Ма ’lumot-axborot hujjatlari
yozm a shaklda tuzilgan hisoblanadi: a) notarial tasdiqlangan
vasiyatnomalar; b) notarial tasdiqlangan vasiyatnomalarga
tenglashtirilgan vasiyatnomalar.
Yozma shakldagi vasiyatnoma vasiyat qiluvchining o ‘z
qo‘li bilan imzolanishi kerak. Agar vasiyat qiluvchi biron-bir
jism oniy nuqsoni, kasalligi yoki savodsizligi tufayli va-
siyatnomani o ‘z qo‘li bilan imzolay olmasa, uning iltimosiga
binoan, notarius yoki qonunga muvofiq vasiyatnomani tas-
diqlaydigan boshqa shaxs hozir bo‘lganida, vasiyat qiluvchi
o ‘z qo‘li bilan imzolay olmaganligining sabablari ko‘rsatilgan
holda, vasiyatnomaga boshqa shaxs imzo qo‘yishi mumkin.
Lekin notarius yoki vasiyatnomani tasdiqlovchi boshqa shaxs,
vasiyatnomadan manfaatdor shaxslar va ulaming oila a ’zolari,
vasiyat qiluvchining qonuniy merosxo‘rlari, to ‘liq muoma-
la layoqatiga ega boMmagan fuqarolar, vasiyatnomani o ‘qiy
olmaydigan boshqa shaxslar, yolg‘on guvohlik bergani uchun
ilgari sudlangan shaxslar vasiyatnomaga imzo qo‘yishi m um
kin emas.
Notarial tasdiqlangan vasiyatnoma vasiyat qiluvchi to
monidan yozilgan yoki uning so‘zlaridan notarius tomonidan
yozib olingan bo‘lishi kerak. Vasiyatnomani keyingi holatda
yozib olish paytida umumiy qabul qilingan texnika vosita-
laridan foydalanish mumkin.
Vasiyat qiluvchining so‘zlaridan notarius tomonidan yozib
olingan vasiyatnomani imzolashdan oldin vasiyat qiluvchi
uning matnini notarius oldida to‘liq o ‘qib chiqishi lozim. Agar
vasiyat qiluvchi ayrim obyektiv sabablarga ko‘ra vasiyatno
mani shaxsan o ‘qiy olmasa, uning matni vasiyat qiluvchiga
notarius tomonidan o ‘qib eshittiriladi, bu holat vasiyatnomada
tegishlicha qayd etiladi.
Vasiyat qiluvchining xohishiga ko‘ra, vasiyatnoma notari
us tomonidan uning mazmuni bilan tanishib chiqilmasdan
(maxfiy vasiyatnoma) tasdiqlanadi. Maxfiy vasiyatnomani va
siyat qiluvchi haqiqiy sanalmaslik xavfi (ehtimoli) borligidan
Dostları ilə paylaş: