Ariza
60-ilova
Toshkent shahar Fuqarolik ishlari
bo'yicha Olmazor tumani sudiga
DA’VOGAR:
Toshkent shahri 2-Qoraqamish
dahasi 104-uy 6-xonadonda
yashovchi
Po‘lat Gulmetovich Kamolov
JAVOBGAR:
Toshkent shahri Sag‘bon ko‘chasi
213-uyda yashovchi
Sarvar Rasulovich Mirzayev
Da
Vo
bahosi 8 mln. 800 ming so ‘m
DA’VO ARIZASI
2016-yil 23-avgust kuni Sarvar Rasulovich Mirzayev menga
murojaat qilib, 2017-yil 1-yanvargacha 8 mln. so‘m qarz berib
turishni iltimos qildi.
Men u aytgan miqdordagi pulni qarzga berishga rozi bo‘ldim
va shu kuniyoq S.R. Mirzayevga 8 mln. so‘m berdim. U pulni
olganlik haqida 2016-yil 23-avgust sanasi bilan menga tilxat
berdi va bu bilan mazkur summani 2017-yil 1-yanvargacha
qaytarib berish majburiyatini oldi. Bizning kelishuvimiz paytida
Usmon To‘rayevich Ahatov bor edi va u shartnoma tuzish holatini
tasdiqlashi mumkin. Shartnomaning ijro muddati tilxat bo‘yicha
2017-yil 1-yanvarda tugagan bo‘lishiga qaramay, javobgar,
mening ana shu pulsiz ham yashay olishim mumkinligini aytib,
qarzni qaytarishdan bosh tortmoqda.
Aytilganlar asosida 0 ‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik
kodeksining 732-, 735-, 736-moddalariga muvofiq hamda
0 ‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 5-bo-
bidagi tegishli moddalarga rioya qilgan holda, Sarvar Rasulovich
Mirzayevdan mening foydamga 8 000 000 so‘m hamda sud
xarajatlarini (600 000 so‘m davlat boji markalari uchun va 200
000 so‘m huquqiy yordam uchun huquqiy maslahatxona kassasiga
to‘ladim) undirib berish haqida qaror chiqarishni so‘rayman.
Bayon etilgan da’vo talablarini tasdiqlash uchun guvoh sifati-
da Toshkent shahri 2-Qoraqamish dahasi 102-uy 18-xonadonda
Dostları ilə paylaş: