Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

Ish yuritish tili va uslubi
Xos Hojibning «Qutadg‘u bilig» (XI asr) asarida «yorliq, 
noma» m a’nosidagi «bildirguluk» so‘zi bor. Bu so‘z sof turkiy 
«bilmoq» fe’lidan yasalgan. Shulami hisobga olib, «рапорт» 
deyiladigan hujjatni o ‘zbek tilida «bildirish» so‘zi bilan nom- 
lash mumkin. «Справка» m a’nosini «m a’Iumotnoma» so‘zi 
bemalol ifoda etib kelmoqda.
«Акт» shunday hujjatki, unda aniqlangan muayyan hodisa 
yoki biron-bir faktning to ‘g ‘riligi tasdiqlanadi va bunga bir 
necha kishining guvohligi keltiriladi. Shunday ekan, bu hujjat­
ni o ‘zbek tilida «dalolatnoma» so‘zi bilan atayverish mumkin, 
bu so‘z mazkur hujjatning mohiyatini to‘g ‘ri va to iiq aks 
ettira oladi. Mazkur so‘zdagi «noma» qismi hujjatning yozma 
shaklda ekanligiga ishora qiladi. «Инструкция» so‘zi o ‘mida 
0
‘zbekcha «yo‘riqnoma» so‘zini bemalol ishlatish mumkin- 
ligini keyingi yillardagi amaliyot ko‘rsatib turibdi.
Qisqasi, hujjat nomlarini o ‘zbek tilining o ‘z imkoniyatlari 
asosida shakllantira borish, hujjatchilikdagi so‘z va iboralar- 
ning o ‘zbekcha muqobilini izlab topish va amaliyotga kiritish 
bugungi kunning talabidir.
Hujjatlar matniga qo‘yiladigan eng muhim talablardan 
biri - xolislikdir. Hujjatlar rasmiy munosabatlami ifodalovchi 
va qayd etuvchi rasmiy yozma vositalar sifatida axborotni xo- 
lis aks ettirmog‘i lozim. Shuning uchun hujjatlar tilida so‘z va 
so‘z shakllarini qo‘llashda muayyan chegaralanishlar mavjud. 
Xususan, rasmiy ish uslubida kichraytirish-erkalash qolshim- 
chalarini olgan so‘zlar, ko‘tarinki-tantanavor yoki bachkana, 
dag‘al so‘zlar, shevaga oid so ‘zlar, tor doiradagi kishilargina 
tushunadigan so‘zlar, o ‘xshatish, jonlantirish, mubolag‘a, isti- 
ora, tashxis kabi obrazli tafakkur ifodasi uchun xizmat qiluv- 
chi usullar ishlatilmaydi. Ulaming ishlatilishi hujjatlar mat- 
nidagi ifodaning noxolisligiga olib keladi.
Hujjat matni aniqlik, ixchamlik, lo'ndalik, mazmuniy 
to‘liqlik kabi talablarga ham javob berishi kerak. Bu talablarga 
javob bera olmaydigan hujjat chinakamf|3iTjjzrtj?o la

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin