Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Xizmat yozishmalari 4-ilova



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

346


Xizmat yozishmalari
4-ilova
TELEGRAMMA
SAMARQAND 27 NAVBAHOR 18 MARKAZIY JAM- 
G‘ARMA BANKI FILIALI JORIY HISOBLAR BO‘LIMIGA 
MEN SOBIR ALIMOV 2621 RAQAMLI 0 ‘Z JORIY HISOBIM- 
DAN 6704051 (OLTI MILLION YETTI YUZ TO‘RT MING 
ELLIK BIR) SO‘MNI MASHINA TO‘LOVI UCHUN TOSH- 
KENTDAGI 0 ‘N TO‘RTINCHI SPORT MAGAZININING 
000441523 RAQAMLI MAXSUS HISOBRAQAMIGA 0 ‘TKA- 
ZISHINGIZNI SO‘RAYMAN.
Pasport: AS № 0706924 
imzo
2015-yil 20-yanvar Samarqand 
Toshkent 187 Sadaf ko‘chasi
shahar ichki ishlar bo‘limi 
4-uy.
tomonidan berilgan. 
(Telegrafchi imzoni
tasdiqlaydi).
Bunday telegrammalami qabul qilishda telegrafchi mual- 
lif pasportidagi hamda telegrammadagi qaydlami solishtir- 
gach, telegramma jo ‘natuvchining imzosini tasdiqlaydi.
Telegrammadagi manzil pochta manziliga nisbatan ancha 
qisqa bo‘ladi va «telegraf manzili» deb yuritiladi. Ba’zi yi- 
rik korxonalar shartli telegraf manziliga yoki korxonaning xos 
raqamiga ega bo‘ladi. Agar korxona alohida telegraf manzili­
ga ega bo‘lmasa, odatdagi manzil ko‘rsatiladi. Adresni mus- 
taqil holda qisqartirish mumkin emas.
Yuqori davlat hokimiyati organlariga telegramma yo‘llan- 
ganda, faqat ulaming nomi ko‘rsatilib, pochta manzillari 
k o ‘rsatilmaydi. Masalan:
0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI, 
0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI VAZIRLAR М АН­
КАМ A SI.
Telegrammani ko‘zlangan manzilga tezroq yetkazish 
uchun unda aloqa bo‘limining tartib raqamini ko‘rsatish shart.
347


Xizmat yozishmalari
Fototelegramma telegram malaming alohida turi bo ‘lib, 
texnikaviy axborotlami, chizmalami, grafik va sxemalami 
aniq yetkazish uchun xizmat qiladi.
Telefonogramma
Shoshilinch xabaming matnini belgilangan joyga telefon 
orqali yetkazishdir. Telefon vositasida b o ‘ladigan bunday mu- 
loqot rasmiy hujjat sifatida qabul qilinadi va ish qog‘ozining 
bir turi hisoblanadi.
Xizmat muomalasining bu turi k o‘pincha bir shahar yoki 
tumanda joylashgan muassasalar o ‘rtasida qo‘llanadi.
H ar qanday telefonogramma bir nusxada tayyorlanib, rah- 
bar yoki m as’ul shaxs tomonidan imzolanadi, odatda, tayyor 
matn asosida yetkaziladi.
Telefonga chaqirilgan kishi telefonogramma berilishi 
haqida ogoh etilishi va u qabul qilishga tayyor b o‘lgach, matn 
qabul qiluvchi uni yozishga ulguradigan su r’atda bayon qili- 
nishi kerak.
Matn bayon qilingach, qabul qiluvchi yozib olingan matn- 
ni yetkazuvchiga qayta o‘qib eshittirishi kerak. Har ikki tomon 
telefonogramma matni to‘g ‘ri qabul qilinganligiga ishonch 
hosil qilgach, qabul qiluvchi telefonogramma berilish vaqti va 
sanasini, shuningdek, yetkazuvchining lavozimi, ismi va fa- 
miliyasini ko‘rsatishi shart. Yetkazuvchi ham qabul qiluvchi- 
ning ismi va familiyasini, telefonogrammaning berilish sanasi 
va vaqtini yozib qo‘yadi (5-ilovaga qarang).
Telefonogramma matnini tayyorlashda mantiqan to ‘g ‘ri 
va qisqa (matndagi so‘zlaming soni 50 dan ortmasligi kerak) 
boiishiga, murakkab jum lalar yoki juda kam ishlatiladigan 
so‘zlar qo‘llanmasligiga e ’tibor berish lozim.
Telefonogramma qabul qiluvchi, qabul qilingan xabar 
kimga tegishli bo‘lsa, uni telefonogramma mazmuni bilan 
tanishtirishi kerak.
348


Xizmat yozishmalari
Telefonogrammaning asosiy zaruriy qismlari:
1. Manzil.
2. Hujjatni yo‘llovchi muassasaning nomi.
3. Telefonogrammani yetkazuvchi va qabul qiluvchining 
lavozimi, ismi, familiyasi, telefon raqamlari.
4. Qabul qilish vaqti.
5. Nomi.
6. Tartib raqami.
7. Sana.
8. Matn.
9. Imzo chekkan shaxs.
Agar telefonogrammani bir necha joyga yo‘llash nazarda 
tutilgan bo‘lsa, unga yetkazilishi lozim bo‘lgan muassasa- 
lar nomi va telefon raqamlari ko‘rsatilgan ro‘yxat ham ilova 
qilinadi.
5-ilova
Yashnobod tumani hokimligi 
________________direktoriga
Yetkazuvchi-yo‘riqchi 
qabul qiluvchi-kotiba
Olimov. 
Rahimova
Tel: 71-268-25-11. 
Tel: 71-267-01-18 soat 16:00
TELEFONOGRAMMA
2014-yil 29-sentyabr 
Toshkent 
16-son
2014-yil 12-sentyabr kuni soat 15.30 da Yashnobod tumani 
hokimligining majlislar zalida qishki mavsumga tayyorgarlik ma- 
salasi bo‘yicha yig‘ilish bo‘ladi. Yig‘ilishda korxona rahbari va 
kasaba uyushmasi tashkiloti raisi qatnashishi shart.
Yashnobod tumani hokimligi
kotibi________________________________ L. Soliyev
Telefonogrammani yozib olishda tayyor bosma ish qo- 
g ‘ozlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir (6-ilovaga qa­
rang).


Xizmat yozishmalari

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin