Hujjatlar 2020-yil 20-iyulgacha qabul qilinadi Institut qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlar topshiriladi: - rektor nomiga ariza;
- o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asl
nusxasi;
- 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi 8 ta rangli fotosurat;
318
E ’lon - pasport nusxasi;
- pasport va harbiy xizmatga aloqadorlik haqidagi hujjat shax-
san ko‘rsatiladi;
- 0 ‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli
harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan fuqarolar harbiy qism qo‘mondon-
ligining tegishli tavsiyanomasi aslini taqdim etadilar.
Test sinovlari 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan 1 - 15-avgust kunlari o ‘tkaziladi. Talabalikka tanlov asosida qabul qilish abituriyentlaming test
sinovlarida to‘plagan ballariga ko‘ra, Oliy va o‘rta maxsus o‘quv
yurtlariga qabul qilish Davlat komissiyasi tomonidan o‘tkaziladi.
ManziIiniiz:Toshkent shahri Mirobod tumani
Eshon Odilxo‘jayev ko‘chasi, 1-uy.
Telefonlar: (71) 299-00-01, (71) 299-02-43.______________
3-ilova Buyuk Britaniyanmg «GESC»
maktabi rasmiy ishonchli vakili yuqori sinf o ‘quvchilari va maktab bitiruvchilarini Angliyada o‘qish uchun
3 oylik yozgi kurslarga hamda 9 oylik kurslarga pullik-kon-
trakt asosida o‘qishga taklif etadi.
Batafsil ma’lumotlami Siz (71) 256-54-78 raqamli telefonga
qo‘ng‘iroq qilib yoki 0 ‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsi-
yasi kengashi binosi - Buxoro ko‘chasi 24-uy, 5-qavat, 43-xonaga
tashrif buyurib bilib olishingiz mumkin.
Barcha hujjatlami rasmiylashtirish ishlarini o‘z zimmamizga
olamiz.
Mo‘ljal: Alisher Navoiy nomidagi teatr binosi.
319
Ma lumot-axborot hujjatlari 4-ilova TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNVERSITETI
bo‘shab qolgan Chet tillar kafedrasining mudiri lavozimiga
TANLOV E’LON QILADI.
Tanlov muddati - 2019-yil 29-dekabrgacha.
Hujjatlar tanlovlar haqidagi nizomga muvofiq tayyorlanib,
quyidagi manzilga yuborilsin: Toshkent shahri, 183-aloqa bo‘limi,
Toshkent davlat agrar universiteti.
5-ilova «YORQIN NUR» OCHIQ AKSIYADORLIK
JAMIYATI
AKSIYADORLARI DIQQATIGA!
2019-yil 7-yanvar soat 10.00 da korxona majlislar zalida
AKSIYADORLAR UMUMIY YIG‘ILISHI bo‘lib o‘tadi.
Kun tartibi:
1. Aksiyadorlik jamiyatining 2018-yil faoliyati natijalari va
2019-yil vazifalari.
2. Jamiyatning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati hisoboti.
3. 2019-yil uchun jamiyat auditorini tasdiqlash.
Kuzatuv kengashi
E ’lonlar hamisha ham rasmiy tusga ega bo‘lmasligi, ular
hazil-mutoyiba yoki reklama ko‘rinishida tuzilishi ham m um
kin. Bu narsa o ‘quvchidagi qiziqishni kuchaytirishga xizmat
qiladi. Tijorat maqsadidagi ayrim e ’lonlar reklama mazmuni-
da bo‘lishi mumkin. K o‘pchilikni chorlash maqsadida ularda
320
E ’lon badiiy vositalardan ustalik bilan foydalaniladi. Bunday e ’lon-
lar ko‘pincha gazetalarda beriladi (6 - 7-ilovalarga qarang).