlat tiliga ehtirom va sadoqatni ona Vatanga ehtirom va 
sadoqat deb bilishimiz, shunday qarashni hayotimiz qoidasi- 
ga aylantirishimiz lozim».1 Har bir fuqaroning ong-u shuurida 
ana shu qoidaning salomatligi va sobitligi yurt yuksalishining 
ham, mamlakat mustaqilligi muhofazasi muntazamligining 
ham garovidir.
1 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning o ‘zbek tiliga davlat tili 
maqomi berilganining o ‘ttiz yilligiga bag’ishlangan tantanali marosimdagi nutqi // 
Xalq so‘zi, 2019-yil 22-oktyabr.


Muqaddima
M azkur tarixiy nutqda ta ’kidlanganidek, «dunyodagi qadi- 
miy va boy tillardan biri bo‘lgan o ‘zbek tili xalqimiz uchun 
milliy o ‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, beba- 
ho m a’naviy boylik, buyuk qadriyatdin>. Albatta, bu bebaho 
boylik, buyuk qadriyat milliy o ‘zlikning asriy ildizlari sifa- 
tida o ‘zbek qavmining ona tilisi sifatida o ‘zbekning milliy- 
m a’naviy dunyosini charog‘on qilib tursa, davlat tili sifatida 
k o ‘p millatli mamlakatimiz fuqarolari qalbiga bir davlatga, 
bir yurtga mansublik, birdamlik tuyg‘ularini joylaydi, ulami 
yagona davlat ramzi sanalmish bayroq, gerb, madhiya kabi 
muqaddas timsollar singari bir yurtning sadoqatli farzand- 
lari o ‘laroq birlashtiradi. Aytish mumkinki, ana shu m a’noda 
o ‘zbek tili 0 ‘zbekistonda faqat bir emas, balki ikki ijtimoiy-si- 
yosiy va m a’naviy-m a’rifiy vazifani bajarmoqda, ana shunday 
zalvorli va muazzam vazifalami yelkasiga ortmoqlagan holda 
takomil y o ‘llaridan jadal odimlamoqda.
Davlatimiz rahbari 2019-yil 21-oktyabr kuni imzolagan 
« 0 ‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tub- 
dan oshirish chora-tadbirlari to ‘g ‘risida»gi Farmonida haq- 
li ravishda alohida qayd etganidek, «bugungi globallashuv 
davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o ‘z milliy man- 
faatlarini ta ’minlash, bu borada, aw alo, o ‘z madaniyatini, 
azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish 
masalasiga jiddiy ahamiyat qaratishi tabiiydir».
Davlatimiz rahbarining mazkur Farmonida o ‘zbek tilining 
davlat tili sifatidagi maqomi hayotimizning barcha jabhalari- 
da to 'la -to ^ is joriy qilinishi uchun tegishli chora-tadbirlar 
aniq belgilab berilgan, mazkur maqomning muntazamligi 
uchun davlat va boshqa tashkilotlar, fuqarolaming m as’ullik 
intizomi ko ‘rsatilgan. Aytish joizki, shu tarzda bir necha o ‘n 
yillar davomida tilimiz rivoji borasida harakatga kelolmagan 
mexanizmlar bugun faol va samarador harakatga kelmoqda.
Ayni paytda shuni ham hech m ubolag‘asiz aytish joizki
bugun davlat tilining taraqqiyoti, uning nufuzini oshirish, 
unga teran muhabbat va ehtirom tarbiyasi borasida ham tamo-
4



Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin