Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Ma lumot-axborot hujjatlari



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

269


Ma lumot-axborot hujjatlari
Bir martalik ishonchnoma
muayyan bir ishni amalga oshirish, 
vazifani bajarish uchun (masalan, faqat bir martagina pul yoki 
qimmat buyumni olish uchun) beriladi. Muayyan davr da­
vomida bir qancha bir turdagi vazifalami bajarish vakolatini 
beruvchi ishonchnomalar 
maxsus ishonchnomalar
deyiladi 
(masalan, 2019-yil davomida sud-hakamlik idoralarida kor­
xona nomidan vakillik qilish uchun berilgan ishonchnoma). 
Umumiy ishonchnoma
muikni boshqarish bilan aloqador tur-
li-tuman ishlami amalga oshirish huquqini beradi.
Rasmiy ishonchnomalarda ulaming amal qilish (o‘z ku- 
chini saqlash) muddati, albatta, ko‘rsatilgan bo‘ladi. Ular bir 
necha kundan bir necha yilgacha b o ‘lgan (lekin uch yildan 
ortiq boim agan) muddat uchun berilishi mumkin. Agar 
ishonchnomada uning amal qilish muddati aniq ko‘rsatilma- 
gan b o‘lsa, bunday hollarda u berilgan kundan boshlab bir yil 
davomida o ‘z kuchini saqlaydi. Berilgan kuni ko‘rsatilmagan 
ishonchnoma haqiqiy emas.
Ishonchnoma berilgan shaxs o ‘z vakolatidagi harakatlami 
shaxsan amalga oshirishi shart. Mabodo ishonchnoma beril­
gan shaxsning manfaatlarini himoya qilishga to‘g ‘ri kelib qol- 
sa, u harakatlami amalga oshirishni boshqa shaxsga o ‘tkazishi 
mumkin.
Boshqa shaxsga o ‘tkazi:>h bo‘yicha ishonchnomaning amal 
qilish muddati uning berilishiga asos b o ig an asosiy ishonchno- 
i.ianing amal qilish muddatidan oshib ketmasligi kerak.
Rasmiy ishonchnomalar, odatda, yuqori statistika idorasi 
tasdiqlagan tayyor, namunaviy shakldagi bosma ish qog‘ozida 
rasmiylashtiriladi. Bunday bosma ish qog‘ozlarida ishonch­
nomaning barcha zaruriy qismlarini to ‘g ‘ri va aniq rasmiy- 
lashtirish (to‘ldirish) uchun maxsus o ‘rin va ko‘rsatmalar 
mavjud. Bosma ish qog‘ozlari b o ‘lmagan chog‘da ishonch­
nomalar oddiy qog‘ozga yoziladi va uning yuqori chap tomo- 
niga ishonchnoma beruvchi muassasaning to‘rtburchak muhri 
qo‘yiladi.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin