Mavzu: mustaqillik davri o’zbekiston tasviriy san’ati



Yüklə 296 Kb.
səhifə2/7
tarix05.06.2023
ölçüsü296 Kb.
#124963
1   2   3   4   5   6   7
G\'ulomova Dildora

Kurs ishning maqsadi
O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” asarida ta’kidlaganidek: “Ta’lim O’zbekiston xalqi ma’naviyatiga yaratuvchilik faoliyatini baxsh etadi. O’sib kelayotgan avlodning barcha eng yaxshi imkoniyatlari unda namoyon bo’ladi, kasb-kori, mahorati uzluksiz takomillashadi, katta avlodning dono tajribasi anglab olinadi va yosh avlodlarga o’tadi”-bu fikrlardan ta’lim mazmunini belgilashda samarali foydalanish lozim.
Kurs ishning ob’ekti
Maktab va kasb-hunar kollejlarida tasviriy san’atni idrok etishda qaratilgan masalalarni o’rganish jarayoni
Kurs ishning predmeti
Maktab va kasb-hunar kollejlarida tasviriy san’atni idrok etish mazmuni hamda zamonaviy pedagogic tehnologiyalardan foydalanish orqali tasviriy san’at o’qitilishining shakli va metodlari.
Kurs ishning vazifalari
Kurs ishining vazifasi shundan iboratki, ta’lim muassasalarida tasviriy san’at asarlarini idrok etish orqali milliy san’atimiz bizning faxrimiz ekanligini bolalarga kenga va chuqurroq o’rgatilishini talab etiladi.
Shu jumladan borliqdagi va san’atdagi go’zalliklarni ko’ra bilish, idrok etish, tushunish va qadrlashga o’rgatish, estetik va badiiy didni o’stirish, bolalar badiiy fikr doirasini kengaytirishdan iborat.

1.Tasviriy san`atni o`qitishdagi didaktik prinsiplarning ishlab chiqilishi

Didaktika (yunoncha — o'rgatuvchi, ta'lim beruvchi demak) pedagogikaning ta'lim va tarbiya nazariyasiga oid sohasidir.
Hozirgi zamon pedagogikasida didaktikaga ta'lim va tarbiya berish nazariyasi bilan shug'ullanadigan alohida soha sifatida qaraladi. Ta'lim mazmunini aniqlash hamda o'qitishning eng samarador usul va yo'llarini topish didaktikaning asosiy vazifasidir.
Didaktika — o'qituvchida ma'lum qonun va qoidalar asosida ishlashni talab qiladi. Didaktika — o'qituvchining mashg'ulot olib borishiga yordam beradi, uni nazorat qiladi. Shu boisdan didak­tika — sinf, sinf doskasi, parta, darslik, o'quv qurollari, tarqatma materiallar, ko'rgazmalar va boshqa texnik qurollarni doimiy, sifatli, talab darajasida bo'lishini taqozo etadi. Shuningdek, u o'quv jarayonining ilmiy asosda bo'lishini ham nazorat qiladi.
Didaktika o'z xususiyatiga ko'ra dars berish yoki o'quv-tarbiya ishining qonuniy chegarasidir. O'qituvchi undan chiqib ham ketolmaydi, e'tibordan ham qoldirmaydi.
Didaktika juda qadimdan shakllangan bo'lsa-da, XVII asrga kelib, buyuk chex pedagogi Y.O.Komenskiy (1592—1670) peda­gogika fani tarixida yaratilgan didaktik prinsiplarni to'plab, uni bir butun sistemaga soldi . Bu prinsiplarning maktab faoliyatida qo'llanishiga oid qonun-qoidalarni ishlab chiqdi va butun bir didaktika sistemasini yaratdi.
Y.O. Komenskiy o'zining buyuk xizmatlari bilan maktab, o'quv-tarbiya sistemasini yaratib berdi. U maktab sistemasiga, ta'lim sistemasiga va tarbiya nazariyasiga asos soldi. Y.O. Komenskiy — sinf dars sistemasini yaratib, maktabda o'qitiladigan umumta'lim xarakteridagi fanlarni ham tanlab berdi. Shu o'rinda umumta'lim fanlari qatoriga rasm darsini ham kiritdi. Rasm hamma fanlarni o'rgatishga asos bo'lishini ham aytib o'tdi.
Biz boshqa o'quv fanlari qatori tasviriy san'atni o'qitishda didaktikaning qanday qonun-qoidalaridan, talablaridan, prinsiplaridan foydalanish zarurligi haqida gapirganda uning tarbiyaviylik, ilmiylik, sistemalilik, ko'rgazmalilik, faollik, amaliyot bilan nazariyaning birligi va bog'liqligi kabi o'nlab prinsiplarini nazarda tutamiz.
Umumiy o`rta ta`lim maktablarida tasviriy san`at darslarini didaktik prinsiplarsiz tasavvur qilib bo`lmaydi. Faqat amaliyot bilan nazariyani uzviy bog`lagan Holdagina dars va darsdan tashqari ishlarda ta`lim va tarbiyaning samarali bo`lishiga erishish mumkin. Didaktik prinsiplar va ularning asosiy masalalari Evropaning buyuk pedagog-olimlari YA.A.Komenskiy, J.J.Russo, I.G. Pestalotssilar tomonidan ishlab chiqilgan. Shuningdek, didaktik prinsiplarni ishlab chiqishda F.A.Disterveg va K.D.Ushinskiylar Ham katta Hissa qo`shganlar. Ular tomonidan ilgari surilgan g`oya Hozirgi zamon didaktikasining asosini tashkil etadi.
Didaktik prinsiplar hisoblangan ta`lim va tarbiyaning birligi, ko`rgazmalilik, ilmiylik, onglilik va faollik, muntazamlik va ketma-ketlilik, ta`lim mazmunini bolalarning kuchi va yoshiga mos bo`lishi maktabda tasviriy san`atni o`qitishda alohida ahamiyat kasb etadi.
Maktabda tasviriy san`atni o`qitishda didaktik prinsiplar professorlar N.N.Rostovsev, V.S.Kuzin, R.Hasanovlar tomonidan ishlab chiqilgan.
O'qitishning tarbiyaviy ahamiyati
Tasviriy san'at predmeti o'quvchilarda badiiy-axloqiy madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi. Shunga ko'ra tasviriy san'atning asosiy va bosh vazifasi eng avvalo o'quvchilarning estetik didlarini o'stirish, mehnatga, ijodga qiziqtirish, vatanga, xalqiga e'tiqodli bo'lishga o'rgatish va ularga ijobiy his-tuyg'ularni singdirish kabilarni amalga oshirishdan iboratdir. Shu boisdan tasviriy san'at avvalambor tarbiyaviy xarakterga ega bo'lishi kerak. Maktab tasviriy san'ati o'quvchilarni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashda muhim ahamiyatga egadir.
Tarbiya masalasi tasviriy san'at darslarida natura va obyekt tanlash, ularni tahlil qilishdan boshlanib, rasm chizish jarayonida davom etadi. Rasmi chiziladigan narsa, voqea, obekt yoki san'at asarining tahlilida, avvalo, uning tarbiyaviy tomoniga e'tibor beriladi.
Masalan, darsda oddiy ko'za rasmi chiziladigan bo'lsa, o'qituvchi ko'zaning nima maqsadda ishlatilishi, uni kim yasagani, o'zbek kulolchiligi, amaliy san'ati, kulolning mehnati va san'ati haqida, so'ngra uning tuzilishi, rangi xususida ma'lumot beradi. Darsning ana shunday tarzda tashkil etilishi o'quvchilarning xalqiga, amaliy san'atga mehri ortishiga sabab bo'ladi. Tasviriy san'atga doir har bir mashg'ulotda bunday jarayon sistemali takrorlanadi.
O'qitishning ilmiylik prinsipi
Didaktik prinsiplar asoschisi Y.O.Komenskiy: „Xudo aqldan butunlay mahrum qilmagan yoshlarning barchasi ta'lim oladi. Insonni aqlli, dono, zakovatli, yaxshi fazilatli, yuksak ma'naviyatli qilib tayyorlashga yordam beradigan barcha narsalar yoshlarga o'rgatiladi. O'qitiladigan narsalar mavhum emas, balki haqiqiy, to'g'ri obyektiv, ilmiy bo'lishi kerak"3, — deb ko'rsatgan edi.
Tasviriy san'atning barcha darslarini ilmiylik prinsipi asosida olib borish imkoniyati dasturda to'la ta'minlangan.

Yüklə 296 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin