Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə265/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

Taklif xatiga javob xati
matn qismining namunalari
7-ilova
___________ da_____________________ uchun Sizning
(sana) 
(tovar nomi) 
taklifingizni olganligimizni minnatdorlik bilan ma’lum qilamiz. 
Siz taklif qilayotgan tovami sotib olish haqidagi qarorimizni 
______ kun davomida sizga ma’lum etamiz.
406


Xizmat yozishmalari
8-ilova
_______ da________________ uchun yo'llangan Sizning
(sana) 
(tovar nomi)
taklifingizni olganligimizni tasdiqlaymiz va undan foydalana ol- 
masligimizni ma’lum qilamiz, chunki tovar uchun Siz taklif qila- 
yotgan narx bizda mavjud boshqa firmalar taklifida ko‘rsatilgan- 
dagiga qaraganda yuqoriroq.
Basharti Siz ushbu tovami bizga sotmoqchi bo‘lsangiz, ba- 
hosini qayta ko‘rib chiqib, yangi narxini ma’lum qilasiz, degan 
umiddamiz.
Sizning javobingizni___________ gacha kutamiz.
(sana)
Ehtirom ila___________
(imzo)
407


Xodimlar faoliyatiga doir hujjatlar
X O D IM L A R FAOLIYATIGA D O IR
H U JJA TLAR
MEHNAT DAFTARCHASI
0 ‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga binoan, 
mehnat daftarchasi xodimning mehnat stajini tasdiqlovchi 
asosiy hujjatdir. Ish beruvchi korxona besh kundan ortiq ish- 
lagan barcha xodimlarga mehnat daftarchasini tutishi shart, 
o ‘rindoshlik asosida ishlovchilar bundan mustasno. Ish beruv­
chi mehnat daftarchasiga ishga qabul qilish, boshqa doimiy 
ishga o‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risi- 
dagi ma’lumotlami yozishi shart. Xodimning iltimosiga ko‘ra, 
mehnat daftarchasiga o‘rindoshlik asosida ishlagan va vaqtin- 
cha boshqa ishga o‘tkazilgan davrlar haqidagi yozuvlar kiri- 
tiladi. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari (sabablari) 
mehnat daftarchasiga yozilmaydi (81-modda).
Ishga kiruvchi har bir xodim ma’muriyatga belgilangan 
tartibda rasmiylashtirilgan mehnat daftarchasini topshirish- 
ga majburdir (mehnat daftarchasisiz ishga qabul qilinmay- 
di). Birinchi bor ishga qabul qilinayotganlar uchun ular ishga 
qabul qilingan kundan boshlab bir hafta ichida yangi mehnat 
daftarchasi to‘ldiriladi.
Mehnat daftarchasidagi barcha yozuvlar kadrlar shaxsiy 
tarkibiga oid buyruqlar bilan aynan mos kelishi kerak. Mehnat 
daftarchasida tuzatishlarga, q o id a ustidan yozib qo‘yish yoki 
o‘chirishga y o i qo‘yilmaydi. Basharti ayrim tuzatishlar qi­
lishga to‘g‘ri kelsa, bu holat 
«tuzatish to lg ‘ri»
so‘zi bilan 
qayd qilinib, imzo va muhr bilan tasdiqlanadi.
408


Mehnat daftarchasi
Mehnat daftarchasining birinchi sahifasida (sarvarag‘ida) 
uning egasi to‘g ‘risidagi umumiy ma’lumotlar (familiyasi, 
ismi, otaismi, tug‘ilgan sanasi, ma’lumoti, kasbi, ixtisosligi) 
ko‘rsatiladi. Familiyasi o‘zgarganda, ma’lumoti oshganda va 
shu kabilarda so‘nggi ish joyida mehnat daftarchasiga kerakli 
o‘zgartirishlar kiritiladi.
Mehnat daftarchasining 
«Jshi to ‘g ‘risida ma ’lumotlar»
bo‘limida muassasaning to‘liq nomi sarlavha tarzida ko‘rsa- 
tiladi. So‘ng ishga qabul qilish to‘g‘risida, boshqa doimiy 
ishga o ‘tkazish va ishdan bo‘shatish to‘g‘risida ma’lumot- 
lar yoziladi. Xodim qabul qilingan yoki o‘tkazilgan ish yoki 
lavozimi nomi, uzluksiz mehnat stajining tiklanishi va saqla- 
nishi to‘g ‘risidagi yozuvlar qayd qilinadi. Basharti ish davo­
mida ishchiga yangi malaka darajasi berilsa, bu haqda ham 
tegishli yozuv qayd etiladi.
Mehnat daftarchasining «
Mukofotlar to ‘g ‘risidagi ma 'lu-
motlan>
bo‘limida tegishli farmonlar asosida ordenlar va 
medallar bilan mukofotlash, faxriy unvonlar va davlat mu- 
kofotlari berish to*g‘risidagi, yuqori tashkilotlar tomonidan 
ko‘krakka taqiladigan nishonlar, diplomlar, faxriy yorliqlar 
berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar qayd etiladi.
«Rag‘batlantirish to ‘g ‘risida m a ’lumotlar»
bo‘limida 
quyidagi ma’lumotlar yoziladi: ichki mehnat tartib-qoidalari 
va intizom ustavlarida ko‘zda tutilgan ishdagi muvaffaqiyat- 
lar uchun rag‘batlantirishlar (tashakkur e’lon qilish, mukofot 
berish, qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlash va boshqa- 
lar); amaldagi qonunlarga muvofiq boshqa rag‘batlantirishlar; 
diplomlarga sazovor bo‘lgan kashfiyotlar to‘g‘risida, foyda- 
lanilgan ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflari va shu mu­
nosabat bilan to‘langan pul mukofotlari to‘g‘risida. Ish haqi 
tizimida ko‘zda tutilgan mukofotlar, shuningdek, muntazam 
berib boriladigan mukofotlar mehnat daftarchasiga kiritilmay- 
di. Tanbehlar ham mehnat daftarchasiga yozilmaydi. Mehnat 
daftarchasining so‘nggi, «
Nafaqa tayinlash to ‘g ‘risida ma ’lu-
409


Xodimlar faoliyatiga doir hujjatlar
motlar»
bo‘limida xodimga nafaqa tayinlash haqidagi buyruq 
ko‘chirmasi, sanasi ko‘rsatilgan holda yoziladi.
Xodim ishdan bo‘shatilganda, muayyan tashkilotda ishla- 
gan vaqtida mehnat daftarchasiga kiritilgan barcha yozuvlar 
rahbar (yoki uning maxsus vakolatiga ega bo‘lgan shaxs) im­
zosi bilan tasdiqlanadi va muhr bosiladi.
Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni ma’muriyat (ish 
beruvchi) xodimga uning mehnat daftarchasini va mehnat 
shartnomasining bekor qilinishi haqidagi buyruqning nusxa- 
sini berishi shart ( 0 ‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi, 
108-modda).
Mehnat daftarchasining biror boiim idagi sahifalar toMib 
qolgan hollarda ular orasiga suqma varaq qolyiladi.
Mehnat daftarchasi bir marta beriladi. Basharti u yo‘qol- 
gan yoki yaroqsiz holga kelib qolgan bo‘lsa, uning egasiga 
mehnat daftarchasining ikkinchi nusxasi (dublikati) beriladi. 
Bunday holda yaroqsiz bo‘lib qolgan mehnat daftarchasining 
birinchi sahifasiga 
«О
‘rniga ikkinchi nusxa berildi
» deb yozib 
qo‘yiladi, daftarcha esa egasiga qaytariladi.
Mehnat daftarchalari ishxonalarda maxsus temir javonlar- 
da saqlanadi.
410-412-betlarda «Mehnat daftarchasi» sahifalari shakli 
va uni to‘ldirish namunasi berildi.
MEHNAT DAFTARCHASI
Familiyasi_________
Boboveva
___________
Ismi_____________
Zulfiya
_____________
Otaismi______
Nunnatovna
____________
Tug‘ilgan vaqti______
1988. 09. 04
_______
(yil, kun, oy)
Ma’lumoti_______ о4г1а_______________
(to'liqsiz o‘rta, o‘rta, oliy)
Kasbi, mutaxassisligi______ sotuvchi_____
To‘ldirilgan vaqti 
2019-vil «16» avgust 
Daftarcha egasining imzosi_______________
(imzo)

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   261   262   263   264   265   266   267   268   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin