Davlat universiteti



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə27/57
tarix11.06.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#128434
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn

Nazorat savollar:
1.Ma’naviyat, ma’naviyat asoslari, o‘qitish, o‘qitish mazmuni, o‘qitish metodlari, o‘qitish maqsadi, o‘qitish vositalari, o‘qitish shakllari, metodika, ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish metodikasining vazifalari.
2.«Ma’naviyat asoslari» fanini o‘qitish predmeti, o‘qituvchining metodik tayyorgarligi, zamonaviy ta’lim, didaktika, o‘ quv bosqichiga talablar Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitishning yaxlit va aniq metodikasi..
3.Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitishning maxsus metodikasi.
4.Kuzatish aniq maqsadni ko‘zlagan reja ?
Adabiyotlar:

  1. Imomnazarov M., Saidov U. Milliy taraqqiyotning ma’naviy-axloqiy asoslari. –T.: 2005.

  2. Lafasov M., Toshpo‘latov T., Lafasova G. Milliy g‘oya va mafkura fanini o‘qitish metodikasi. Ma’ruza matni. –T.: 2007.

  3. Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati. –T.: 2007.

  4. Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari. (7-9 sinflar uchun dastur). –T.: 2001.

5.Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondashuvlar. –T.: 2002
16 - mavzu. “Ma’naviyat asoslari fani ta’limining didaktik asoslari”
fanini o‘qitishning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati


Asosiy savollar:

  1. Ma’naviyat asoslarini o‘qitishning umumdidaktik prinsiplari.

  2. Ma’naviyat asoslarini o‘qitishda xususiy prinsipi

3.Ma’naviyat asoslarini o‘qitish metodikasi» ni o‘qitishda umumiy va xususiy prinsiplarning uzviy birligi
Tayanch tushuncha va iboralar:
Ma’naviyat, ma’naviyat asoslari, o‘qitish, o‘qitish mazmuni, o‘qitish metodlari, o‘qitish maqsadi, o‘qitish vositalari, o‘qitish shakllari, metodika, ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish metodikasi, «Ma’naviyat asoslari» fanini o‘qitish predmeti, o‘qituvchining metodik tayyorgarligi, zamonaviy ta’lim, didaktika, o‘ quv bosqichiga talablar
1-asosiy savol:
Maktablar tajribasi darsning ma’ lum tizimini yaratdiki, ko‘ pchilik o‘ qituvchilar bu tizimga rioya qilib, malum yaxshi natijalarga erishmoqda. Odatda dars boshida uy vazifasi tekshiriladi yoki o‘tgan mavzu takrorlanadi, so‘ngra o‘tgan mavzu yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi. SHundan keyin yangi material bayon etiladi va uni mustaxkamlash uchun nazorat savollari beriladi. Dars oxirida uyga vazifa beriladi.
Ba’zan, darsda bu maqsadlardan bittasigina mashg‘ulotga bag‘ishlanishi mumkin. Ana shu bitta maqsadni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi va boshqalar unga bo‘ysinadi.
1.O‘ qitishda didaktik prinsiplar:

  1. ta’lim va bilimning birligi.

  2. ilmiylik va tushunarlilik

  3. V) sistemalilik, izchillilik

G) amaliyot va nazariya birligi
D)onglilik va faollilik, mustaqillilik
e) ko‘rgazmalilik
z) Ta’limda tinglovchilarning yoshi, shaxsiy xususiyatlari, o‘quv imkoniyatlarini hisobga olish prinsipi.
2.O‘qitishning xususiy prinsiplari;
-umumiylikka va alohidalikka o‘tish prinsipi;
- tanqidiy tafakkur
-mustaqil tafakkur,
-analiz, sintez,
-tarixiylik, mantiqiylik,
-kuzatish umumlashtirish,
-umumiy va xususiy prinsiplarning uzviy biriligi, ta’ lim va bilishning birligi.
Didaktika-ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o‘rganuvchi qismidir. Didaktika - grekcha so‘z bo‘lib, «o‘qitish», «o‘rgatuvchi» degan so‘zlardan «didaktika» so‘zma - so‘z tarjimasi ta’lim nazariyasini anglatadi. Ta’limning asosiy vazifasi:

  • yosh avlodni ilmiy bilimlar bilan qurollantirishdan iborat didaktika pedagogakaning «nimaga o‘qitish», «nimani o‘qitish», «qanday o‘qitish» kabi savollariga javob izlaydi.

O‘qituvchi ta’lim samaradorligiga erishish va o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish va boshqarish uchun ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari va ularni o‘quvchilar tomonidan; o‘quv materialini sezgi organlari orqali qabul qilish, tasavvur qilish, abstrakt fikr yuritish, o‘rganilgan ma’lumotlarni yodda saqlash, bilimlarni odatiy, yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llash bosqichlari yordamida uyushtiradi.
Ta’lim qoidalari deb, umuminsoniy tarbiyaning maqsad va vazifalarini amalga oshirishga qaratilgan o‘qish va o‘qitish jarayonlarining yo‘nalishi o‘quvchilar tomonidan ilmiy bilimlarning o‘ zlashtirilishi, bilim va malakalar hosil qilishning asosiy qonun va qoidalarining yig‘ indisiga aytiladi. Ta’limning ilmiyligi. Ilmiy bilimlar - voqelikning haqqoniy inikosidir.
Tevarak - atrofni o‘rab olgan dunyoning qonuniyatlarini, narsa va hodisalarning ichki muhim xossalarini va o‘zaro aloqalarini aks ettiruvchi bilimlargina qoidasi - ilmiy bilimlarni egallash jarayonida o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarash, e’tiqod tafakkuri rivojlantiradi. Ilmiylik qoidasi ta’lim jarayonida o‘quvchilarni hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyot darajasiga, muvofiq keladigan ilmiy bilamlar bilan qurollantirish, yoshlarni ilmiy-tadqiqot usullari bilan tanishtirib borilishi ta’limiga qaratilgan.
Sistemalilik (tizimi) izchillik prinsipi.
Ta’lim vazifasini malum bir tizimsiz bajarib bo‘lmasligini ko‘rsatadi.
O‘kuv materialini tushuntirish tizimi o‘kuv materialini anik bayon kilingan g‘oyalarga; o‘qituvchi bu g‘oyalarni qaysilarini tushuntirmoqchi ekanligiga; baholar, bilimlarni o‘zlashtirishga kanchalik imkonniyat berilishi; fikrlash xususiyatlariga darsdagi bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni tushuntirilishiga bog‘likdir. Ta’limda izchilikka rioya qilib o‘qitish lozim, toki bugun o‘rganilgan bilimlar kecha o‘rganilganlarni mustahkamlasin, ertaga o‘rganiladiganlarga zamin xozirlansin.
Ta’lim va tarbiyaning birligi koidasi (amaliyot va nazariya) uni ta’minlamoq uchun: bayon qilinayotgan o‘kuv materiallarining mazmuni ham, ilmiy, xam g‘oyaviy jixatdan to‘g‘ri talqin qilishi, o‘qitilayotgan tamoyilning ilmiy va tarbiyaviy moxiyati ochib berilishi, ta’lim jarayonida «Hadis»lardan foydalanish imkoniyatini yaratilishi, lozim. SHuningdek bayon qilinayotgan ilmiy bilimlarning puxta va mustahkamlash o‘zlashtirilishi va turmushda unga amal qilish, muammoli jarayonni va kasbga qiziqish tashabbuskor ta’limga e’tiqod kuchining uyg‘unligi, ta’lim jarayonida o‘kuvchilarning uyushqoqlik, intizomlililik va javobgarlikni sezish, o‘zaro yordam hislarini tarbiyalash zarur.
Nazariya va amaliyot birligi. Bu birlik ilmiy bilimlarni puxta o‘zlashtirish va uni amalda qo‘llay olish, o‘kuv materiallarini idrok qilish, anglash, mustaxkamlab, esda saqlab qolish kabi ruhiy jarayonlar bilan bog‘liq holda bir butun jarayonni tashkil qiladi.
Onglilik, faollik, mustaqillilik koidasi: bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish; xayotiy xodisa, jarayonlar bilan bog‘lash; nutqiy ravojlantirish, tafakkur qilish qobiliyatini oshirishni nazarda tutadi hamda ma’ruza, seminar dasrlarini qo‘shib olib borish jarayonini yanada takomillashtiradi Ko‘rgazmalilik koidasi:
-o‘qitish sifatini oshiradi
-o‘qitish jarayonida ko‘rish, eshitish, xid bilish, ta’m-maza bilish, teri, muskul-xarakat kabi sezgi organlarining bir yo‘ la ob’ ekt ustida safarbar kilinishini talab etadi.
-tez qulay, oson o‘zlashtiradi.
-uzoq vaqt esda qoladi
-sxema, jadval, diogramma materiallari ustida taqqoslash, taqlil qilish, umumlashtirish xulosa chiqarishda ahamiyatga egadir.
Bo‘lishi mumkin:
-grafik-ko‘rsatmali qurollar, chizmalar, diogramma, diofil’mlar.
-gramplastinkalar, magnit lentasi, badiiy o‘qitish namunalari, talaffuz qilishga oid materiallar -gerbariylar kolleksiyalar, ashyolar, rasm-fotosurat, ovozsiz kinofil’ mlar Ta’limning o‘quvchilarga mos bo‘lish qoidasi:
-o‘kuv materialining mazmuni, uning xajmi xarakteri -jismoniy rivoji
-saviyasi, imkoniyatlariga loyiq bo‘lishi "osondan kiyinga karab borish"
-materialni xaddan tashqari engil bo‘lishi qiziqishni so‘ndiradi
-aksincha qiyin, og‘ir bo‘lsa, qo‘yilgan misol va masalalarni echish, xal qilishga qurbi etmasa o‘ z kuchiga ishonmaslik kayfiyatini tug‘ diradi.
"Ma’lumdan noma’lumga qarab borish"dir.
"Soddadan murakkabga qarab borish"dir.
O‘qitish usullari o‘quv materialining xarakteriga mos xolda to‘g‘ri tanlangan bo‘lmog‘i lozim. Bilish, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirib olishning mustaxkamligiga avvalo o‘qitish qoidalari: tushunarlilik, tizimlilik, izchillilik, nazariya va amaliyotning bog‘liqligi, ko‘rsatmalilik, o‘quvchilarning ongliligi, faolliligi qoidalarini amalga oshirish bilan erishiladi.
Ma’naviyat nazariyasida ta’ lim mazmunini shakllantirishning asosiy tamoyillari quyidagilardir:
1.Ta’lim mazmunining jamiyat, fan, madaniyat va shaxs muvofiqligi tamoyili. Bu tamoyil ta’lim mazmuniga zarur bo‘lgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni shuningdek, jamiyat, madaniyat va shaxs imkoniyatlari rivojlanishining zamonaviy darajasini aks ettiruvchi bilimlarni kiritishni ko‘zda tutadi.
2.O‘kitishning mazmun protsessual jixatlarining yagonaligi tamoyili Bu tamoyil o‘kuv jarayonining konkret xususiyatlari, tamoyillari, ularni amalga oshirish texnologiyalari va o‘zlashtirish darajasi birligini aks ettiradi.

  1. Onglilik tamoyili;

  2. Ko‘rsatmalilik tamoyili;

V) Ilmiylik tamoyili;
G) Ketma - ketlik tamoyili;
D) Puxta o‘ zlashtirish tamoyili va hakazolar.
Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish metodikasi darslarida asosiy didaktik maqsadlardan biri fanni talabaning to‘la egallashiga erishish.
Albatta har bir darsdan turli xil didaktik maqsadlar ko‘zlanadi. Ular orasida bittasi bosh maqsad bo‘lib, uni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi.Har bir alohida darsning maqsadi darslar tizimining maqsadini aniqlab, uning yordamida o‘qitilayotgan mavzuning mazmunini ochib beradi.
Birinchi holda yangi tushunchalar bilan tanishtirish bo‘lsa, ikkinchi holda tanishtirilgan tushunchani kengaytirish va chuqurlashtirish, uchinchisida, biror malaka va konikmalarni hosil qilish, to‘rtinchisida, bilim, malaka va konikmalarni tekshirish va x.k. bajariladi.
Har bir darsda yuqorida aytilganlarning bir nechtasi yoritilishi mumkin. O‘tilganlarni takrorlash oldin o‘tilgan darslarni yangi tizimga solish, shu bilan bilimlarni tekshirishni o‘z ichiga oladi. YAngi materialni bayon qilish har doim mashqlar bajarish bilan davom ettiriladi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin