Muqaddima
Toshkent davlat о ‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzurida
hududlardagi davlat universitetlari
va pedagogika institutlari
qoshida bo‘linmalarga ega bo‘lgan Davlat tilida ish yuritish
asoslarini o ‘qitish va malaka oshirish markazi tashkil etildi.
Kishi o ‘z fikrini aniq va ravon ifodalashi uchun tildagi
uslublardan ham xabardor bo ‘lishi, kundalik so‘zlashuv tilidan
tashqari, rasmiy ish yuritish tilini ham bilishi kerak. Chunki
oddiy ishchimi, dehqonmi, tadbirkormi yoki ziyolimi, baribir,
hech boMmaganda, ariza, tilxat
yoki ishonchnoma yozishiga
to ‘g ‘ri keladi. U yoki bu darajadagi korxona, muassasa yoki
tashkilot rahbarining faoliyatini esa ish yuritish qog‘ozlarisiz
ta saw u r etib b o ‘lmaydi. Shuning uchun ham «Davlat tili ha-
qida»gi Qonunimizning o ‘zak moddalari (8-14-m oddalar)da
ish yuritishning tilga aloqador jihatlari qoidalashtirilgan.
Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qila-
di. Mazmunan, hajman va shaklan xilma-xil b o ‘lgan hujjat
lar katta-yu kichik mehnat jamoalarining, umuman,
kishilik
jamiyatining uzluksiz faoliyatini tartibga solib turadi. Zero,
hujjatlar kechagina paydo boMgan narsa emas, kishilik jam i-
yati shakllanishi bilanoq bu jam iyat a ’zolari o ‘zaro munosa-
batlaridagi muayyan muhim holatlami muntazam va qat’iy
qayd etib borishga ehtiyoj sezganlar. Ana shu ehtiyojga javob
sifatida, tabiiyki, ilk, ibtidoiy hujjatlar yuzaga kelgan.
Bobilning miloddan aw alg i 1792-1750-yillardagi shohi
Xammurapining
adolatpesha qonunlar majmui, undan ham
qadimroq shoh Ur-Nammu (miloddan aw alg i 2 1 12-2094-yil-
lar)ning qonunlari1 va boshqa manbalaming mavjudligi
«hujjatlar» deb ataladigan tartibot vositalarining nechog‘li
olis va murakkab tarixga ega ekanligini ko‘rsatadi. Albatta,
kishilik jamiyatining taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy tuzum-
laming almashinishi, aniqrog‘i, kishilar o ‘rtasidagi
ijtimoiy,
iqtisodiy va siyosiy munosabatlaming takomillashishi baro-
barida hujjatlar ham takomil topib borgan. Bugungi kunda
fanga tariximizning turli davrlarida o ‘rxun-enasoy, sug‘d,
1 Qarang: Кьера Э. Они писали на глине. - М., 1984, стр. 124.