Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish


Hujjatlar ustida ishlash tartiboti HUJJATLAR USTIDA ISHLASH



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə272/293
tarix24.12.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#191850
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   293
Davlat nilida ish yuritish. Amaliy qo\'llanma. Aminov M va boshq. 2020

436


Hujjatlar ustida ishlash tartiboti
HUJJATLAR USTIDA ISHLASH
TARTIBOTI
Tashkilotga kelgan hujjat harakatda bo‘ladi, ko‘chma 
m a’noda aytganda «yuradi». Bu harakat hujjat kelgan yoki 
tuzilgan paytdan boshlab, to ijrosi bajarilib, yig‘majildga 
yuborilishi yoki topshirilishigacha bo‘lgan jarayonni qamrab 
oladi.
Hujjatlar oqimini uch turga ajratish mumkin:
1. Olinma hujjatlar - boshqa tashkilotlardan keladigan 
hujjatlar.
2. Jo ‘natma hujjatlar - boshqa tashkilotlarga yuboriladi- 
gan hujjatlar.
3. Ichki hujjatlar - tashkilotning ichida tuzilib, boshqaruv 
jarayonida xodimlar tomonidan foydalaniladigan hujjatlar.
Olinma hujjatlar quyidagi jarayonlardan o‘tadi:
- qabul qilish;
- dastlabki ко‘rib chiqish;
- qayd etish;
- rahbar tomonidan ko‘rib chiqish;
- ijro uchun topshirish.
Hujjatlami qabul qilish va dastlabki ishlash markaz- 
lashtirilgan holda ishlar boshqarmasi, umumiy bo‘linma, de- 
vonxona yoki kotib1 tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatlar solingan xatjild yoki paket olinar ekan, ular 
huquqiy jihatdan qanchalik to‘g ‘ri rasmiylashtirilganligi, 
ularga ilovalar bor-yo‘qligi (bus-butunligi) tekshirib ko‘riladi, 
so‘ng ochiladi. Hujjatlar yetishmasligi yoki yaroqsizlanganli- 
gi aniqlanganda, ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Ulardan 
biri devonxonada qoladi, ikkinchisi hujjat kelgan tashkilot­
ga jo ‘natiladi. Jo‘natilayotganda, qaytarilish sababi ko‘rsati- 
lib, ilova xat yoziladi. Adashib jo ‘natilgan hujjatlar, hujjatga 
birga kelgan xatjildni ilova qilgan holda, belgilangan joyiga
1 Bundan keyingi o ‘rinlarda bular qaytarilmay, «devonxona» deyiladi.
437


Hujjatlar ustida ishlash tartiboti
yangi xatjildlarda j o ‘natiladi yoki yuboruvchiga qaytariladi. 
Kelib tushgan hujjatlar, xatjildlari jo ‘natuvchining manzilini, 
hujjatning jo ‘natilgan va olingan vaqtini faqat xatjild b o ‘yicha 
aniqlash mumkin bo‘lgan hollarda, y o ‘q qilinmaydi. «Shax­
siy» ustxati bo‘lgan yoki jam oat tashkilotlari nomiga y o ‘llan- 
gan hujjatlar ochilmay, belgilangan oluvchiga beriladi.
Hujjatlar devonxonada dastlabki k o ‘ruvdan o ‘tkazilayot- 
ganda, bevosita tashkilot rahbari k o ‘radigan hujjatlar alohida 
ajratiladi. Bunday hujjatlarga tashkilot faoliyatining asosiy 
masalalari bo‘yicha axborotlar mavjud b o ‘lgan va rahbariyat 
qarorini talab etuvchi hujjatlar, xususan, 0 ‘zbekiston R es­
publikasi Prezidenti A dm inistratsiyasi, 0 ‘zbekiston Respub­
likasi Vazirlar M ahkamasi va yuqori tashkilotlardan olingan 
hujjatlar kiradi. Qolgan hujjatlar rahbar o ‘rinbosarlariga ular 
o ‘rtasida vazifalam ing taqsim lanishiga muvofiq y o ‘llana- 
di. Kundalik tezkor m a’lum otlami o ‘z ichiga olgan, tayin 
bo‘linmaga yoki mansabdor shaxsga y o ‘naltirilgan hujjatlar 
rahbariyatga ko‘rsatilmasdan o ‘tkazilishi ham mumkin. Bu 
rahbam i boshqa m as’ul ijrochilar ham hal qilishi mum kin 
b o ‘lgan mayda-chuyda ishlardan ozod qilish im koniyatini 
beradi.
Hujjatlami dastlabki k o ‘rib chiqish va ijro etuvchilarga 
berish ulaming kelib tushgan kunida yoki, ish payti b o‘lma- 
gan vaqtda kelib tushganda, birinchi ish kunida amalga oshi- 
rilishi kerak. Bir necha tarkibiy b o‘linmalar tomonidan ijro 
etiladigan hujjatlar ularga navbat bilan yoki bir vaqtning o ‘zi- 
da nusxalarda beriladi. Hujjatning asli munosabat belgisida 
birinchi ko‘rsatilgan ijrochiga beriladi. Hujjatlami ko‘payti- 
rish zarurati va nusxalar soni ijroni tashkil etuvchi shaxs to­
monidan belgilanadi.
Kelgan hujjatni shoshilinch ravishda ijro etish zarura­
ti tug‘Uganda, tashkilot rahbari ko‘rib chiqqungacha, uning 
mazmuni bilan ijrochini tanishtirib chiqishga yo‘l qo‘yiladi. 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va
438


Hujjatlar ustida ishlash tartiboti
Vazirlar Mahkamasidan olingan hujjatlar, olingandan so ‘ng 
bir soat mobaynida ijro etuvchilarga yetkaziladi.

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   293




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin