Ma 'lumot-axborot hujjatlari
Hujjat tilining aniqligi, tushunarliligi maqsadning tezroq
amalga oshishiga xizmat qiladi.
Ariza, asosan, qo‘lda yoziladi va mazmuni erkin bayon
qilinadi. Mazmuni va uslubiga ko‘ra arizalar bir xil emas: u
bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi, masalalar yuzasidan fikr-mu-
lohazalar bildirilgan xat tarzida bo‘lishi ham mumkin. Shu
nuqtayi nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga aj rati lad i.
Murakkab ariza matni katta bo‘lishi bilan birga, unga ilovalar
qilinishi mumkin. Aksar hollarda arizalar shaxsiy xususiyatga
egadir. Shuningdek, xizmat arizalari ham bo‘ladi. Xizmat ariza-
si-fuqarolaryoki tashkilotlaming o‘zhuquqlarini amalga oshirish
yoki manfaatlarini himoya qilish yuzasidan yozma axborotlaridir.
Da’vo arizalari ana shunday arizalardandir. Iltimos va shikoyat
mazmunidagi arizalar taklif mazmunini aks ettiruvchi arizalarga
hamda da’vo arizalariga nisbatan ko‘p qoilanadi.
Shuni ham aytib o ’tmoq lozimki, korxona va tashkilotlarda
belgilangan tartibga asosan, arizalar elektron shaklda yozilib,
elektron hujjat aylanishi tizimida ro ’yxatga olinishi mumkin.
Maktabgacha ta ’lim muassasalariga bolalarni joylashti-
rishda ariza ota yoki ona nomidan yoziladi.
Namuna
2-ilova
Toshkent shahri Shayxontohur tumani
MTB tasarrufidagi 384-maktabgacha
ta’lim muassasasi rahbari
Marg‘uba Rustamovaga
Toshkent shahri Ogahiy ko‘chasi
42-uyda yashovchi K. Alimovdan
ARIZA
Qizim - Sevinch Nodirovani 20-avgustdan 384-maktabgacha
ta’lim muassasasiga qabul qilishingizni so‘rayman.
Ilova:
1. Tuman MTBning 2019-yil 20-avgustdagi yo‘llanmasi.
2. Maoshim haqidagi ma’lumotnoma.
3. Tug‘ilganlik guvohnomasidan ko‘chirma.
4. Tibbiyot ma’lumotnomasi.
Dostları ilə paylaş: