Mavzu: mustaqillik davri o’zbekiston tasviriy san’ati



Yüklə 296 Kb.
səhifə6/7
tarix05.06.2023
ölçüsü296 Kb.
#124963
1   2   3   4   5   6   7
G\'ulomova Dildora

Xulosa va tavsiyalar
O`quvchilarning ijodiy qobiliyatlari naqsh chizish, kitob muqovasi uchun eskiz ishlash, otkritka, choynak va dazmol uchun taglik eskizini ishlash jarayonida o`stirib boriladi. O`quvchilarning estetik tarbiyasida N.Karaxanning “Oltin kuz”, Yu.Elizarovning “Tarvuzli natyurmort”, O`.Tansiqboevning “Tog`larda kuz”, “O`zbekistonda mart”, L.Salimjonovaning “Natyurmort” nomli asarlari alohida ahamiyat kasb etadi.
O`qitishning didaktik prinsiplari berilayotgan bilimlar yoki ular o`zlashtirilishi lozim bo`lgan materiallarni murakkablik darajasini bolalar yoshiga va kuchiga mos bo`lishini nazarda tutadi.
Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, ayrim o`qituvchilar 5-7 sinflarda ham to`rtburchak, doira shaklidagi naqshlar ishlashni davom ettiradilar. bu topshiriqlar 3-4 sinflardagi vazifalardan deyarli farq qilmaydi. bulardan tashqari, o`quvchilarga doskaga chizilgan tayyor naqshdan nusxa ko`chirish tavsiya etiladi. bundan, ular beriladigan topshiriqlarning bolalarga oson bo`lishiligini nazarda tutadilar. lekin, topshiriqlarning o`ta jo`n bo`lishi ham yaxshi emas, ular birinchidan bolalarning mustaqil fikrlashlarini susaytirsa, ikkinchi tomondan ulardagi rivojlanishni to`xtatadi.
Ma`lumki, o`quvchilar harakat va qobiliyat jihatidan bir-birlaridan farq qiladilar. Bu vaziyat o`qituvchidan o`quvchilar bilan yakkama-yakka ish olib borishni talab qiladi, ya`ni o`qituvchi bolalarni bilim va malakalari darajasini hisobga olgan holda ularga turlicha murakkablikdagi vazifalarni ishlab chiqadi, ularning tasviriy ishlarini to`g`rilashga ba`zi nazariy va amaliy vazifalarni tushintirish maqsadida doskada rasm ishlab ko`rsatishiga to`g`ri keladi.
O`qitishning o`quvchilar yoshiga maosligi prinsipi qadimdan qo`llanib kelingan. bunda, yaqindan uzoqqa, ma`lumdan noma`lumga, oddiydan murakkabga, osondan qiyinga, konkretlikdan abstraktlikka prinsiplariga asoslaniladi. Pedagogikada bu prinsip qadimdan tajribadan o`tganligi sababli o`qituvchini o`z faoliyatida shu yo`ldan borishi ko`zlangan maqsadga erishuviga asos bo`ladi. Kezi kelganda shuni ta`kidlab o`tish lozimki, hamma oson narsalar ham bolalarga tushunarli bo`lavermaydi va aksincha murakkab materiallar tushunarli bo`lishi ham mumkin. Bunda o`quvchilarning yoshi, pedagogik-psixologik xususiyati, bilim darajasi, tayyorgarligi, qobiliyati muhim rol o`ynaydi. Masalan, tasviriy san`atni o`qitishda yaqindan uzoqqa borish prinsipida ish tutish maqsadida o`qituvchi avval bolalarga yaqin bo`lgan o`zbek xalqining tabiati, turmushi, mehnatini tasvirlovchi O`zbekiston rassomlari asarlarini, so`ngra o`rta osiyo, sharq, evropa mamlakatlari san`atini o`rgatadi.
Yuqoridagi fikrlardan maktabda tasviriy san`atdan dars va darsdan tashqari ishlar jarayonida didaktik prinsiplarga rioya qilishning nihoyatda muhimligini sezib olish qiyin emas. Didaktik prinsiplar o`quvchilarning badiiy ta`limi, tarbiyasi va rivojlanishiga shart-sharoitlarni yaratadi.



Yüklə 296 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin