Ma 'lumot-axborot hujjatlari
kelganligim tufayli, meros qoldiruvchining vafot etgan vaqtidan
boshlab merosiy mol-mulkni qabul
qilib oldim va amalda uni
boshqarishga kirishdim.
0 ‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1135- va
1146-moddalariga muvofiq menga qonuniy asosda merosga
bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berishingizni so‘rayman.
(imzo)
N.
Aliyeva
2019-yil 19-sentyabr
40-ilova
Toshkent shahar 12-davlat notarial idorasiga
Toshkent shahri Mirobod tumani
Fitrat ko‘chasi 114-uyda yashovchi
Gulnora Ikromovna Dadaboyevadan
ARIZA
Mening otam, Toshkent shahri Fitrat ko‘chasi 114-uyda yash-
ab kelgan Ikrom Ismoilovich Dadaboyev, 2017-yil 18-oktyabr
kuni vafot etdi. Uning vafotidan so‘ng
Toshkent shahri Fitrat
ko‘chasidagi 114-uyda bo‘lgan hovli-joy meros qoldi. 2009-yil
14-aprelda otam bu uyni menga vasiyat qilgan edi. Vasiyatnoma
Toshkent shahar 12-davlat notarial idorasida 3-169 raqami bilan
tasdiqlanib, ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
Men doimiy ravishda mazkur manzildagi merosiy uyda
yashab kelganligim tufayli meros mulkini
qabul qilib oldim va
meros qoldiruvchining vafot etgan vaqtidan boshlab uni amalda
boshqara boshladim. Merosdan majburiy
ulush olish huquqiga
ega bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz va voyaga yetmagan me-
rosxo‘rlar yo‘q. Yuqorida aytilganlar va 0 ‘zbekiston Respub
likasi Fuqarolik kodeksining 1135-, 1141- va 1146-moddalariga
binoan, menga vasiyatnoma asosida merosga (ko‘rsatilgan uyga)
bo‘lgan huquq to‘g‘risida guvohnoma berishingizni so‘rayman.
Dostları ilə paylaş: