Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Ish yuritish tili va uslubi



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

17


Ish yuritish tili va uslubi
bunday hujjat ish yuritish jateyoniga xalaqit beradi, uning sa- 
maradorligini keskin pasaytiradi.
Hujjatlar matnining xolislik, aniqlik, ixchamlik, lo ‘nda- 
lik, mazmuniy to ‘liqlikdan iborat zaruriy sifatlari hujjatchilik 
tilining o ‘ziga xos uslubi, undagi o ‘ziga xos so‘z qo‘llash, 
morfologik va sintaktik xususiyatlar orqali ta ’minlanadi.
Hujjatlar tilida ot turkumiga oid so‘zlar k o‘p q o ‘llana- 
di. Hatto fe’l bilan ifodalanuvchi harakat va holatlar ifodasi 
uchun ham otga yaqin so‘z shakllari tanlanadi, y a’ni «harakat 
nomi» deb ataluvchi so‘z shakllari faol ishlatiladi: «...tayyor- 
garlikning borishi haqida», «...qaroming bajarilishi to ‘g ‘risi- 
da», «...yordam berish maqsadida», «...qabul qilishingizni 
so4 ray man» kabi.
F e’l shakllarining qo‘llanishida ham binnuncha o ‘zi- 
ga xosliklar mavjud. Xususan, majhul nisbatdagi 3-shaxs 
buyruq-istak maylidagi yoki o ‘tgan (yoki hozirgi-kelasi) za- 
mondagi fe’l shakllarining qo‘llanish darajasi ancha yuqori: 
topshirilsin, tasdiqlansin, bajarilsin, bo ‘shatilsin, tayinlansin;
eshitildi, qaror qilindi, ко ‘rib chiqildi, ко ‘rsatib о ‘tildi kabi.
Hujjatlardagi gap qurilishi, odatda, tasniflash, mayda 
qismlarga ajratishga, qayd etuvchi va qaror qiluvchi qismlar- 
ning birligiga, umuman, sabab-oqibat va shart-oqibat munosa- 
batlariga asoslanadi. Shuning uchun ham hujjatlarda nisbatan 
uzun jumlalar, murakkablashgan, uyushiq b o ‘lakli gaplar ko‘p 
qo‘llanadi. Lekin gap tarkibida odatdagi so‘z tartibiga qat’iy 
rioya qilinadi, badiiy va boshqa asarlarda mumkin b o ig a n
g ‘ayriodatiy so‘z tartibiga y o i qo‘yilmaydi.
Hujjatlaming mohiyati va maqsadiga muvofiq ravishda, 
ularda so‘roq va undov gaplar deyarli qo‘llanmaydi, asosan, 
darak va buyruq gaplar ishlatiladi. Zero, hujjatlarda tilning ikki 
vazifasi - xabar berish va buyurish amalga oshadi. Masalan, 
m a’lumotnomada axborot ifodalanadi, buyruqda buyurish aks 
etadi, bayonnomada ham axborot («Eshitildi...»), ham buyu­
rish («Qaror qilindi...») o ‘z ifodasini topadi.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin