Muqaddima
O ktyabr to ‘ntarishidan key in sho‘rolar tuzumi iqtisodiy,
ijtim oiy-siyosiy va madaniy hayotning barcha sohalarini o ‘zi-
ning istibdod y o ‘rig ‘iga soldi. Butun mamlakatdagi hujjatchi-
lik, idoraviy ish yuritish tamoyillari ham bu yo‘riq sirtm og‘idan
chetda qolmadi. Mohiyatan o ‘ta g ‘irrom til siyosati tufayli
m illiy jum huriyatlardagi tillarning ijtimoiy mavqei pasayib
bordi. Turkiston o ‘lkasining 1918-yildagi
Asosiy qonunida
o ‘zbek va rus tillari davlat tili deb e ’lon qilingan. Holbuki,
o ‘sha davrdagi o ‘lka nufusining 37 foizini o ‘zbeklar, 35 foi-
zini qirg‘izlar (qozoqlar bilan birga), 17 foizini tojiklar va ati-
gi 7 foizinigina ruslar tashkil etar edi. Bu hoi hisobga olinsa,
davlat tilini belgilashdagi mantiqning sog‘lom emasligini aniq
ko'rish mumkin. Tabiiyki, rasman o ‘zbek va rus tillari davlat
tili deb e ’lon qilingan bo‘lsa-da, amalda
idoraviy ish yuritish
rus tilida olib borilavergan.
Mehnatni ilmiy tashkil qilish muammolariga bag‘ishlab
1921-yilda o ‘tkazilgan Butun Rossiya konferensiyasi kun
tartibiga kiritilgan boshqarish mehnatini ilmiy tashkil qilish
va hujjatlar bilan ishlash masalasi, shuningdek,
mamlakatda
bu ishlami muvofiqlashtiruvchi va yo ‘lga solib turuvchi max-
sus tashkilot tuzish masalasining asl mohiyati ham rus tilining
ijtimoiy mavqeini yanada kuchaytirishdan iborat edi.
Sho‘ro siyosati go‘yoki o ‘zini «millatlar va tillarning
tengligini ta ’minlash» tamoyilini amalga oshirganday qilib
ko‘rsatish maqsadida jumhuriyatimizda idoraviy ish yuri-
tishni o ‘zbekchalashtirish borasida b a’zi harakatlami amalga
oshirgan. 0 ‘zbekiston jum huriyatining inqilobiy qo‘mitasi
1924-yilning 31-dekabrida 48-raqamli bir qaror qabul qilgan.
Bu qaroming nomi aynan mana bunday: «Ishlami o ‘zbek tilida
yurgizish ham О ‘zbekiston jum huriyatining inqilobiy q o ‘mi-
tasi huzurida markaziy yerlashtirish hay’ati
va mahallalarda
muzofot yerlashtirish h ay’atlari tuzilish(i) to ‘g ‘risida». Ush-
bu qaror, unda ta ’kidlanishicha, sho‘ro idoralarining ishlarini
yerli xalqqa yaqinlashtirish maqsadi bilan qabul qilingan.
8
»