Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

Tashkiliy hujjatlar
7. Shartnomaning amal qilish muddati.
8. Tom onlam ing manzillari.
9. Shartnoma tuzgan shaxslam ing imzolari.
10. Korxona yoki muassasaning muhri.
8-ilovada to4iq shaxsiy moddiy javobgarlik haqida shart­
nom a namunasi keltirildi (shartnoma tuzilgan sana hujjat no­
midan keyin yozilishi ham yoki hujjat so ‘ngida q o ‘yilishi ham 
mumkin).
Namuna 
8-ilova
To‘liq shaxsiy moddiy javobgarlik haqida
SHARTNOM A
Toshkent zargarlik buyumlari zavodiga qarashli moddiy boy- 
liklaming saqlanishini ta’minlash maqsadida korxona nomidan 
ish ko‘ruvchi zavod direktori Farhod Azimovich Safarov (keyingi 
o‘rinlarda «ma’muriyat» deb ataladi) bir tomon va ustaxona xo- 
dimi Obid Ikromovich Tohirov (keyingi o‘rinlarda «xodim» deb 
ataladi) ikkinchi tomon bo‘lib, ushbu shartnomani quyidagilar 
haqida tuzdik:
1. 
Pul, xomashyo, tayyor mahsulot va boshqa moddiy boy- 
liklami saqlash bilan bevosita aloqador bo‘lgan lavozimni egal- 
lab turgan xodim korxona tomonidan ishonib topshirilgan moddiy 
boyliklaming saqlanishi uchun to‘liq moddiy javobgarlikni o‘z 
zimmasiga oladi va shu munosabat bilan:
- unga saqlash yoki boshqa maqsadlarda topshirib qo‘yilgan 
korxona moddiy boyliklariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda 
bo‘lish va zaraming oldini olish choralarini ko‘rish;
- unga ishonib topshirilgan moddiy boyliklar saqlanishi va bu- 
tunligiga xavf soluvchi barcha holatlar haqida ma’muriyatga o‘z 
vaqtida xabar berish;
- moddiy boyliklaming harakati va qolgan qismlarini hisobga 
olib borish va belgilangan tartibda pul-tovar hisobotlarini tuzish 
ya taqdim etish;
108


Shartnoma
- o‘ziga topshirilgan moddiy boyliklami yo‘qlamadan o‘tka- 
zish (inventarlash)da ishtirok etish majburiyatlarini oladi.
2. Ma’muriyat esa:
- xodimga mo‘tadil ish olib borish uchun zarur sharoitlami 
yaratib berish va unga ishonib topshirilgan moddiy boyliklaming 
to‘liq saqlanishini ta’minlash;
- Xodimni korxonaga yetkazilgan zarar uchun ishchi va xiz- 
matchilaming moddiy javobgarligi haqidagi joriy qonunlar bilan, 
shuningdek, unga ishonib topshirilgan moddiy boyliklami saqlash
qabul qilish, ishlov berish, tarqatish (sotish), tashish yoki ishlab 
chiqarish jarayonida qo‘llash bilan bog‘liq amaldagi yo‘riqnoma- 
lar, me’yomomalar va qoidalar bilan tanishtirish;
- moddiy boyliklami belgilangan tartibda yo‘qlamadan o‘tka- 
zish ishini amalga oshirish majburiyatlarini oladi.
3. Xodimning aybi bilan unga ishonib topshirilgan moddiy 
boyliklaming saqlanishi ta’minlanmagan hollarda korxonaga 
yetkazilgan zarar hajmini aniqlash va uni undirib olish amaldagi 
qonunlarga muvofiq amalgajoshiriladi.
4. Agar ko‘rilgan zararda Xodimning aybi bo‘Isa, u moddiy 
javobgar hisoblanadi.
5. Ushbu shartnoma Xodimga ishonib topshirilgan korxo­
na moddiy boyliklari bilan ishlashdagi butun vaqt davomida o‘z 
kuchini yo‘qotmaydi.
6. Ushbu shartnoma ikki nusxada tuzilgan, birinchi nusxasi -
ma’muriyatda, ikkinchisi esa xodimda saqlanadi.
Shartnoma tuzuvchi tomonlaming manzillari:
Ma’muriyat:
100000, Toshkent shahri, 
Qatortol ko‘chasi,
108-uy.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin