Mavzu: mustaqillik davri o’zbekiston tasviriy san’ati



Yüklə 296 Kb.
səhifə1/7
tarix05.06.2023
ölçüsü296 Kb.
#124963
  1   2   3   4   5   6   7
G\'ulomova Dildora


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
Himoyaga ruxsat etiladi
“Tasviriy san’at” kafedrasi
mudiri ________ __________________
_______________________________
«_____»__________ 2021 yil

«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi o’qitish metodikasi»


fanidan
KURS ISHI
Mavzu: «Ta’limda didaktik prinsiplar»

Bajardi:
«Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi» mutaxassisligi


bakalavr yo’nalishi 3-bosqich 18.25 guruh talabasi


G’ulomova Dildora Dilshodjon qizi
Ilmiy rahbar: N.Axmedova

Farg’ona 2021


MUNDARIJA


I.Kirish…………………………………………………………………………..3
II. Asosiy qism
1.Tasviriy san`atni o`qitishdagi didaktik prinsiplarning ishlab chiqilishi.............7
2.Tasviriy san`at ta`limida qo`llaniladigan didaktik prinsiplar.............................12
3.Ta`lim va tarbiya birligi prinsipi. Ilmiylik prinsipi............................................19
III. Xulosa va tavsiyalar......................................................................................27
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati....................................................................29
Kirish
Bir haqiqatni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz kerak, mamlakatimizda madaniyat va san’at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi.
Sh.Mirziyoyev
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 19-mart kuni yoshlarga eʼtiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, sanʼat, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini singdirish, yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik maʼnaviy barkamol boʻlsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli boʻladi.
Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Ushbu muhim besh tashabbusning birinchisi – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvir yoʻnalishi boʻyocha Xarakatlar strategiyasida belgilangan yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish, yoshlarni huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning har tomonlama barkamol boʻlib voyaga yetishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish maqsadida oʻtgan qisqa davr mobaynida muayyan ishlar amalga oshirildi, jumladan 45 dan ziyod meyoriy hujjatlar qabul qilindi.1
Oʻzbekiston prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 7-fevral kungi farmoni bilan 2017-2021 yillarda Oʻzbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasining 4.4.bandida keltirilgan ta’lim va fan sohasini rivojlantirish yoʻnalishida begilangan ishlarni amalga oshirish, 2017 yil 25-dekabr kuni “Oʻzbekistonning yangi qiyofasini yaratishda milliy madaniyatimizning oʻrni” mavzusidagi madaniyat va san’at sohasidagi dolzarb masalalalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishida soʻzlagan nutqlari, 2018 yil 5-iyun kungi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularni mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora tadbirlar” PQ-3775 qarori, 19.12.2018 yilgi “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi”gi PQ-4068 qarorining amaliy ahamiyati oʻlaroq, bebaho milliy madaniy me’rosimiz hisoblangan me’moriy obidalarimiz, ularni asrab avaylash bilan bir qatorda kelajak avlodga ilmiy va ma’naviy bilimlar yetkazuvchi manbaa sifatida foydalanishimiz, ulardagi har bir naqsh, har bir ustun, har bir peshtoqida mujassamlashgan milliy ma’naviyatimizni aks ettiruvchi tasvirlarni amaliy jihatdan oʻrganib chiqish ishining dolzarb qismi hisoblanadi. Zero yurtboshimiz aytganlaridek “Bir haqiqatni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz kerak, mamlakatimizda madaniyat va san’at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi.”2

Yüklə 296 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin