Mavzu: mustaqillik davri o’zbekiston tasviriy san’ati


Ta`lim va tarbiya birligi prinsipi. Ilmiylik prinsipi



Yüklə 296 Kb.
səhifə5/7
tarix05.06.2023
ölçüsü296 Kb.
#124963
1   2   3   4   5   6   7
G\'ulomova Dildora

3.Ta`lim va tarbiya birligi prinsipi. Ilmiylik prinsipi

Tasviriy san`at asarlariga oid materiallarning ongli o`zlashtirilishi ilmiylik prinsipidagidek perspektiva, rangshunoslik, optika va yorug`soya qonunlari, anatomiyadan ba`zi ma`lumotlarga ega bo`lishi bilan bog`liq. Bu qonunlarni egallamasdan turib, o`quvchilar o`z tasviriy faoliyatilarini to`g`ri amalga oshira olmaydilar.


Faraz qilaylik, o`quvchi uyida chizish uchun geometrik shakldagi turmush buyumlaridan natyurmot qo`ydi. U perspektiva qonunlari, ufq chizig`i, kuzatish nuqtasi, buyum va surat tekisligi, kesishish nuqtasi, narsalarning o`lchovlarini perspektiv qisqarishini bilmay turib o`z oldiga qo`ygan maqsadini to`g`ri Hal qila olmaydi. Yorug`-soya qonunlari hisoblangan tabiiy va sun`iy yoritish, tushuvchi va shaxsiy soya, nutura yoritilganida soyalarning joylashuvi, yorug`soya, yarimsoya, blik, refleks va boshqalarning bilmagan o`quvchi buyumlarning Hajmini to`g`ri tasvirlay olmaydi.
O`qitishning samaradorligi ko`p Hollarda o`quvchilarning uydagi va darsdagi faolligiga bog`liq. Bu faollik xilma-xil bo`lishi kerak.
Topshiriq yuzasidan mavzuni belgilashda o`quvchilarning hayvonlar, qushlar, sportga bo`lgan katta qiziqish uyg`otishini hisobga olish lozim bo`ladi.
O`quv jarayonini samarali bo`lishida solishtirish, taqqoslash, naturani kuzatish va tahlil qilishning ahamiyati katta. natura tahlilini savol-javob shaklida o`tkazish muhim ahamiyat kasb etadi, aks holda o`quvchilar naturani yuzaki o`rganish bilan cheklanib qolishlari mumkin.
Buyumlarni to`g`ri chizish uchun ularning tuzilishi, shaklini to`g`ri belgilash bilan birga fazoviy holatini to`la tasavvur etish kerak bo`ladi. Shundagina predmetlar rasmini ishlashga o`tish mumkin.
O`quvchilardan tasviriy san`atga oid atamalarni ongli o`zlashtirishlarini talab etilishi va ularni buzib ishlatilishiga yo`l qo`ymaslik lozim. Rasm chizish jarayonida o`quvchilarning ba`zi atamalarni o`zlashtirib olishlarini o`zi etarli emas, ularga atamalarning kelib chiqishi, ahamiyati haqida ma`lumotlar berish kerak bo`ladi. Bu esa o`quvchilarga ilmiy tushunchalarni, atamalarni to`g`ri ishlatishlariga yordam beradi.
O`quvchilar hodisalarning bir-biri bilan o`zaro bog`liqligini tushunishlari juda muhim. hodisalarni o`rganishda ularning rivojlanishini nazarda tutgan holda qarama-qarshilikning sababalrini ham tushuntira olishlari kerak bo`ladi.
O`quvchilarning faolligini oshirishda maqsadga muvofiq yo`naltirilgan muommoli vazifalarni qo`llash katta yordam beradi. Tadqiqot natijalari va o`qituvchilarning ishlari shuni ko`rsatadiki, tasviriy san`atni o`qitishda o`zlashtirib bo`lingan bilim va malakalar ularni faqat tiklashgagini emas, balki yangi materiallarni chuqur anglashga, dunyoqarashga doir xulosalar chiqarishga xizmat qiladi.
Mantiqiy vazifalarni hal etish muammoli o`qitish bilan bog`lanadi. Muammoli vaziyatlar hosil qilish esa mantiqiy vazifalarni echishga sharoit yaratadi. Mantiqiy fikrlash predmet va hodislardagi eng muhim tomonlarni ajrata olish, ko`p dalillar ichidan tipiklarini ko`rsata olish, shakllangan tushunchalardan to`g`ri foydalanish, perspektiva, rangshunoslik, kompozitsiyaning asosiy qonun va qoidalariga rioya qilish imkonini beradi.
O`quvchilar ufq chizig`i, chiziqli va havo perspektivasi, kesishish nuqtasi, buyumlar shaklining perspektiv qisqarishi haqida to`liq ilmiy tushunchalarga ega bo`lishlari kerak.
Dialektik tarzda fikr yuritish formal, mantiqiy fikrlash bilan bog`liq va unga doimo tayanishni nazarda tutadi. Mantiqiy fikrlash ob`ektiv borliq hodisalar mantiqini aks ettiradi. Qaysiki, unda hamma narsa o`zaro bog`liq va aloqadordir.
Atrof-muhitni to`g`ri tushunish uchun o`quvchilar hodisalarning sabablari va oqibatlarini ko`rib va bilib olishlari kerak. Bu esa dialektik fikrlash va xulosa chiqarishning shakllanishiga ko`mak beradi.
Bizningcha, o`qitishda o`quvchilarning mustaqil bilim olish jarayonini faollashtirishda va ijodiy fikrlashni rivojlantirishda bilimlarning muammoli bayon etish yo`lidan keng foydalanish va qisman izlanish va ilmiy tadqiqot metodlarini qo`llash lozim. O`qitish jarayonining samaradorligini oshirish bevosita o`quvchilarning faol psixik faoliyati (intellektuallik, emotsionallik) bilan bog`liqdir. Bunda g`oyalarni chuqur tushunish kamlik qiladi. Lekin, shunday amaliy faoliyat tashkil qilish lozimki, unda g`oyalar ichki hissiyotlar tufayli to`la ongli ravishda harakat orqali yaqqol namoyon bo`lsin, mustahkamlansin. Bunga badiiy asarlarni ifodali o`qish, hikoya qilish, muzika tinglash, slaydlar ko`rsatish orqali erishish mumkin. Agar o`qituvchi voqea va hodisalarni ta`riflashda ularning go`zalligi, nafisligi, yoqimliligiga alohida e`tibor bersa, talay natijalarga erishishi mumkin. Shuningdek, buyumlarning shakllari, o`lchovlaridagi proporsionallik, yorug`soya nisbatlari va boshqalarni san`at asarlari orqali tahlil qilib berish lozim.
O`qitishni faollashtirish uchun o`quvchilarni muntazam va maqsadga muvofiq ravishda rag`batlantirish ham muhim ahamiyatga ega. Yaxshi ishlarni butun sinfga ko`rsatish yoki ularni maktab ko`rgazmasiga tavsiya etish, o`z kuchiga ishontirish, ob`ektiv tanqid, turli xildagi yordamlar orqali o`quvchilarni rag`batlantirish mumkin.
O`qituvchining tajriba va bilimi kuchli o`quvchining mustaqil faoliyatiga qaratilgan bo`lishi kerak. Bolalarga ishora, yordamchi savol, ish yo`nalishi va kamchiliklarini ko`rsatish orqali yordam berish kerak.
Amaliyot bilan nazariyaning bog'liqlik prinsipi
Ma'lumki, tasviriy san'atning har bir mashg'uloti o'z naza- riyasini shu darsning o'zida amaliyot bilan bog'laydi. Chunki har bir tasviriy san'at mashg'ulotida o'qituvchi avval nazariy ma'lumot beradi va shu ma'lumotlar asosida amaliy ish bajarilishini talab qiladi.
Darsda o'qituvchi dars mavzusi bo'yicha o'quvchi bajarishi lozim bo'lgan vazifani e'lon qiladi, bu vazifani bajarish uchun yetarlicha ma'lumot berib, uni bajarish usullarini ham sinf doskasida ko'rsatib beradi.
Narsaning o'ziga qarab rasm chizish darsida o'qituvchi o'quvchilarga rasm chiziladigan narsani ko'rsatib, u haqidagi barcha ma'lumotlarni bayon etadi.
So'ngra bu narsani bosqichlar asosida sinf doskasida chizib, ko'rsatib beradi. Shundan so'ng doskadagi tasvirlar o'chirib tash- lanadi, ko'rgazma materiallar olib qo'yiladi, natura o'quvchilar qarshisiga qo'yilib, uni tasvirlab berish vazifasi topshiriladi.
O'quvchilar esa o'qituvchi bergan ma'lumotlar asosida, natura rasmini chizishga kirishadilar. Ko'rinib turibdiki, darsda berilgan nazariy bilimlar shu darsning o'zida amaliy ishlarga tatbiq etiladi. Nazariy bilimning amaliyotda qo'llanishini tasviriy san'atning hamma turlari bo'yicha bo'ladigan mashg'ulotlarda ham amalga oshirish imkoniyati bor. Buni fanning o'qitish xarakteri, uslubi va didaktik prinsipi talab etadi. Shuningdek, uyga berilgan vazifani bajarish jarayonida o'quvchilar darsda olgan nazariy bilimlarini amalda qo'llash ko'nikmalarini mustahkamlaydilar.
Ta`lim va tarbiya birligi prinsipi didaktik prinsiplarning eng asosiylaridan Hisoblanadi va bu tasviriy san`atni o`qitish jarayonida alohida ahamiyat kasb etadi. Ma`lumki, bugungi kunda ta`lim-tarbiyaning asosiy qismlaridan biri o`quvchilarni milliy istiqlol mafkurasi ruhida tarbiyalash hisoblanadi.
O`. Tansiqboevning “Jonajon o`lka”, X. RaHmonovning “May tongi”, N. Karaxanning “Oltin kuz”, Z. Inog`omovning “Choyga”, Yu.Elizarovning “Natyurmot” kabi asarlarida O`zbekiston ko`rk-jamoli yorqin aks ettirilgan. O`quvchilarni bunday asarlar bilan tanishtirishda bolalarda ona-vatanimizga bo`lgan ilk muhabbat paydo bo`ladi, shu zaylda ularda ona-vatanga, o`lkaga nisbatan mehr-muhabbat tuyg`ulari yanada kuchayadi.
Tasviriy san`at darslarida millatlararo totuvlik va baynalminal tarbiyani amalga oshirish imkoniyatlari ham katta va u turli mavzularda kompozitsiya ishlash, boshqa millat va xalqlar hayotini ifodalovchi suratlarning reproduksiyalarini, xalq ertaklariga ishlangan illyustratsiyalarni namoyish etish orqali amalga oshiriladi.
“MeHmonlarimiz”, “Chet el delegatsiyasini kutib olish”, “Turistlar” mavzularida rasm chizdirish yuzasidan o`tkaziladigan suhbatlarda o`quvchilar ongiga millatlararo totuvlik, do`stlik tushunchalarini singdirishga harakat qilinadi. Asar mazmunini ochishga yordamlashuvchi suhbatlar, turli millat va xalqlarning qiyofalarini tasavvur etish, bolalar ijodining takomillashuviga, tasavvurlarining boyishiga olib keladi.
Turli millat yozuvchilarining asarlari va xalqlarining og`zaki ijodiga xos illyustratsiyalar o`quvchilarga boshqa millatlarning hayoti, orzusi, g`oyalari bilan tanishish, sevish va tushunish imkonini beradi.
Tasviriy san`at darslarida millatlararo do`stlik, totuvlik Respublikamiz va chet el rassomlari tomonidan yaratilgan asarlar orqali ham amalga oshirildi. Respublikamiz rassomlari tomonidan yaratilgan asarlar orasida o`zbek xalqining hayoti va mehnati, uning boshqa xalqlar va millatlar bilan totuvligi, ba`zi chet xalqlarining hayoti va mehnati aks ettirilgan suratlarni ko`rish mumkin.
P.P.Benkov (“Dugonalar”), A.Abdullaev (“Shomahmudovlar oilasi”), L.Abdullaev (“Demobilizatsiya qilinganlarni kutib olish”), Q.Husniddinxo`jaev (“Navoiy va Jomiy”), A.Siglinsev (“Mening uyim, sizning ham uyingiz”), O`.Tansiqboev (“Issiqko`l oqshomi”) va boshqalarning bir qator asarlari millatlararo totuvlik, do`stlik g`oyalarini aks ettirganligi bilan ajralib turadi. SHuningdek, tasviriy san`at dasturiga bir qator Sharq va G`arb mamlakatlari rassomlarining ijodini o`rganish Ham kiritilgan. Leonardo da Vinchi, Rafael, Mikelanjelo, Rembrant, Rubens, Kent, Pikisso, Matiss va boshqa chet el rassomlarining asarlari do`stlik va Hamkorlik g`oyalarini amalga oshirishda boy material bo`lib xizmat qiladi. Shuningdek, dasturda Misr, Hindiston, Xitoy, Eron, Yaponiya kabi mamlakatlarning me`morchiligini o`rgatish ham nazarda tutilgan. O`qituvchi bunday san`at asarlarini tahlil qilar ekan, ularning o`ziga xos hamda umumiy belgilarini ta`kidlab o`tishi maqsadga muvofiq.
O`quvchilar tasviriy san`at asarlarini o`rganish orqali chet el mamlakatlari xalqlarining mehati va mehnatdagi jasoratlari, an`analari, odatlari, turmush tarzi hamda tabiati bilan oshno bo`ladilar.
Jamiyat qurilishining muaffaqiyati har bir kishining mehnat qilish darajasiga bog`liq. Shuning uchun kishilarning jamiyat uchun nafi bo`lgan mehnatga nisbatan hatti-harakati asosiy ko`rsatkich sanaladi. Bu sifat mehnat tarbiyasi jarayonida vujudga keladi.
Tasviriy san`at darslarini o`quvchilar mehnat tarbiyasini amalga oshirishdagi imkoniyatlari katta. Bu masala tasviriy san`at darslarining barcha turlari -naturaga qarab tasvirlash, kompozitsiya, san`atshunoslik asoslari mashg`ulotlari mazmunida ko`zda tutilgan.
Naturani o`ziga qarab tasvirlash jarayonida o`quvchilar turmushda qo`llaniladigan turli buyumlar, sabzavot va mevalar tasvirini ishlaydilar. O`qituvchi dars jarayonida o`quvchilar mustaqil ish boshlamaslaridan oldin naturani qisqacha tahlil qilib, faqat buyumlar shakli, proporsiyasi, rangi va tuzilishi haqidagina emas, balki ularni yaratish uchun sarflangan katta mehnat haqida ham gapirib beradi.
Masalan, turmushga qo`llaniladigan ayrim san`at buyumlarining o`ziga qarab rasmini chizdirishda o`qituvchi o`quvchilarga buyumlarning vazifasi, shakli, ularning qanday materiallardan yasalgani, buning uchun qancha mehnat sarflangani va hokazolar haqida to`xtaladi. Shuningdek, o`zbek xalq amaliy san`ati haqidagi suhbat darslarida o`qituvchi ularning turlari va ustalarning mehnat shijoatining o`ziga xos jihatlari haqida gapiradi.
“Paxta terimi”, “Fermada”, “Hosilni yig`ib-terib olish”, “Maktab yer uchastkasida”, “Qurilishda” kabi ishlar o`quvchilarni kattalar mehnati bilan tanishtiradi. Ishlab chiqarish korxonalariga qilingan sayohat bu masalada muhim ahamiyat kasb etadi. sayohatda bolalar kishilarning qanday mehnat qilayotganlarini kuzatadilar, mehnat sharoitlari va uni tashkil etish yo`llari bilan tanishadilar, kattalar mehnatining natijalarini ko`radilar. Sayohat chog`ida ular kattalar mehnatining ahloqiy tomonini, ularning mehnatga bo`lgan munosabatini, mehnatning jamoaviy harakterini o`rganadilar. bolalarni sayohat jarayonida olgan taassurotlari ularning rasmlarida aks etadi, natijada o`quvchilarning mehnat haqidagi tasavvurlari yanada kengayadi.
Tasviriy san`at dasturida xalqimizning fidokarona mehnati va uning go`zalligni aks ettiruvchi asarlarini o`rganish ham ko`zda tutilgan. O`.Tansiqboevning “Paxtani sug`orish”, “Chorovoq qurilishida”, Z.Inog`omovning “Choyga” va boshqa asarlari shular jumlasiga kiradi.
Bolalar o`zbek rassomlari asarlarining qahramonlari bo`lmish artist A.Hidoyatov, xalq hofizi mulla To`ycha Toshmuxammedov, amaliy san`at ustasi U. Jo`raqulov va boshqa o`z baxtini mehnatdan topgan kishilar bilan suvratlar orqali uchrashar ekanlar, ular, mehnat jamiyat hayotining, har bir shaxsining asosiy qonuni ekanligiga ishonch hosil qiladilar. Bunday darslarda o`quvchilarni turli kasblarga yo`llash imkoniyatlari ham paydo bo`ladi.
Natijada, o`quvchilar mehnat inson baxt-saodatining ma`naviy va axloqiy manbai, har qanday inson mehnat qilmog`i va mehnatni sevmog`i lozim, degan xulosaga keladilar. shuningdek, bolalar odamlar faqat o`zi uchun emas, jamiyat uchun mehnat qilishlari kerak, mehnat kishilariga va ular yaratgan buyumlarga nisbatan hurmat bilan qarash lozimligi haqida tasavvurga ega bo`ladilar.
Maktabda tasviriy san`at estetik turkumdagi o`quv predmeti xisoblanib, o`quvchilarda badiiy va estetik didning rivojlanishida muhim rol o`ynaydi, ya`ni tasviriy san`at darslarida san`atdagi va borliqdagi go`zallikni ko`rish, tushunish va qadrlay olish hissi takomillashadi.
Naturani tahlil qilish jarayonida o`qituvchi o`quvchilarning diqqatini buyumlar shaklining nafisligi, qismlarning proporsionalligi, shakl va rang uyg`unligi, mazmun, shakl va vazifaning mosligi kabilarga jalb etadi. Natijada, o`quvchilarda naturaga nisbatan emotsional - estetik munosabatlar oshadi.
O`quvchilar naqsh chizishda, dekorativ - bezak ishlarida tabiat elementlaridan foydalanadilar. bunga tabiat mahsulotlari yaxshi material bo`lib xizmat qiladi. o`quvchilar tabiat materiallari va hayvonot dunyosini stilizatsiyalashtirib, takrorlanmas va chiroyli naqshlar tuzadilar.
Borliqni idrok etish va kompozitsiya darslarida tabiatni kuzatish va uni rasmlarda aks ettirish bolalar tarbiyasiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. O`quvchilar dars jarayonida tabiatni kuzatar ekanlar, ular daraxtlarning tuzilishini, shoh-shabalarning shakl va yo`nalishini turli-tumanligi, barglarning rangi va shakli, nafisligi va yoqimliligini bilib oladilar. Shuningdek, gullarning rangi va shakli, xilma-xilligi, bahor va kuz manzarasining go`zalligi, ninachi, kapalak, qushlarning engil va nafis parvozi ham o`quvchilarni hayajonlantiradi.
Yuqori badiiy saviyada yaratilgan tasvriy san`at asarlarini o`rganishda o`quvchilar ulardan estetik zavq olishadi. Suvrat kompozitsiyasining muvaffaqiyatli yechilishi, ranglarning hamohangligi, borliqning haqqoniy tasviri bolalarni hayajonlantiradi. Bu faqat estetik tarbiyaga taalluqligina bo`lmay, balki, bolalarning tasviriy ijodiga, ularning san`atga bo`lgan qiziqishlarini tarbiyalashga bevosita aloqadordir. Bu borada manzara va natyurmort janrlarining roli kattadir.
San`at asarlari haqidagi suhbatlarda o`qituvchi, rassom ko`rganini shunchaki aks ettiribgina qolmay, balki u borliqdagi eng qiziq, eng chiroyli narsa va hodisalardan ta`sirlanib chizganligi, lozim bo`lgan taqdirda, u ko`rgan - kechirganlari va eshitganlarini mubolag`a bilan tasvirlashini hikoya qilib beradi.
Naturaga qarab tasvirlash jarayonida bolalar buyumlarning shakli, rangi, tuzilishini tahlil qiladilar. masalan, choynakli natyurmotni tahlil qilganda, bolalar e`tibori choynakni turmush uchun zarur bo`lgan buyumlardan biri ekanligiga, uninng shakli mazmuniga mosligi, uning qanday vazifaga mo`ljallanganligi, maqsadga muvofiqligi, ishlatishga qulayligi va hakozalarga qaratiladi. Dekorativ bezak darslari o`quvchilarning badiiy didini, ijodiy qobiliyatini o`stirish imkoniyatlariga ega. darslarda o`quvchilar simmetriya, ritm, ranglarning mutanosibligi, kompozitsiyaning qonun va qoidalari bilan tanishadilar.

Yüklə 296 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin