Tashkiliy hujjatlar
Namuna
14-ilova
SHARTNO M A
Toshkent shahri, ikki ming o ‘n to‘qqizinchi yil
uchinchi sentyabr
Biz, Toshkent shahri Behzod ko‘chasi 15-uyda
yashovchi
Anvar Hamidovich Karimqulov va Toshkent shahar Sag4bon
co‘chasidagi 142-uyda yashovchi Ma’mur To‘xtayevich Olimov,
ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdik:
1. Men, A.H. Karimqulov, Toshkent shahri Behzod ko‘chasi
15-uydagi turarjoyning 18 (o‘n sakkiz)
kvadrat metrli xonasini
M.T. Olimovga ijaraga berdim. Bu uy-joy Toshkent shahri bosh
notarial idorasi tomonidan 2011-yil 10-sentyabrda tasdiqlangan va
maxsus ro‘yxatda 1404 tartib raqamli
hadya qilish shartnomasiga
muvofiq mening nomimga (tasamifimga) o‘tgan.
2. Turaijoy ikki yil muddatga - 2019-yil 4-sentyabrdan 2021-
yil 4-sentyabrgacha ijaraga beriladi.
3. Turaijoydan foydalanish uchun to‘lanadigan haq shartlasha-
yotgan tomonlaming kelishuviga muvofiq belgilanadi va qonunda
ko‘zda tutilgan miqdordan oshirilmaydi.
4. Ijaragir turarjoyni tegishli sharoitda saqlash va joriy ta’mir
ishlarini o‘z hisobidan amalga oshirish majburiyatini oladi.
5. M.T. Olimovning turarjoydan boshqa maqsadlarda foyda-
lanishi taqiqlanadi.
6. Ushbu uy musodara qilingan
taqdirda mazkur shartnoma
A.H. Karimqulovning xohishi bilan muddatidan oldinroq bekor
qilinishi mumkin.
7. Shartnoma muddati tugagandan so‘ng М. T. Olimov turar
joyni tegishli tartibda va yashashga yaroqli holda topshirish maj
buriyatini oladi.
8. Turarjoy ijarasi to‘lovi shartnoma bo‘yicha har bir kvad
rat
metr uchun
so‘m hisobidan kelib chiqib, oyiga____ming
so‘m, jami____ ming so‘m miqdorida belgilanadi.
9. Shartnomani tasdiqlash bo'yicha
xarajatlar uy egasi
A.H. Karimqulovning hisobidan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: