Mavzu: mustaqillik davri o’zbekiston tasviriy san’ati



Yüklə 296 Kb.
səhifə3/7
tarix05.06.2023
ölçüsü296 Kb.
#124963
1   2   3   4   5   6   7
G\'ulomova Dildora

Ilmiylik prinsipi o'quvchilarga rasmi chiziladigan natura, obyekt, mavzu, voqea-hodisalarni tahlil qilish davomida o'qituvchi tomonidan o'quvchiga berilayotgan har bir ma'lumot ilmiy, fan ma'lumotlari asosida bo'lishi lozimligini taqozo etadi. Buning uchun o'qituvchining o'zi tahlil qilayotgan narsa, obyekt yoki san'at asari haqida ilmiy ma'lumotlarga ega bo'lishi lozim. Shundagina o'qituvchining suhbati ishonchli, to'g'ri, ilmiy bo'lishi ta'minlanadi.
Masalan, „Kuzgi mevalar naturmorti" mavzusida rasm chi­ziladigan mashg'ulotda o'qituvchi naturmort uchun tanlanadigan olma, anor, tarelka, pichoq kabi predmetlarning har birini tahlil qiladi. Bu tahlilda olma yoki anor haqida botanika fani ma'lu­motlari asosida suhbat o'tkaziladi. Unda olmani o'quvchilarga ko'rsatib, uning shakli, tuzilishi, rangi, odamlar uchun zarurligi haqida fan ma'lumotlari asosida gapiradi. Pichoq va tarelka tahlili mehnat fani ma'lumotlari asosida olib borilishi lozim. Bu o'qituvchiga dars samaradorligini oshirishga imkon bersa, o'quvchilar uchun esa darsni qiziqarli, jonli bo'lishini ta'minlaydi.
Dars mashg'ulotlarida ko'plab san'at asarlari tahlil qilinadi. Unda ham tahlil qilinadigan san'at asarlarini o'rganish zarur ma'lumotlarning ilmiyligini ta'minlashi zarur.
Masalan, K.P.Bryulovning (5- sinfda) „Pompeyning so'nggi kuni" asari tahlilida o'qituvchi, eng avvalo, K.P.Bryulovning biografik ijodini yaxshi bilishi, so'ngra Italiya (Qadimgi Rim) ning eramiz boshlaridagi san'at va madaniyatini, Pompeya shahri hamda Vezuviy vulqoni haqida aniq ma'lumotlarga ega bo'lishi kerak.
Agar o'qituvchi shunday ilmiy ma'lumotlarga ega bo'lsagina, bu dars qiziqarli va samarali bo'ladi. Umuman, tasviriy san'atning har bir mashg'uloti ilmiylik asosida bo'lishi zarur. Buning uchun o'qituvchi o'z fanini, san'at nazariyasini yaxshi bilmog'i lozim. Shuningdek, zaruriy metodik adabiyotlarni ko'proq o'qishi va boshqa o'quv fanlari bilan sistemali bog'lanishi darkor.
O'qitishning sistemalilik prinsipi
Ta'lim nazariyasiga ko'ra, o'qitishning yoki ta'lim-tarbiya berishning eng samarali yo'li „sistemalilik" bo'lib, — „bu berilayotgan bilim va malakalarni o'quvchilar ongiga zanjir tizimini hosil qilgan holda, bir butun tugal bilimlar bazasini bunyod etadi"4. Bu haqida buyuk chex pedagogi Y.O.Komenskiy ham alohida to'xtab: „Dars mashg'ulotlarini shunday taqsimlamoq kerakki, har bir yangi material o'zidan oldingi materialning davomi bo'lmog'i va keyingi materialni to'ldirmog'i lozim"5 deydi.
K.D.Ushinskiy „Sistemali berilmagan dars materiali barcha narsalar ustma-ust, pala-partish holda narsalarga to'la omborga o'xshaydi"6, — deb yozadi. Shundan ko'rinib turibdiki, „siste­malilik" hozirgi zamon maktablarimizdagi o'quv-tarbiya faoliyati- ning asosiy prinsipi hisoblanadi. Shunga ko'ra, tasviriy san'atni o'qitishda ham sistemalilik prinsipi asosiy didaktik prinsiplardan biri hisoblanadi.
Masalan, „Narsaning o'ziga qarab rasm chizish" mashg'ulot­larida hajm, kub, prizma, konus, shar haqida ma'lumot berilib, ularning rasmi qalamtasvirda ifodalanadi. Bu mavzu bo'yicha 10 soatli dars shunday ketma-ketlikda qo'yiladiki, ular go'yo zanjirsifat prujinani tashkil etadi. Chunki, o'quvchilar hajm, kub


1- rasm.

birligini o'rganib, uning rasmini chizadilar. Har qanday narsa ma'lum masofada turganda uning uchta tomoni ko'rinadi, qalamda, shtrixlar vositasida ifoda etiladi. O'quvchilar keyingi qalam- tasvir darsida prizmatik jismlar rasmini chizishni o'rganadilar. Unda 4—6—8 qirrali ko'pyoqlilar haqida ma'lumot oladilar va ularning rasmini chizadilar (1- rasm).


Keyingi darslarda o'quvchilar silindr rasmini chizadilar. Unda o'quvchilar yon qirralarisiz buyum sirtini burishni o'rganadilar. Bunda 6 qirrali prizmalarning o'rtadagi qirralarini olib tashlash asosida silindr tasvirini yaratishni o'rganadilar. O'quvchilar buyumning tik sirtini o'rganib olganlaridan so'ng, sirtni tikkasiga va ko'ndalang tomonga burishni o'rganadilar. Keyingi dars „Shar rasmini chizish" darsi bo'ladi.
Maktab tasviriy san'at dasturlarida bu sistemalilik to'la ta'minlangan bo'lib, bunday darslar bir-biriga zamin bo'ladi. Bu sistemada ishlash uchun, eng avvalo, o'qituvchining o'zi oliy ma'lumotli mutaxassis, rassom-pedagog bo'lishi shart. Bu sistema­lilik tasviriy san'atning tematik va san'at asarlarini tahlil etish dars-mashg'ulotlarida ham to'la amalga oshiriladi. Tasviriy san'atning har bir mashg'uloti sistemalilik prinsipi asosida tashkil etilmog'i lozim. Shuning uchun har bir maktabda tasviriy san'atdan dars berayotgan o'qituvchi barcha didaktik prinsiplarni yaxshi tushunib olishi va undan samarali foydalanishi zarur.
2.Tasviriy san`at ta`limida qo`llaniladigan didaktik prinsiplar
Ma'lumki, o'quv fanlarini o'qitishda ko'rgazmalilik prinsipiga amal qilishadi. Chunki ko'rgazma vositasida o'tilgan dars samaradorligi yuqori bo'ladi. Shuni nazarda tutgan pedagog-olim K.D.Ushinskiy „Rasmni ko'rganda soqov ham tilga kiradi"7, — degan edi.
Donishmandlardan biri „Maktabda ko'rgazmasiz biror darsni o'tkazib bo'lmaydigan bir fan borki, u ham bo'lsa rasm fanidir",— degan edi.
Shu boisdan maktabda ishlaydigan tasviriy san'at o'qituvchisi ishini kabinet tashkil etishdan boshlashi kerak.
Chunki kabinet o'qituvchiga ko'rgazma tayyorlash, uni yig'ish va undan unumli foydalanish uchun juda katta imkoniyatlar yaratadi. Tasviriy san'at bo'yicha ko'rgazmalar 3 turga bo'linadi.

  1. Natural — tabiatdan olingan meva, qush, hayvonlar, ro'zg'or buyumlari, meva-sabzavot kabilar.

  2. Standart — tayyor ko'rgazmalar.

  3. Qo'lda tayyorlangan ko'rgazmalar.

Natural ko'rgazmaga: ro'zg'or buyumlari, meva-sabzavotlar, qush va hayvonlar kiradi. Standart ko'rgazmaga — zavod-fabrikalarda gipsdan tayyorlangan, shuningdek, chop etilgan ko'rgazmalar kiradi. Qo'lda tayyorlangan ko'rgazma rasmlar, sxema, eskiz va boshqalardan iborat bo'ladi. Bu o'rinda shuni aytish joizki, ko'rgazma turlari ichida eng samaralisi o'qituvchi­ning o'zi tayyorlagan ko'rgazmadir. Chunki bunday ko'rgazmalar dars materialiga mos holda ishlanadi.
Gipsdan ishlangan mulyaj va chuchelolarning ham ahamiyati kattadir. Tabiiy materiallar esa o'quvchilarning darsga bo'lgan qiziqishlarini oshirishning bosh omili bo'lib hisoblanadi.
O'qitishda faollik va ijodkorlik prinsipi Ma'lumki, har qanday o'qitishning zamirida o'quvchilarning faolligi, mustaqilligi, tashabbuskorligi va ijodkorligi turadi. Mashg'ulotlar jarayonida o'quvchining faolligi dars samaradorligining 60—70% ini tashkil etadi. Chunki o'quvchining faolligi uni mustaqillikka, mustaqillik tashabbusga, tashabbus esa ijodkorlikka boshlaydi. O'quvchilar faolligini oshirish avvalo o'qituv­chining shaxsiy namunasi va ijodkorligiga bog'liqdir. O'qituvchi har bir mashg'ulot uchun dars mavzusiga mos materiallar tanlaydi. Shu boisdan o'qituvchi darsga puxta tayyorlanishi, zaruriy ko'rgazma va didaktik materiallar tayyorlashi, tanlashi, bu materiallardan o'rinli foydalanishi zarur. Xullas, o'qituvchining faol va ijodkorlik bilan ishlashi o'quvchilarning darsga bo'lgan qiziqishlarini oshiradi, o'quvchilar tashabbusi va mustaqilligini ta'minlaydi.
Tasviriy san'atning har bir amaliy mashg'ulotida rasm chiziladigan natura, obyekt, mavzuni o'quvchining o'zi idrok etishi, tasavvuri bilan tahlil qilishi, olingan taassurotlar asosida rasm chizishi lozim. Buning uchun rasm chiziladigan narsa va voqea haqida o'qituvchi batafsil ma'lumot berishi, rasm chizish yo'llarini ilmiy asosda tushuntirib berishi lozim.
Masalan, „O'lkamizda bahor" mavzusida rasm chiziladigan bo'lsa, dars mashg'ulotida o'qituvchi tuziladigan kompozitsiya bo'yicha suhbat o'tkazadi. Bu suhbatda bahor fasli haqida umumiy ma'lumot beradi. O'quvchilar bahor fasli haqidagi ma'lumotlar asosida xomaki rasmlar chizadilar. So'ngra bahor fasli haqida o'zlari xohlagan mavzu va sujet bo'yicha „O'lkamizda bahor", „Shaftoli gulladi", „O'rik gulladi", „Hovlimizda bahor", „Tog'da bahor", „Bahorgi ishlar" kabi mavzularda rasm chizadilar. O'qituvchi bolalarni yanada qiziqtirish uchun bahor faslining asosiy elementlaridan namunalar ko'rsatadi.



Yüklə 296 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin