Ish yuritish tili va uslubi
Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan
yoziladi. Yakka rahbar nomidari yoziladigan farmoyish hujjat-
lari (buyruq, farmoyish, ko ‘rsatma kabilar) birinchi shaxs ti
lidan bo‘ladi. Shuningdek, ayrim shaxs tomonidan yozilgan
hujjatlar (ariza, tushuntirish xati kabi) ham birinchi shaxs,
birlik sonda yoziladi. Boshqa hujjatlar esa yo birinchi shaxs
ko 4plik sonda, yoki uchinchi shaxs birlik sonda tuziladi:
«...ga ruxsat berishingizni so ‘raymiz», «...deb hisoblaymiz»;
«m a’muriyat talab qiladi», «boshqarma so‘raydi» kabi.
Hujjatlar matnini tuzishda turg‘unlashgan, qoliplash-
gan so 'z birikmalaridan ko‘proq foydalanish lozim. Chun-
ki qoliplashgan, yagona doimiy shaklga ega bo‘lgan so‘z
tizimlari, iboralar, muhandislik psixologiyasi m a’lumotlariga
ko‘ra, boshqa so‘z birikmalariga qaraganda 8-10-marta tez
idrok qilinar ekan. Buning ustiga qoliplashgan so‘z birikma-
lari hujjatlami tayyorlash va ulardan foydalanish jarayonla-
rini anchagina tezlashtirish imkonini beradi. Tayinki, har bir
hujjat turining mohiyati va maqsadi bilan bog‘liq ravishda
o ‘ziga xos qoliplashgan sintaktik tuzilmalar shakllana bora-
di. Masalan, buyruqda quyidagicha qoliplashgan tuzilmalar
qo‘llanishi mumkin:
«... so‘m maosh bilan ... lavozimiga tayinlansin»;
«... o ‘z xohishiga ko‘ra ... lavozimidan ozod qilinsin»;
«... boshqa ishga o ‘tganligi munosabati bilan ... lavozimi
dan ozod qilinsin».
Yoki xizmat yozishmalarida mana bunday qoliplashgan
so‘zlardan foydalanish mumkin:
«Sizga ...ni m a’lum qilamiz»;
«Sizga ...ni bildiramiz»;
«Sizga ...ni eslatamiz»;
«...yordam tariqasida...»; «... munosabati bilan...»;
«... qaroriga muvofiq ravishda ...»;
«...ga korxona m a’muriyati qarshi emas»; «...ga korxona
kafolat beradi» va h.k.
Dostları ilə paylaş: