Davlat transfertlari va daromadlari tahlili


rasm. O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti loyihasini tuzish jarayoni



Yüklə 304 Kb.
səhifə6/13
tarix23.06.2023
ölçüsü304 Kb.
#134416
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
TO\'RABOYEV UMRBEK 20.52123

rasm. O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti loyihasini tuzish jarayoni


O’zbekiston respublikasi davlat budjeti loyihasini tuzish jarayonida respublika budjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlar o’rtasida mab1ag’larni budjetlar o’rtasida qayta taqsimlash bo’yicha yuzaga keladigan o’zaro munosabatlar, shu jumladan tartibga soluvchi umumdavlat soliqlaridan respublika budjeti, Qoraqa1pog’iston Respublikasi budjeti va mahalliy budjetlarga ajratiladigan mablag’lar miqdori belgilanadi.9
O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan muddatlarda keying moliya yili uchun budjet so’rovini quyidagilarga jo’natadi:

  1. respublika budjetidan moliyalashtiriladigan budjet mablag’larini oluvchilarga-ular uch kun davomida budjet buyurtmalarini tuzish bo’yicha ishlarni tashkil etish to’g’risida buyruq chiqardi;

  2. Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimyatlari va Toshkent shahar hokimyatiga-ular tomonidan tegishli hududlar budjetlari loyihalarini tayyorlash va O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim etish uchun.

Budjet so’rovini olgach, respublika budjetidan budjet mablag’larini oluvchilar budjetdan ajratiladigan mablag’larni olish uchun ariza (buyurtma) tuzadilar. Bu loyihalar quyidagilarni o’z ichiga oladi:

    1. Daromadlar bo’yicha-soliqlar yig’imlar, bojlar va boshqa majburiy to’lovlar kontinigenti hamda davlat budjetiga boshqa daromadlar bo’yich hisob-kitoblar tegishli mintaqalar va daromadlarning har biri turi bo’yicha alohida tuziladi;

    2. Xarajatlar bo’yicha—ko’rsatkichlar ro’yxati, uning asosida budjet mablag’1arini oluvchilar budjetdan ajratilgan mablag’larni olish uchun buyurtmalar tuzishi kerak, yana tarmoqlar, shtatlar va kontingentlar bo’yicha ko’rsatkich1ar tuziladi.

Shaharlar tarkibiga kiruvchi tumanlar budjetlari va tuman bo’ysunuvidagi shaharlar budjetlari belgilangan muddatlarda mahalliy hokimiyat yuqori turuvchi vakillik organlari tomonidan qabul qilinadi.
Budjet jarayonining ko’rib chiqilayotgan bosqichi muhim elementi budjet ko’rsatkichlari va budjetni ijro etish uchun zarur bo’lgan boshqa ma’lumotlarni yetkazish muddatlari hisoblanadi. Bunda ular budjet ko’rsatkichlarini yetkazish jarayoni rejalashtirilayotgan moliya yili boshlanguniga qadar tugallanishi, yangi moliya yilining birinchi kunidan boshlab budjetni amalda ijro etishga kirishish uchun budjetni tuzish, ko’rib chiqish va tasdiqlash muddatlari bilan amalda bog’langan bo’lishi kerak.
O’zbekiston Respublikasi davlat budjeti O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilinib, uning parametrlari10 O’zbekiston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin Moliya Vazirligi Qoraqalpog’iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar
hokimyatlari va Toshkent shahar hokimyati, viloyatlar va Toshkent moliya boshqarmalariga quyidagilarni ma’lumot uchun yetkazadi:

O’zbekiston Respublikasi


Moliya Vazirligi

    1. Yüklə 304 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin