Mavzu: «Mustaqillik va O‘zbekistonda barpo etilayotgan jamiyat».
O‘qituvchi yangi mavzuni tushuntirishda stend, mikrotablitsalar, krossvordlar, tarqatmalardan foydalaniladi. YAngi mavzu rejasi bilan o‘quvchilarni tanishtiradi va o‘quvchilar konspekt daftarlariga yozib oladilar.
YAngi mavzu rejasi:
O‘zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning asosiy tamoyillari.
YAngi jamiyatni barpo etish vazifalari.
Mustaqilikni mustahkamlash va sog‘lom avlod tarbiyasi.
YAngi mavzuning matni
«Biz adolatparvar demokratik davlat qurishga intilayapmiz» I.A.Karimov Milliy istiqlol g‘oyasi taraqqiyotimizning boshqa ko‘pgina masalalari kabi «Biz qanday davlat, qanday jamiyat barpo etmoqdamiz, uning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-ma’naviy asoslari nimalardan iborat?, » degan savollarga ham javob bera oladi.
Dunyodagi har bir davlatning jamiyat va strategik maqsadi bo‘ladi. Strategik maqsad – uzoqqa mo‘ljallangan umumiy aniq reja deganidir. Bizning bosh strategik maqsadimiz – Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdir. Bu maqsadga bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etish orqali boramiz.
Buning uchun eng avvalo, hokimiyat tarmoqlarining konstitutsiyaviy asosda to‘liq mustaqil faoliyat yuritishga erishish, bozor iqtisodiyotini qaror toptirish, yangi texnologiyalar bilan ishlash mexanizmini shakllantirish zarur. Bu mexanizm esa iqtisodiyotning barcha sohalarida turli mulk shakllarining teng asosda harakat qilishi va ular o‘rtasida sog‘lom raqobat bo‘lishini ta’minlaydi.
SHu bilan birga, milliy istiqlol mafkurasi O‘zbekistonda ozod Vatan, erkin va farovon hayot yaratishga qaratilgan umummilliy xodisa sifatida quyidagi bir qator o‘ziga xos amal qilish tamoyillariga ham ega.
- mamlakatning mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qilish;
- davlatimizning hududiy yaxlitligi va sarhadlari daxlsizligini ta’minlashda yordam berish.
- qonun ustuvorligini ta’minlash.
- demokratiya va o‘z-o‘zini boshqarishning hayotda mustahkam o‘rin egallashiga asoslanish.
- milliy va umuminsoniy qadriyatlarning uyg‘unligiga tayanish.
- xalqaro huquq qoidalariga mos kelishi.
- iqtisodiy pryuralizm va xilma-xil mulkchilikning erkin shakllanishini ta’minlash.
- davlatning bosh islohatchi ekanligi va mamlakatda ijtimoiy barqarorlikning ta’minlanganligiga tayanish.
- vijdon erkinligi v fikrlar rang-barangligi muhitini shakllantirish.
- o‘tish davrida aholining ijtimoiy himoyalanganligi, jamiyat hayoti barcha sohalarining erkinlashuvi, islohatlarning tadrijiyligi jarayonlariga xizmat qilishi.
- mazkur tamoyillarning barchasi bir-biri bilan chambarchas aloqada va bog‘liqlikda namoyon bo‘ladi.
O‘zbekiston o‘z mustaqil davlatchiligini qo‘lga kiritganidan so‘ng, jahonssivilizatsiyasining tarixiy tajribalariga asoslanrgan va respublikamizning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan xolda, odil, demokratik davlat va erkin fuqarolik jamiyati barpo etishni strategik vazifa qilib belgiladi.
O‘zbekistonda erkin fuqarolik jamiyati barpo etishning Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan asoslab berilgan ushbu konsepsiya bunga misoldir. «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari». U davlatchilik borasidagi taraqqiyot yo‘limizni ham aks ettiradi.
Siyosiy hayotni erkinlashtirish jarayonida jamiyatni boshqarish borasidagi vazifalarikki yo‘nalishda qayta taqsimlab beriladi. Birinchisi – davlat markaziy idoralarining ayrim huquq va vazifalarining bir qismi fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari zimmasiga o‘tkaziladi. Ikkinchisi – jamoat tashkilotlarining huquq va mas’uliyatini oshirish, davlat vakolatlarining bir qismini ular zimmasiga o‘tkazish.
Mamlakatimizda boshqaruv jamoatchilik bilan aloqador vazifalarni o‘z zimmasiga oladigan bir qator nodavlat – notijorat tashkilotlar, turli jamg‘armalar vujudga keldi hamda ular jamiyat hayotida muhim o‘rin tutmoqda.
Ayniqsa, mahalliy o‘z-o‘zini boshqarishning milliy modeli bo‘lgan mahallaning fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishdagi ahamiyati beqiyosdir. Respublikamizda jamoat tashkilotlarining ko‘payishi, ularning kundalik hayotimizdagi ahamiyati ortayotgani fuqarolik jamiyati asoslari tobora mustahkmlanib borayotganidan dalolat beradi.
Bu shundan iboratki – O‘zbekistonda barpo etilayotgan jamiyatning siyosiy tuzilishi – demokratik, huquqiy davlat shaklida bo‘lsa, uning ijtimoiy tuzilishi qonun ustuvor bo‘lgan fuqarolik jamiyatidir. Ushbu jamiyat mamlakatimizda iste’dodli, izlanuvchan, chuqur bilimli va yuksak malakali, Vatanga, ona zaminimizga sadoqatli yosh kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish yangilashga imkon beradigan tizimni takomillashtirishni nazarda tutadi. Bu tizim kadrlarni tanlashda avvalo, uning kasb malakasi, g‘oyaviy sog‘lomligi, vatanparvarlik, fidoyilik, qat’iyatlik kabi yuksak fazilatlarni e’tiborga oladi.
YUrtimizda yashayotgan barcha millat va elatlarning qadriyatlari, tili, madaniyati, diniy e’tiqodi, urf-odat va an’analarini hurmat qilish, ularni asrab-avaylash hamda yangi jamiyat barpo etish jarayonida markaziy vazifadir. CHunki bu ko‘p millatli mamlakat fuqarolik o‘rtasida, ularning milliy va diniy mansubligidan qat’i nazar, hamjihatlik va birodarlik tuyg‘ularini kuchaytirish «SHu aziz Vatan - barchamizniki» g‘oyasini amalga oshirishga xizmat qiladi.
Istiqlol g‘oyasining amal qilish jarayonida milliy turmush tarzimizga xos bo‘lgan «shaxs – oila - mahalla » uchligi muhim ahamiyat kasb etadi. Oilada shakllangan iymon-e’tiqod, odob, aql-idrok hamda tafakkur mahallada yanada yuksalib, o‘zaro totuvlik va hamkorlik munosabatlaridan oziqlanib, inson kamolotiga xizmat qiladi. Bu – O‘zbekistonda istiqomat qiladigan va o‘z taqdirini shu muqaddas zamin bilan bog‘lagan har bir kishining «Vatan menga nima berdi» deb emas, balki «Men Vatanim ravnaqi uchun nima qilayapman» degan mas’uliyat tuyg‘usi bilan yashashi demakdir.
Prezidentimiz I.A.Karimov aytganlaridek: «Jamiyatning haqiqiy boyligi, bu inson avlodidir».
5.YAngi mavzuni bilimlarini mustahkamlash
O‘qituvchi yangi o‘tilgan mavzuni turli usullar bilan mustahkamlaydi.
Ommaviy so‘roqlash
Narkobiznes, jinoyatchilik, terrorizm, ekologik tanglik haqida nimalar bilasiz?
Geosiyosat va mafkuraviy poligon tushunchalarini izohlab bering?
Mafkuraviy vaziyat, mafkuraviy immunitet nima?
Krossvord
Eniga: 1. O‘zbekiston Respublikasidagi qonun chiqaruvchi organ nomi?
2. 1992 yil 2 martda mamlakatimiz qabul qilingan tashkilot nomi?
3. Davlat mustaqilligi ramzi.
Bo‘yiga: 1. Vatanimizda faoliyat yuritayotgan partiya nomi.
2. Madhiyamiz shehrini yozgan shoirimiz nomi.
Vatanimizda faoliyat yuritayotgan To‘rtinchi hokimiyat nomi.
SHaxsiy so‘roqlash
Biz barpo etayotgan jamiyatning nazariy asoslari qaysi asarlarda yoritib berilgan?
Strategik maqsad degani nima?
YAngi jamiyat barpo etishning ma’naviy sohadagi vazifalari nimalardan iborat?
Muammoli masala
Bugungi dunyoning mafkuraviy manzarasi deb nimaga aytiladi?
Vayronkon g‘oyalarning eng ko‘p tarqalgan shakllari qaysi?
G‘oyaning fikrdan farqi nima?
Mafkuraning ta’rifini tushuntiring?
Test savollari beriladi.
Dars yakuni va uyga vazifa.
I.A.Karimov. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq, millatni-millat qilishga xizmat etsin.
Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. O‘quv qo‘llanma.
Mustaqillik va milliy tiklanish.
Miliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar, atamalar (qisqacha izohli tajribaviy lug‘at).
O‘zbekiston tarixi (kollej va akademik litseylar uchun).