Bildirishnoma
B IL D IR IS H N O M A , B IL D IR IS H , B IL D IR G I
Muayyan muassasa (tarkibiy qism)
rahbariga xizmat fao-
liyati bilan aloqador muhim masalalar yuzasidan yoki yuqori
idora, mansabdor shaxsga biron-bir voqea va hodisa haqida
xabar berish zarurati tug‘Uganda
taqdim etiladigan mufassal
yozma axborot. Unda, odatda, bayon qilinayotgan masalalar
bo‘yicha tuzuvchi (yozuvchi)ning takliflari aks etadi.
Kimga yoMlanganiga qarab bildirishnoma ichki va tashqi
turlarga ajraladi.
Ichki bildirishnoma
rahbar shaxs yoki bo‘lim mudiri no
miga yoziladi. U toza qog‘oz varag'iga qo‘lda, kompyuterda
yoki elektron shaklda yozilishi mumkin. Bunday bildirish-
nomalar m uallif tomonidan imzolanadi.
Tashqi bildirishnoma,
y a’ni rahbar tomonidan yuqori idoraga yoki mansabdor shaxs
ga
yoziladigan bildirishnoma, odatda, xos ish qog'oziga ikki
nusxada yoziladi. Hujjatning ikkinchi nusxasi muassasaning
o'zida qoldiriladi. Bunday bildirishnoma rahbar tomonidan
imzolanadi.
Bildirishnoma tashabbus, axborot va hisobot xususiyatiga
ega. Bu xususiyatlar hujjat matni sarlavhasidayoq o ‘z
aksi-
ni topadi.
Tashabbus bildirishnomasi
matnida tegishli masala
yuzasidan umumiy yoki
aniq takliflar ilgari surilib, rahbami
ulami hal qilishga undaydi (masalan, «Toshkent truba zavodi»
QKda mukofotlash nizomining buzilganligi haqida).
Axborot bildirishnomasi,
odatda,
rahbarga muayyan ja-
rayonning umumiy holati to‘g ‘risida xabar beradi. Masalan,
Chinoz tumani Navoiy nomidagi fermer xo‘jaligida chigit
ekishning borishi (2016-yil 10-apreldagi holati) haqida.
Dostları ilə paylaş: