Hujjat turlari va xususiyatlari
M a’muriy-boshqaruv faoliyatida xizmat mavqeiga k o ‘ra
hujjatlar
hozirgi kunda, asosan, quyidagicha tasniflanishi
mumkin: tashkiliy hujjatlar;
farmoyish hujjatlari; m a’lu-
mot-axborot hujjatlari; xizmat yozishmalari.
Ushbu q o ‘llanmada ish yuritishda ko‘p uchraydigan aso-
siy hujjatlar mazkur tasnif asosida berildi. Bulami yoritishga
o ‘tishdan oldin aksariyat hujjatlarga xos b o ‘lgan zaruriy qism-
lar ustida to ‘xtalib o ‘tish joizdir.
HUJJATLARDAGI ZARURIY QISMLAR
(REKVIZITLAR) VA ULARNI RASM IYLASHTIRISH
Hujjatlami tayyorlash borasida bugungi kunda shakllan-
gan umumiy qoidalarga ko ‘ra, boshqaruv
hujjatlari zaruriy
qismlaming belgilangan majmuiga va barqarorlashgan joy-
lashish tartibiga ega. Tashkiliy-farmoyish hujjatlari zaruriy
qismlarining to ‘liq ro‘yxati quyidagicha:
1. O 'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi.
2. Tashkilot yoki korxonaning ramziy belgisi (emblemasi).
3. M ukofot tasviri.
4. Vazirlik yoki yuqori idoraning nomi.
5.
Muassasa, tashkilot yoki korxonaning nomi.
6. Tarkibiy tarmoqning nomi.
7. Aloqa muassasasining shartli raqami (indeksi), tashkilot
yoki korxona manzili, telefon raqami,
faks raqami, elektron
pochta manzili, rasmiy vebsayti, bankdagi hisobraqami.
8. Matn sarlavhasi.
9. Sana.
10. Shartli raqam.
11. Keladigan hujjatlaming sanasi va shartli raqamiga havola.
12. Tuzilgan yoki nashr qilingan joyi.
13. Hujjatni oluvchi (adresat).
14. Tasdiqlash ustxati.
24
Hujjat turlari va xususiyatlari
15. Munosabat belgisi (rezolyutsiya).
16. Hujjat turining nomi.
17. Nazorat haqida qayd.
18. Matn.
19. Ilova mavjudligi haqidagi qayd.
20. Imzo yoki elektron raqamli imzo.
21. Kelishuv ustxati.
22. Rozilik belgisi (viza).
23. Muhr.
24. Nusxaning tasdiqlanishi haqidagi qayd.
25. Ijrochining familiyasi va telefon raqami.
26. Hujjatning bajarilganligi va uni hujjatlar yig‘majildiga
y o ‘naltirilganligi haqidagi qayd.
27. Kompyuterga ko‘chirilganligi haqidagi qayd.
28. Hujjat kelib tushganligi haqida qayd.
Albatta, hujjatning har bir tun mazkur zaruriy qismlaming
barchasini o ‘z ichiga olmaydi. Hujjatning
muayyan turiga mu-
vofiq ravishda bu qismlaming ayrim bir turkumi huquqiy talab-
lami ta’minlash darajasida qo‘llanadi. Shu narsa ham muhimki,
ayni qismlaming hujjatda joylashishida qat’iy tartib mavjud, ular
joylashishidagi qat’iy ketma-ketlik
hujjatning huquqiy kuchini
ta’minlash, hujjatni zudlik bilan ishlash, bajarish,
undan osonlik
bilan foydalanish uchun muhimdir.
Mazkur 28 ta zaruriy qismning o ‘ntasi nisbatan ko‘p
qo‘llanadi, shuning uchun asosiy zaruriy qismlar deb ham
yuritiladi: hujjat muallifi (muassasa nomi yoki shaxsiy hujjat-
da imzo qo‘yuvchi shaxs), hujjat turining nomi,
sarlavha,
hujjatni oluvchi (adresat), kelishuv va rozilik belgilari, matn,
tasdiqlash, imzo, muhr, ilova mavjudligi haqidagi qayd. Q o‘l-
lanmaning tegishli o ‘rinlarida zaruriy qismlaming qo4llanishi
va ulaming har bir hujjat turida joylashish tartibi bilan b o g iiq
xususiyatlar batafsil bayon qilingan.
Zaruriy qismlaming standart qog‘oz varag‘iga joylashishi
va ular uchun ajratilgan joy 1-ilovada (44-bet) keltirildi. Qu-
Dostları ilə paylaş: