Muqaddima
M azkur tarixiy nutqda ta ’kidlanganidek, «dunyodagi qadi-
miy va boy tillardan biri bo‘lgan o ‘zbek tili xalqimiz uchun
milliy o ‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, beba-
ho m a’naviy boylik, buyuk qadriyatdin>. Albatta, bu bebaho
boylik, buyuk qadriyat milliy o ‘zlikning asriy ildizlari sifa-
tida o ‘zbek qavmining ona tilisi sifatida o ‘zbekning
milliy-
m a’naviy dunyosini charog‘on qilib tursa, davlat tili sifatida
k o ‘p millatli mamlakatimiz fuqarolari qalbiga bir davlatga,
bir yurtga mansublik, birdamlik tuyg‘ularini joylaydi,
ulami
yagona davlat ramzi sanalmish bayroq, gerb, madhiya kabi
muqaddas timsollar singari bir yurtning sadoqatli farzand-
lari o ‘laroq birlashtiradi. Aytish mumkinki, ana shu m a’noda
o ‘zbek tili 0 ‘zbekistonda faqat bir emas, balki ikki ijtimoiy-si-
yosiy va m a’naviy-m a’rifiy vazifani bajarmoqda, ana shunday
zalvorli va muazzam vazifalami yelkasiga ortmoqlagan holda
takomil y o ‘llaridan jadal odimlamoqda.
Davlatimiz rahbari 2019-yil 21-oktyabr kuni imzolagan
« 0 ‘zbek tilining davlat tili sifatidagi
nufuzi va mavqeini tub-
dan oshirish chora-tadbirlari to ‘g ‘risida»gi Farmonida haq-
li ravishda alohida qayd etganidek, «bugungi globallashuv
davrida har bir xalq, har qaysi mustaqil davlat o ‘z milliy man-
faatlarini ta ’minlash, bu borada, aw alo, o ‘z madaniyatini,
azaliy qadriyatlarini, ona tilini asrab-avaylash va rivojlantirish
masalasiga jiddiy ahamiyat qaratishi tabiiydir».
Davlatimiz rahbarining mazkur Farmonida o ‘zbek tilining
davlat tili sifatidagi maqomi hayotimizning barcha jabhalari-
da to 'la -to ^ is joriy qilinishi uchun
tegishli chora-tadbirlar
aniq belgilab berilgan, mazkur maqomning muntazamligi
uchun davlat va boshqa tashkilotlar, fuqarolaming m as’ullik
intizomi ko ‘rsatilgan. Aytish joizki, shu tarzda bir necha o ‘n
yillar davomida tilimiz rivoji borasida harakatga kelolmagan
mexanizmlar bugun faol va samarador harakatga kelmoqda.
Ayni paytda shuni ham hech m ubolag‘asiz
aytish joizki,
bugun davlat tilining taraqqiyoti, uning nufuzini oshirish,
unga teran muhabbat va ehtirom tarbiyasi borasida ham tamo-
4