1-savol bayoni. Quyida «Ma’naviy meros, qadriyatlar, ularning shakllari va o‘zaro munosabatlari» mavzusida o‘tkazilgan mashg‘ulotning «Davra suhbati» turida mavzuning nazariy va amaliy jihatdan me’yoriga etkazib o‘tkazishda Birinchi Prezident Islom Karimov asarlaridan mavzu talablaridan kelib chiqqan holda foydalanib tayyorlangan, talabalarga bahs-munozaralari uchun aynan zarur bo‘lgan nazariy tamoyillardan bir nechtasini tarqatuvchi didaktik material sifatida tavsiya etamiz.
Ular quyidagilardir:
1. Birinchi Prezident Islom Karimov 1998 yil 23 aprelida Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuining ochilishiga bag‘ishlangan marosimda so‘zlagan nutqidan lavhalar keltirilgan didaktik materiallardan namunalar keltiramiz:
«Imom al-Buxoriy hazratlari nafaqat o‘zbek xalqi, balki butun musulmon olamining faxr iftihoridir. Ul tabarruk zotning hayoti tom ma’nodagi ilmiy va insonning jasorat, bukilmas iroda, so‘nmas e’tiqod timsolidir.
Olti buyuk muhaddisning ikkinchisi hisoblangan Imom Muslimning al-Buxoriyga qarata: «Ey ustozlarning ustozi, muhaddislarning sultoni, hadislarning tabibi!
Poyingizni o‘pishga ijozat bering!» deya qilgan hitobi ahli islomning ulug‘ bobomizga hurmat va ehtiromi naqadar yuksakligini ko‘rsatadi» ...
«Buyuk vatandoshimiz bashariyatga tengsiz ma’naviy meros qoldirib ketdi. Bu merosning gultoji – eng ishonchli hadislar to‘plami - «Al jome’ as - Sahix» islom dnida Qur’oni Karimdan keyin e’zozlanadigan ikkinchi manbaadir. Butun dunyo musulmonlarining e’tiqodiga ko‘ra, u bashariyat tomonidan bitilgan kitoblarning eng ulug‘idir »
«Ahmad al-Farg‘oniyning astronomiya fani rivojidagi nufuzi shu qadar ediki, alloma bobomizning nomi Er kurrasidagina emas, samoda ham abadiy shuhrat topdi. SHn oltinchi asrdayoq Oydagi kraterlardan biriga uning nom berilgan edi. Atoqli astronom YAn Geveliy tomonidan 1647 yili iashr qilingan «Selenografiya» kitobida Oydagi kraterlardan ikkitasi ikki buyuk vatandoshimiz – Ahmad al-Farg‘oniy va Mirzo Ulug‘bek nomi bilan ataladi»
3) Birinchi Prezident Islom Karimov 1999 yil 9 mayida Xotira va Qadrlash kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqidan lavhalar:
«Xotira deganda biz bu foniy dunyodan o‘tgan afdodlarimizni eslash, ularning chirog‘ini yoqib, ezgu ishlarini davom ettirishni tushunamiz. Bu xalqimizga xos azaliy fazilatdir.
Xotirasi bo‘lmagan, tarixini unutgan, o‘z ajdodlarining qadriga etmaydigan millatning istiqboli yo‘q. Bu haqiqatni kishilik tarixi isbotlab turibdi.
Qadrlash degani – bu asrlar davomida ona diyorimizni, xalqimizning ozodlik va istiqlolini, erkin va farovon hayotini mardlik va shijoat bilan himoya qilgan fidoyi vatandoshlarimizni yodga olmoq, ularga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatmoqdir»
«Xotira va qadrlash deganda biz, avvalo, o‘zimizni inson sifatida anglashni, odamiylik fazilatlarimizni ulug‘lashni nazarda tutamiz. Eng muhimi, bu hayajonli va iztirobli sana o‘rnimizga keladigan yosh avlodni mana shu ruhda tarbiyalashga, ular qalbida Vatan va yurt uchun g‘urur va iftihor tuyg‘ularini uyg‘otishga xizmat qiladi»