Frans code, lot codex qonunlar majmui 1 turli axborotlarni



Yüklə 89,72 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix20.11.2023
ölçüsü89,72 Kb.
#163467
raqamli texnika



Kod
Kod
(frans. code, lot. codex — qonunlar
majmui) — 1) turli axborotlarni
ifodalovchi shartli belgilar (timsollar)
tizimi. Kod belgilarining biror maʼnoni
anglatgan tugal ketmaketligi soʻz
deyiladi. Kod soʻzlarida foydalaniladigan
turli timsollar soni uning a s o s i deyiladi.
K.ni yozma tarzda ifodalash uchun
koʻpgina raqamlar, sonlar (mas, 0; 1; …57;
927 va boshqalar), maxsus belgilar [mas,
" — " (tire), " . " (nuqta) va ularning


„omixta“lari] ishlatiladi (qarang 
Morze
alifbosi

Telegraf kodi
); 2) raqamli
hisoblash mashinalari (RHM) da
programmalar (dasturlar) tayyorlash
uchun qoʻllaniladigan shartli belgilar
tizimi. RHM da koʻpincha ikkilik pozitsion
K. va ularga keltiriladigan K. qoʻllaniladi.
RHM da arifmetik amallarni bajarishda
algoritmlarni soddalashtirish uchun
toʻgʻri, teskari, qoʻshimcha K.lardan
foydalaniladi. Toʻgʻri K., odatda, sonlarni
RHM ning xotira qurilmasida saqlashda,
teskari va qoʻshimcha K.lar esa sonlar
ustida arifmetik va boshqa amallarni
bajarishda ishlatiladi; 3) telemexanikad
a — maʼlumotlarni aloqa kanali orqali
uzatish uchun moʻljallangan signallar


tizimi; bunda radio xalaqitlarga
turgʻunlikni taʼminlash uchun
korretsiyalovchi (tuzatuvchi) K.lar
tuziladi. K.ning ayrim elementlarini
ifodalash va uzatish uchun amplitudasi,
chastotasi, fazasi va boshqa alomatlari
turlicha boʻlgan signallar qoʻllaniladi;
4)astronomiyada — kometalar, yangi va
oʻrta yangi yulduzlar kashf qilinganligi,
sayyoralarda noyob hodisalar
koʻzatilganligi va boshqa haqida
rasadxonalar va astronomik
telegrammalar xalqaro markaziy byurosi
orasida oʻzaro telegraf axborotlari
almashishda qoʻllaniladigan soʻz va
raqamlar tizimi. Shakli Xalqaro
astronomiya ittifoqi, KOSPAR (Ilmiy


uyushmalar xalqaro kengashi) va boshqa
xalqaro ilmiy tashkilotlar tomonidan
belgilanadigan K. va axborot-bibliografik
K.dan foydalaniladi. Sunʼiy kosmik
obʼyektlarni kuzatish st-yalarining ishini
uyushtirish uchun maxsus K. tuziladi; 5)
harbiy K. — harbiy mazmundagi maxfiy
maʼlumotlarni yashirin uzatish uchun
qoʻllaniladigan shartli belgilar tizimi.
Shartli belgilar shtablar tomonidan
tuzilishi va raqamli, harfli va boshqa
maxsus belgili boʻlishi mumkin. Umumiy
qoʻshin K.lari va maxsus (bir qoʻshin turi
yoki qurolli kuchlar xili, mas, aviatsiya,
harbiy havo kuchlari, artilleriya va x.k.)
Klar boʻladi. Maʼlum qisqa vaqt uchun
yoki jang va operatsiya vaqtlari uchun


tuzilgan soʻzlashuv qamda radiosignal
jadvallari eng va sodda harbiy K.
hisoblanadi.
[1]
1. 
OʻzME
. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi
(2000-2005) maʼlumotlaridan
foydalanilgan.
Manbalar


Bu sahifa oxirgi marta 10-May 2023, 05:33 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 4.0
 litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
Ushbu maqola 
chaladir
. Siz uni 
boyitib, (h
ttps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title
=Kod&action=edit) Vikipediyaga
 yordam
berishingiz mumkin.
Bu andozani 
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?title=Kod&oldid=3693615

dan olindi

Yüklə 89,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin