Вауоппота
shakli
faqat yigMlish xususida emas, balki o ‘sha jamoaning
faoliyati to‘g ‘risida ham fikr yuritishga imkoniyat beradi.
Y ig ilish stenografiya usulida ( s t e n o g r a f i k ) yoki
diktofon yordamida yozib olinayotgan ( f o n o g r a f i k ) bo‘l-
sa, qisqa bayonnoma tuzilib, stenogramma rais va kotib tomo
nidan imzolanadi va asosiy bayonnomaga ilova qilinadi.
Bayonnomaning asosiy zaruriy qismlari:
1. Muassasa nomi.
2. Sarlavha (bamaslahat ish ko‘ruvchi organ yoki yig‘i-
lishning nomi).
3. Hujjatning nomi (Bayonnoma).
4. Yig‘ilish sanasi.
5. Shartli raqami.
6. Yig‘ilish joyi.
7. Tasdiqlash ustxati (agar bayonnoma tasdiqlanishi zarur
b o ‘lsa).
8. Yig‘ilish raisi va kotibining familiyasi.
9. Matn:
a) qatnashuvchilar ro ‘yxati yoki soni;
b) kun tartibi;
d) eshitildi;
e) so‘zga chiqdilar;
f) qaror qilindi.
10. Ilovalar (agar ular mavjud bo‘lsa).
11. Imzolar.
Bayonnomani
tuzishda
ulaming
huquqiy jihatdan
to ‘laqonliligini ta ’minlash kerak.
Buning uchun bayonno-
mada barcha asosiy zaruriy qismlar mavjud bo‘lishi, ular
to‘g ‘ri rasmiylashtirilishi lozim.
Doimiy maslahat organi yig‘ilishining bayonnomasida
yig‘ilishda ishtirok etuvchilar soni ko‘rsatilishi juda muhimdir,
chunki bu huquqiy ahamiyatga ega. Majlis qarorlarini qabul
qilish va uning qonumy bo‘hshi uchun ishtirokchilaming nizom
bo‘yicha yetarli ekanligi (kvorum) asosiy shart hisoblanadi.
219
Ma ’lumot-axborot hujjatlari
M a’muriy idoralarda bayonnoma umumiy yoki maxsus
bosma ish qog‘ozlarida rasmiylashtiriladi.
Bayonnoma bir
necha sahifadan iborat bo‘lsa, faqat birinchi sahifa bosma ish
qog‘ozida, qolgan betlari esa oddiy qog‘ozda yoziladi.
Yig‘ilish o ‘tkazilgan kun bayonnomaning sanasi hisobla
nadi. M untazam ish ko‘ruvchi organlar bayonnomasining tar
tib raqami kalendar yili bo ‘yicha izchil davom etadi.
Majlis bayonnomasida qatnashuvchilar ro ‘yxati beril-
ganda, doimiy a ’zolar va taklif etilganlar familiyasi alohi-
da-alohida alifbo tartibida qayd etiladi.
Taklif etilganlar soni
15 kishidan oshmasa, ulaming familiyasini, qavs ichida esa
ish joyini ko‘rsatish kerak.
Kengaytirilgan majlislarda
ishtirok etuvchilaming soni
ko‘rsatiladi va qatnashuvchilar ro ‘yxati majlis bayonnomasiga
ilova qilinadi.
Majlis bayonnomasi kirish va asosiy qismdan iborat bo‘lib,
kirish qismi kun tartibi bilan tugaydi. Kun tartibidan so‘ng ikki
nuqta qo‘yilib, ko‘riladigan masalalar tartib raqami bilan berila
di. Har qaysi masala alohida satrdan yoziladi. Ulaming o ‘zaro
tartibi masalaning dolzarbligi va muhimligiga qarab belgilana
di. Majlis bayonnomasida KUN TARTIBIni bosh kelishikda
ifodalash va bosh (katta) harflar bilan yozish kerak.
Kun tartibidagi masalalami bayon qilishda m a’ruzachining
ismi, familiyasi, lavozimini alohida jum la bilan yozish maq-
sadga muvofiqdir.
B a’zan kun tartibining oxirgi qismida «Turli masalalar»
sarlavhasi bilan alohida qism beriladiki, bu maqsadga muvofiq
emas, chunki kun tartibidagi har
bir masala aniq va ravshan
b o iish i lozim.
Matnning asosiy qismi kun tartibi masalalariga mu
vofiq joylashadi. Har bir bo‘lim uch qismdan iborat bo ‘ladi:
ESH ITILD I, S O ‘ZGA CH IQ D ILA R, Q A RO R Q ILIN D I.
Agar kun tartibida ikki yoki undan ortiq masala ko‘riladigan
bo‘lsa, «ESH ITILD I» so‘zidan oldin kun tartibidagi ma-
220
Bayonnoma
salalarning raqami qo‘yiladi, so‘zdan keyin esa ikki nuqta
qo'yilib, yangi satrdan m a’ruzachining ismi,
familiyasi bosh
kelishikda yoziladi. Familiyadan so‘ng tire qo‘yilib, m a’ru-
za yoki xabarning qisqacha mazmuni bayon qilinadi. Agar
m a’ruza matni tayyor holda bo‘lsa, tiredan keyin «Matn ilova
qilinadi» deb yozib qo‘yiladi.
«S O ‘ZGA CH IQD ILA R» birikmasi ham aynan shu
shaklda yoziladi. Zaruriyat bo‘lganda, qavs ichida har bir so‘z-
lovchining ish joyi va lavozimi ko‘rsatiladi. Masalan: S O ‘Z-
GA CH IQD ILA R: A.I. Rahimov (maktab direktori) - . . .
Majlisda berilgan savollar ham bayonnomada yoziladi.
M a’ruzachiga savollar va ularga beriladigan javoblar «So‘zga
chiqdilar» bo‘limiga kiritiladi va ko‘rsatilgan tartibda rasmiy-
lashtiriladi («savol» va «javob» so‘zlari o‘mida so4rovchining
ismi, otaismining bosh harflari va familiyasi; javob beruv
chining ismi, otaismining bosh harflari va familiyasi esa faqat
savolga m a’ruzachining o ‘zi javob bermagan hollardagina
ko‘rsatiladi).
Matnning uchinchi qismida
muhokama etilgan masa-
la b o ‘yicha qaror qabul qilinadi. «Q ARO R Q ILINDI» bi
rikmasi ham bosh harflar bilan yoziladi.
Kun tartibidagi har bir masala yuzasidan alohida-alohi-
da «ESHIT1LDI», «S O ‘ZGA CH IQ D ILA R», «QAROR
Q ILIN D I» sarlavhalari qo‘yiladi va so‘zlovchilar nutqining
qisqacha mazmuni, qabul qilingan qaror rasmiylashtiriladi
(223-betdagi 1-ilovaga qarang).
221