Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

BOLANI QAYTARIB OLISH HAQIDA
DA’VO ARIZASI
Men, Ravil Miftahovich Sharipov, 2009-yil 15-apreldan bosh- 
lab Alfiya Salimovna Iskandarova bilan qayd etilgan nikohda 
bo4lganman. 2012-yil 12-avgustda o‘g‘limiz Aziz tug‘ildi. Biz 
A.S.Iskandarova bilan uning vafotigacha, 2013-yil 5-iyungacha 
birga yashaganmiz.
Javobgar - marhumaning tug‘ishgan singlisi. Men xotinimning 
vafotidan so‘ng bolani vaqtincha unikida qoldirgan edim. Bir oydan 
keyin o‘g‘limni olgani keldim, lekin javobgar uni menga berishdan 
bosh tortib, uni mendan ko‘ra yaxshiroq tarbiyalay olishini aytdi.
200


Ariza
Men javobgar uni deyarli bilmaydigan mening o‘g‘limni o‘zi- 
da olib qolishga xaqqi yo‘q, deb hisoblayman. Men Toshkent trak- 
tor zavodida muhandis bo‘lib ishlayman, o‘z uy-joyim bor. Onam 
men bilan birga yashaydi va bolani tarbiyalashda menga yordam 
beradi.
Aytilganlar asosida va 0 ‘zbekiston Respublikasi Oila kodek­
sining 74-, 78-, 88-, 89-moddalariga muvofiq, 2012-yil 12-av- 
gustda tug‘ilgan o‘g‘lim Azizni Roza Salimovna Iskandarovadan 
olib, mening tarbiyamga topshirish haqida qaror chiqarishingizni 
so‘rayman.
Ilova: 1. Bolaning tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma.
2. Tomonlarning yashash sharoitlari tekshirilgani haqidagi da- 
lolatnomalar hamda vasiylik idorasi bo‘limining xulosasi.
3. Turaijoy o‘lchami haqida ma’lumotnoma.
4. Oila tarkibi va moddiy ahvolim haqida ma’lumotnoma.
5. Da’vogarga berilgan ishlab chiqarish tavsifnomasi.
6. Javobgar uchun da’vo arizasining nusxasi.
(imzo)
R. Sharipov 
_____________________________________ 2013-yil 19-iyul
54-ilova
Toshkent shahar
Fuqarolik ishlari bo‘yicha
Yashnobod tumani sudiga
DA’VOGAR:
Toshkent shahri Oltinko‘1 
ko‘chasi 46-uyda yashovchi, 
1974-yilda tug‘ilgan, xususiy 
kichik korxona rahbari bo‘lib 
ishlovchi Valijon Aliyevich 
Latipov
JAVOBGAR:
Toshkent shahri Parkent 
ko‘chasi 106-uyda yashovchi, 
1978-yilda tug‘ilgan, hech 
qayerda ishlamaydigan 
Karomat Maqsudovna Latipova
201


Ma 'lumot-axborot hujjatlari
DA’VO ARIZASI
Men javobgar bilan 1998-yil 15-iyulda Toshkent shahri Yash­
nobod tumani Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limi- 
da nikohdan o‘tganman. Birgalikdagi turmushimiz davrida bola 
ko‘rganimiz yo‘q. Bo‘linishi kerak bo‘lgan mol-mulkimiz ham 
yo‘q. Javobgaming tabiiy oilaviy munosabatlami mensimasligi 
tufayli 2006-yil iyulidan boshlab u (xotinim) bilan birga yasha- 
mayapman.
Hozirgi kunda yangi oila qurish niyatidaman, buning uchun 
javobgar bilan rasman ajralishim kerak. Lekin javobgaming 
FHDY bo‘limiga kelmayotganligi sababli men u yerda ajralishni 
rasmiylashtira olmayapman.
Aytilganlarga ko‘ra va 0 ‘zbekiston Respublikasi Oila ko­
deksining 38-, 40-, 41-moddalariga muvofiq, men bilan javobgar 
o‘rtasidagi nikohni bekor qilishingizni so‘rayman. Nikohni bekor 
qilish bo‘yicha barcha xarajatlami o‘z zimmamga olaman.
Arizaga nikoh guvohnomasining nusxasini ilova qilaman.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin