Davlat universiteti


- mavzu. «Ma’naviyat asoslari fani darslarida manbalar va qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash metodikasi» fanini o‘qitishning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə33/57
tarix11.06.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#128434
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57
portal.guldu.uz-Ma`ruza matn

20 - mavzu. «Ma’naviyat asoslari fani darslarida manbalar va qo‘shimcha adabiyotlar bilan ishlash metodikasi» fanini o‘qitishning ta’limiy va tarbiyaviy ahamiyati


Asosiy savollar:

  1. Ma’naviyat asoslari darsligi va u bilan ishlash yo‘llari

  2. Ma’naviyat asoslari darslarida didaktik vositalardan foydalanish

  3. Ma’naviyat asoslari fanidan manbalardan foydalanish

Tayanch tushuncha va iboralar:
Darslik bilan ishlash, darslikdan ijodiy foydalanish, fanda dialektik aloqa, ma’naviyat asoslari ta’limining vositalari, uslubiy pedagogik qarashlar tizimi, kommunikatsion texnologiyalar, test tuzish talablari

1-asosiy savol:


Zamonaviy ta’limning o‘ zi nimadan iborat bo‘ lishi kerak? O‘ quvchi yoki talaba qanday bilimga ega bo‘lishi lozim? O‘quvchilarga qachondan boshlab, qanday qilib, qanday usulda va uslubda milliy qadriyatlarimiz, urf odatlarimizni o‘rgatishimiz, chuqur anglatishimiz kerak?” degan savollar ma’naviyat asoslari fani oldidagi asosiy masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. I.A.Karimov bizda «Har qanday o‘quv bosqichiga aniq talablar standart darajasida rasmiylashtirilmagan» ligini alohida ta’kidlab, ta’lim jarayonining barcha bosqichlari uchun ana shunday talablar ishlab chiqish zarurligini ilk bor asoslab berdi.
So‘ngi yillarda mamlakatimizda maktabda ma’naviyat asoslarini o‘qitish ayniqsa kasb-xunar kollejlari tizimida o‘z ko‘lami va ahamiyati jihatidan nihoyatda katta bo‘lgan o‘zgarishlarni amalga oshirdi va oshirmoqda.
Maktab ta’limi oldiga tamomila yangi maqsadlarning qo‘yilishi ma’naviyat asoslarini o‘qitish mazmunining tubdan o‘zgarishiga olib kelmoqda. Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish kursi mazmunida xam, darslik va qo‘llanmalardan foydalanish metodikasida ham rivojlanish bo‘lishini talab qiladi.
Bugungi ijtimoiy-iktisodiy munosabatlarning shakllanish jarayoni, bozor munosabatlarining raqobatlashuvi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi", "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun talablari ma’naviyat asoslarini o‘qitish metodikasiga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmadi.
Ma’naviyat (arabcha, ma’nolar majmui) so‘zining lug‘aviy ma’nosi juda keng bo‘lib ma’nolarni jumladan “fanlarni bilish” demakdir. Ma’naviyat asoslari fanining o‘rganadigan ob’ekti insonlarning davlatga jamiyatda, bir-birlariga bo‘lgan munosabatlaridan iborat.
Ma’naviyat asoslarini kursining maqsadi o‘quvchilarga ularning psixologik xususiyatlarini hisobga olgan xolda ma’naviy bilimlar tizimini berishdan iboratdir. Bu bilimlar tizimi malum usullar (metodika) orqali o‘quvchilarga etkaziladi.
Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish metodikasi ijtimoiy gumanitar fanlari tizimiga kiruvchi o‘qitish metodikasining mustaqil fan tarmog‘i bo‘lib, jamiyat tomonidan qo‘yilgan o‘qitish maqsadlariga muvofiq ma’naviyat asoslarini o‘qitish qonuniyatlarini ma’naviyat asoslarini rivojining malum bosqichida tadbiq qiladi. O‘qitishda yangi maqsadlarning qo‘yilishi ma’naviyat asoslarini o‘qitish mazmunining tubdan o‘ zgarishiga olib keldi.
O‘quvchilariga ma’naviyat asoslari fani samarali ta’lim berilishi uchun bo‘lajak o‘qituvchi uchun ishlab chiqarish ma’naviyat asoslarini o‘qitish metodikasi egallab, darslikni chuqur o‘zlashtirib olmog‘i zarur. Darslik yoki manba (kitob) bilan ishlash - materialni og‘zaki bayon qilish metodining asosiy turi bo‘lib, maktab amaliyotida muhim o‘rin tutadi.
O‘quv adabiyotlari bilan ishlash murakkab psixologik jarayon sanaladi. U ta’lim jarayonida o‘ qituvchi tomonidan bayon qilinayotgan bilimlar, axborotlarni kitob matnidan ko‘ rib, ongli idrok qilish faoliyatini rivojlantirishni nazarda tutadi. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan foydalanish o‘quvchilarda kichik tadqiqotlarni olib borish ko‘nikmalarining shakllanishiga yordam beradi.
Darslik va kitob bilan ishlash ikki yo‘nalishda olib boriladi:
1.Dars jarayonida darslik va o‘quv adabiyotlari (manbalar) bilan ishlash;
2.Dars mavzusiga bog‘liq holda hamda sinfdan tashqari sharoitlarda darslik va o‘quv adabiyotlari bilan mustaqil ishlash.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilarini darslik va boshqa o‘quv materiallari bilan birga xilma-xil qo‘shimcha adabiyot, ilmiy va ilmiy- ommabop maqolalar va shuningdek gazeta - jurnal materillardan foydalanishga o‘rgatib borish lozim.
Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:

  1. Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish va undan ko‘zda tutilgan maqsadni asoslash (nima uchun ma’naviyat asoslarini o‘qitiladi, o‘rgatiladi).

  2. Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish metodikasi mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o‘rgatish) bir tizimga keltirilgan bilimlar darajasini o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o‘rganishda izchillik ta’minlanadi, o‘quv ishlariga o‘quv mashg‘ulotlari beradigan yuklama bartaraf qilinadi, ta’limning mazmuni o‘quvchilarning aniq bilim va bilish imkoniyatlariga mos keladi.

  3. O‘qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish kerak, ya’ni, o‘quvchilar xozirgi kunda zarur bo‘lgan ijtimoiy - gumanitar bilimlarni, malaka, ko nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o‘quv ishlari metodikasi qanday bo‘lishi kerak?

  4. O‘qitish vositalari - darsliklar, didaktik materiallar, ko‘rsatmali, qo‘llanmalar va o‘quv-texnik vositalaridan foydalanish (nima yordamida o‘qitish).

  5. Ta’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish ( darsni va ta’limning darsdan tashqari shakllarini tashkil

etish).
Buni quyidagicha aniq tasavvur qilish mumkin: o‘qitish mazmuni, o‘qitish metodlari, o‘qitish maqsadlari, o‘qitish vositalari, o‘qitish shakllari.
O‘qitishning maqsadi mazmuni, metodlari, vositalari va shakllari metodik jihatlarining asosiy tarkiblari murakkab bo‘lib, ularni belgilash o‘qituvchi mahoratiga bog‘liqdir. Bu jarayon amaliy imkoniyatlar bilan kengroq bog‘lansa, ko‘proq samara berishi mumkin.
Darslik va uni yaratuvchilariga qo‘yiladigan talablar:

  1. darslikda ilmiy bilimlar tizimi va uning xajmi dastur talablariga hamda shu sinf o‘quvchilaring yosh xususiyatlariga mos keladigan bo‘ lishi

  2. darslikda bayon qilingan ilmiy bilimlarning nazariy asoslari va g‘oyaviy yo‘nalishi tizimli va izchil bo‘ lishi

v) darslikda keltirilgan dalillarning ishonchli bo‘lishi, aniq ta’rif etilishi, tegishli xulosalar chiqarilishi hamda shu orqali o‘quvchilarda eng yaxshi insoniy fazilatlar tarkib topishini ta’kidlashi lozimligi
g) nazariy bilimlar amaliyot bilan bog‘ langan bo‘ lishi

  1. darslik yaxshi bezatilgan bo‘lishi, ba’zi materiallar rasm, sxema, test va boshqa illyustratsiyalar bilan boyitilishi talab etilishi

j) oson jonli tilda yozilishi, fikrlar aniq va qisqa bo‘lishi
z) darslikning tashqi ko‘ rinish, bezagi o‘ sha sinf o‘ quvchilarining estetik didlariga mos keladigan bo‘lishi lozim.
Rivojlanish mohiyati, uning sur’ati jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida insonlarning ma’naviy kamoloti darajasiga bog‘liq bo‘lgan.
Qaerda ma’naviy rivojlanish yuksak bo‘lib, ma’rifiy-tarbiyaviy ishlar oqilona yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, shu erda jamiyat ijtimoiy mezonlari asosida tez taraqqiy qilganligi tarixdan ma lum. Biz qurayotgan demokratik huquqiy davlatning uchta muhim tomoni bor. Bu iqtisodiyot, siyosat va ma’naviyat. SHu uch omil qanchalik mustahkam va o‘zaro kuchli dialektik aloqada bo‘lsa, kelajagimiz ravnaqi ham shunchalik ishonchli bo‘ladi. Jamiyat tez rivoj topadi. YUksak ma’naviy burchlar kecha yoki bugun o‘ylab topilgan emas. Ular insoniyatning necha-necha asrlik hayotiy tajribasi davomida yuzaga keladi. Ma’naviyat insonga ona suti, ota namunasi o‘giti bilan singib kelgan.
Mustaqil respublikamizning bugungi ma’rifiy va ma’naviy hayotida asrlarga teng sezilarli o‘zgarishlar yuz bermoqda. Milliy an’analarimiz va asriy qadriyatlarimiz tiklanmoqda, ularning xayotimizdagi o‘rni yanada mustahkamlanmoqda. Jamiyat ma’naviyatini yanada yusaltirish uchun, rivojlantirishning o‘ziga xos yo‘lidan borayotgan mamlakatimiz taraqqiyotining ustivor yo‘nalishlaridan biri ekanligini bugun yaqkol ko‘rib turibmiz. Zero, fuqarolarni milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasi ruhida tarbiyalashda ma’naviyatning roli beqiyos ekanligi hammaga malum.
Kuchli, qudratli davlat kuchli ma’naviyat zamirida vujudga keladi. Mustaqillik qo‘lga kiritilgan dastlabki kunlardanoq, ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaxo ma’naviy va madaniy merosimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilganligi natijasida halqimizning o‘z taqdirimizning chinakam egasi, o‘z tarixining ijodkori o‘ziga xos milliy qadriyatlarning, madaniyatning sohibi sifatida tan olindi. Qisqa vaqt ichida jamiyatimizning barcha sohalarida shu jumladan, ma’naviy-madaniy sohada ko‘zga ko‘rinarli o‘zgarishlar amalga oshirildi. Eng quvonarlisi shundaki, tarixiy, milliy va ahloqiy qadriyatlar hamda an’analarning, muqaddas zaminimizning jamiyatni manaviy yuksaltirishdagi o‘rni va ahamiyati qayta tiklandi.
Ma’naviyat asoslari ta’limining vositalariga birinchidan O‘zbekiston Prezidenti asarlari kiradi.CHunki mamlakatimizda xalqimiz ma’naviyatini tiklashda Birinchi Prezident Islom Karimov roli katta. «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», «Barkamol avlod-O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori», «Jamiyatimizning mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat qilsin», «Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e’tiqodi va buyuk kelajagiga ishonchdir», «Ma’naviy yuksalish yo‘lida», «Maktab-taraqqiyot, madaniyat va saodat kaliti» «YUksak ma’naviyat - engilmas kuch» va boshqa asarlarida zamonaviy milliy ma’naviyatimizning asoslari ishlab chiqilgan. Bu asarlarda milliy ma’naviy tiklanish va ma’naviyatni rivojlantirish g‘oyalariga asoslangan ma’naviyat tushunchasiga ta’rif berilgan.
Xalqimiz tobora o‘zligini anglab, mustaqillik poydevorini mustahkamlamoqda. Ma’naviy yuksalish borasida qo‘ lga kiritilgan yutuqlar bilan bir qatorda o‘ z echimini kutib turgan muammolar ham bor. Har bir davlatning istiqboli xalqning farovon osoyishta hayoti, uning ertangi kuni, kelajagi bo‘lmish yosh avlod, umidli o‘g‘il - qizlari bilan bevosita bog‘liqdir. SHuning uchun ham «O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat» degan ibora zamirida, avvalombor e’tiborni yoshlarga qaratish va ularga barcha imkoniyatlarni yaratib berishdek buyuk ma’sulyat yotadi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov aytib o‘tganidek, xalqning, yosh avlodning ma’naviy tarbiyasi masalasida xanuzgacha ko‘zga ko‘rinarli yutuqlar ko‘ lga kiritilmagani o‘ zgarishlar bo‘ lmagani, bu sohada yaxlit konsepsiya va dasturlar yangicha yondashuvga asoslangan darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni yaratish ishlarida oqsab kelayotgani sir emas.
Mustaqil mamlakatimizning oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish va yo‘lga qo‘yilganiga ancha vaqt bo‘ldi. YUqorida aytilanidek, 1997 yilda bu fan «Ma’naviyat va ma’rifat asoslari» nomi bilan kiritilgan edi. O‘tgan davrda mazkur fanning maqsadi va vazifalari xususida malum tasavvur paydo bo‘ldi, uning samaradorligini oshirish yuzasidan uslubiy pedagogik qarashlar tizimi shakllandi. O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga muvofiq bu sa’yi -harakatlarni yanada faollashtirish talab etiladi. CHunki xalqaro andozalardagi bu hujjatlar tizimi zimmasiga dunyo ilm - fan yutuqlaridan yaxshi xabardor, xalqimizning nomidan jahon miqyosida baralla so‘z ayta oluvchi O‘zbekiston sha’nini ulug‘lashga qodir farzandlarni kamol toptirishdek g‘ oyat ma’ suliyatli vazifa yuklanmoqda..
Mamlakatimizning maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida tayyorlanayotgan mutaxassislarni faqat kasb nuqtai-nazaridan emas, balki ularning dunyoqarashlari ma’naviyati, tafakkuri, mafkuraviy-siyosiy etukligi, ahloqiy barkamolligi va ijtimoy faoliyati jihatlarini ham hisobga olgan holda shakllantirish g‘oyat muhim vazifadir. Bu borada ma’ suliyat o‘qituvchilar zimmasiga tushadi.
Ma’naviyat asoslari ta’limi vositasiga ikkinchidan, darslik va o‘quv qo‘llanmalari kiradi.
O‘quvchilarning ijodiy izlanishi, qo‘shimcha bilim olishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishda, ijodiy foydalanishda darsliklar muhim ahamiyat kasb etadi. Darslikdan foydalanish, u bilan ishlash yo‘llarida modul ta’lim texnologiyalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Bunda mavzu, tugallangan fikrni qismlarga, qism esa blok modullarga ajratiladi.
Har bir qismni o‘quvchilar, mustaqil o‘zlashtirishlari, ijodiy faoliyat tarkib topishi uchun o‘quv topshiriqlari tuziladi. O‘quv topshiriqlar asosida har bir model yakunida savol - javob o‘tkaziladi, xulosa chiqariladi. Hamkorlikda o‘qitishning asosiy g‘oyasi: o‘quv topshiriqlarini birgalikda bajarish, hamkorlikda o‘qishni o‘rgatish, kerakli bo‘lgan axborotni izlash manbalari, izlanish bosqichlari, to‘plangan axborotlar, materiallar, faktlar ustida tahlil o‘tkazish, xulosalar yasash, yangi faktlarni to‘plash, umumlashtirish va xulosa yasash, olingan natijalarni rasmiylashtirishdan iborat.Ijodiy faoliyat tarkib topishi uchun:

  1. o‘quvchilarga tayyor bilimlar berilmasdan, bilimlarni mustaqil o‘zlashtirish usularini egallashi;

  2. bitta muammoni hal etish uchun har xil nuqtai nazarni bayon etish, boshqa ijtimoiy-siyosiy fanlar bilan izlanishlar olib borish zarurligini tushuntirishlari;

  3. o‘quvchilarni tadqiqot metodlaridan foydalanish ko‘nikmasiga ega bo‘lishning ahamiyati, zarur axborotlar, faktlar, materiallar to‘plash, ularni turli nuqtai nazardan tahlil qilish, farazlarni ilgari surish, xulosa, yakun yasashlari kerak.

O‘qituvchining asosiy vazifalari:
YOshlarni bilimga undash, faollikka chaqirish, amaliy faoliyatning har birida bilimlarning muhimligini tushuntirish, mustaqil ishga o‘rgatish, yoshlarga mustaqil faol mustaqil ish talabini singdirishdan iborat.
Maktabning vazifasi aniq bilimlar hajmini bilibgina qolmay, balki o‘zlashtirilgan bilimlar olingan natijalar asosida talaba-o‘quvchilarda ijodiy ish ko‘nikmalarini hosil qilish va mustaqil ta’lim va bilim olish uchun o‘ziga xos qobiliyatni shakllantira oladigan bo‘lishi lozim: an’anaga ko ra o‘qituvchi hozirgacha yaxshi bajaruvchilarni tayyorlashni mo‘ljallaydi, mazmunli bilim beradi, lekin ushbu mazmunli bilimlarni maqsadga muvofiq ishlatish uslublari haqida bilim bermaydi; ijodiy faoliyatni rivojlanishga e’tiborni kam qaratadi.
Ma’naviyat asoslari ta’limining eng muhim vositalaridan biri o‘kuvchilarning bilish faoliyatini rivojlantirishdir.
O‘quvchi-talabalarning jonli bilish faoliyati uchun quyidagilar xosdir:

  • bilimga va o‘ quv maqsadlariga bo‘ lgan chuqur, har tomonlama qiziqish;

  • aqliy, jismoniy va intellektual kuchlarni faol namoyon qilish;

  • diqqat, xotira, iroda va boshqa ruhiy sifatlarni to‘plash;


Bilish faolligi jarayonida quyidagi 4 sath ajratiladi:

  • reproduktiv faollik. Bunda tayyor bilimlarni egallashga tayyorgarlik, qizg‘in qayta ishlash faoliyati amal qiladi;

  • applikativ faollik - unga qizg‘ in tanlov-yaratish faoliyatiga tayyorlik xarakterlidir;

  • izohlashdagi faollik - ma’no-mazmunni qizg‘in izohlash, tushuntirish va ochib berishga tayyorlik;

  • produktiv (samarali) faollik - unga yangilikni qizg‘in ijod qilishga tayyorlik xarakterlidir.

Bilish faolligi rivojlanishi bir necha bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

  • mustaqil xatti-harakatlarga intilishda namoyon bo‘ ladigan amaliy faoliyatdagi faollik;

  • o‘ rganilayotgan hodisalarning mohiyati va tamoyillarini qo‘ lga kiritishdagi intilish;

  • ijodiy faollik (oliy bosqich) bo‘lib, u sabab-oqibat bog‘lanishdan, ijodiy fikrlarning haqqoniyligiga, uning hayotiy va bilish qimmatiga ishonch hosil qilishdan tarkib topadi. Aql rivojlanishining xarakterli xislatlariga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • atrof-muhitga faol munosabatda bo‘ lish;

  • o‘ziga ma’lumlar chegarasidan chiqishga intilishi;

  • nazariy va amaliy maqsadlarda bilimlarini oshirish va ularni ijodiy qo‘llashning doimiy zaruriyati;

  • kuzatuvchanlik, hodisalar va faktlarning eng mohiyatli jihatlarini va aloqalarini ajrata olish qobiliyati;

  • muammolarni ratsional hal qilish uchun zarur bo‘ lgan vazifalar va vositalar o‘ rtasidagi aloqalarni ta’minlovchi harakatlar va izlanishlarning izchilligi;

  • ishdagi aniqlilik va natijalarni qo‘lga kiritishdagi ishonchlilikni ta’minlovchi intizomlilik;

  • aqliy kenglik - bu aqliy faoliyat va xotira rivoji izchilligiga asoslangan hosila sifatdir;

  • keng ilmiy axborotlarga asoslanish qobiliyati;

  • keng ilmiy ufq, texnik va komp’yuter vositalaridan foydalanish malakasi;

  • real voqelik jarayonlarini to‘xtovsiz aks ettiruvchi tushunchalarni o‘zlashtirish va foydalanishga moyillik;

  • aqliy faoliyatning dinamikligi;

  • mustaqillilik va ijodiy xarakter.

Rivojlangan aqlning eng oliy shakli ijodiy tafakkurdir. U insonning bilish bosqichi va obektiv voqelikni aks ettirish jarayonining oliy shaklidir. Ijodiy tafakkur faollikning va kishining mustaqil faoliyatining oliy shakli sifatida ijtimoy ahamiyat va betakrorlik kasb etadi. U ijodiy javob talab qilanadigan masalaning qo‘yilishi; muammoni ko ra olishi; oldindan qo‘yilgan gipoteza va masalani echish yo‘ llari va usullarini aniqlash uchun zarur bo‘ lgan bilimlarni safarbar qilish; maxsus kuzatuvlar va eksperimentlar, tug‘ilgan fikrlarni ifolalashni aks ettiradi.
Axborot - kommunikatsion texnologiyalar hayotimizning barcha jabhalariga kirib kelmoqda. Texnologiyalarga asoslangan o‘quv jarayonini tashkil qilishda elektron darsliklar muhim o‘rin tutadi. Ma’lumki, elektron darslik deganda, ilgarilari oddiy matn fayli tushunilar edi. Hozirgi kunda elektron darslik deganda, oddiy elektron nusxa emas, balki rangli rasmlar, turli xil testlar, jadvallar, lavhalar, ovoz, video - ko‘rgazmalarnig zamonaviy tartibi, texnikasi tushuniladi. SHuning uchun ham elektron darsliklar masofaviy o‘qitish tizimining asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Ma’naviyat asoslari darslarida video - ko‘rgazmalarning qulayliklari:

  • o‘quv dasturi asosida o‘rganilishi kerak bo‘lgan materiallarni o‘quvchilarga ixcham, qulay ko‘ rinishda taqdim etish;

  • texnik vositalarning o‘quvchi bilan interfaol usullarda muloqatda bo‘la olishi;

-o‘quvchilarning o‘quv materiallarini mustaqil ravishda o‘rganishi va olgan bilimlarini test sinovlari asosida sinab ko‘rishi mumkinligi.
Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitishda test nazoratining ijobiy jihatlari:

  1. Savodli tuzilgan test ob’ektiv pedagogik o‘lchash vositasi bo‘lib, uning natijasi imtihon oluvchi o‘qituvchiga bog‘liq emas.

  2. Pedagogik test o‘quv materialining dasturiy mazmunini to‘liq qamrab olishi mumkin.

  3. Test nazoratida texnikani qo‘llash oson, bu malum bir materialni yoki butun bir fanni, nisbatan oz vaqt, kam kuch sarflab, ommaviy nazorat qilishga imkoniyat yaratadi. Bu uning muhim ustunliklaridan biridir.

Test usuli ham ayrim nuqsonlardan xoli emas. Masalan, test o‘quvchining mustaqil fikrlash qobiliyatini qoliplaydi, ya’ni cheklaydi; o‘quvchi o‘zining ruhiy kechinmalarini namoyon qila olmaydi; o‘quvchining boshqa shaxsiy sifatlarini baholab bo‘lmaydi.
SHunga qaramay, pedagogik testlarning ijobiy imkoniyatlari juda katta. Testdan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlarida o‘qish va o‘qitish sifatini oshirishga xizmat qiladi, o‘quvchining bilish faolligini oshiradi.
Test topshiriqlariga qo‘yiladigan didaktik talablar mavjud.
Tuzilgan test topshiriqlarini hammasini ham birdek ishonchli deb bo‘lmaydi. Test savollari mukammal bo‘ lishi uchun ularni tuzishda bir qancha talablarga rioya qilishi zarur. Bular quyidagilardan iborat: test topshiriqlari mazmunining o‘quv materialining maqsadga muvofiqlari; material ahamiyatliligi; ilmiy aniqlik; izchillik; to‘kislik va uyg‘unlik; o‘zlashtirish darajasiga ko ra tabaqalashtirish; samaradorlik (kumulyativlik); til ravonligi va aniqligi; bir ma’nolilik; qat’iy belgilangan vaqt; ixchamlik; murakkablik me’yori; to‘g‘ri javobda qo‘shimcha belgilarining mavjud emasligi; variativlik; shaklan va mazmunan o‘ zaro bog‘ liqlik
Endi mazkur talablarni birma -bir qisqacha ko‘ rib chiqaylik

  1. O‘quv maqsadiga muvofiqlik. Test topshiriqlari mazmunini o‘quv maqsadiga qaratilishp lozim. O‘quv maqsadlari majmui ierarxik tuzilishga zga. SHuning uchun nisbatan yaqin maqsadni amalga oshirmay turib. Umumiy (nisbatan olis) maqsadga erishib bo‘lmaydi. har bir test savoli malum bir o‘quv maqsadining ro‘yobga chiqishini ta’minlashi zarur.

  2. Materialning ahamiyatliligi. Test savollariga o‘quv materialining eng muhim, asosiy qismlarini kiritish lozim. Testda topshiriqlar soni odatda cheklangan bo‘ladi. Binobarin, to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘yilayotgan masalada barcha mavzular to‘liq qamrab olinmagan bo‘lishi mumkin. Talabaning umumiy holatdan xususiy xulosaga kelishi (deduktiv) va aksincha, ayrim dalillardan umumiy xulosalar (induktiv) chiqara olishi, uning nazariy qoidalarni alohida holatlarda qo‘llashni nechog‘lilik o‘zlashtirib olganini, tafsilotlarni bilishi esa nazariy asoslarni tushuntira olish qobiliyatlarini ko‘rsatadi.

  3. Ilmiy aniqlik. Testga mushohada, bilim orqali asoslash mumkin bo‘lgan haqqoniy ma’lumotlar kiritiladi.

Fandagi munozarali qarashlarni test savollariga kiritish tavsiya etilmaydi. Test topshiriqlari tabiati asosan, avvaldan malum, aniq javob berishni taqozo etadi.

  1. Izchillik. Testdagi topshiriqlar malum bir fanga taalluqli, umumiy bilim mohiyatiga kora o‘zaro bog‘liq bo‘lishi lozim. Izchillik ayni bir topshiriq javobini umumiy test natijalariga nisbatan munosabatida (korrelyativ) ko‘rinadi.

  2. To‘kislik va uyg‘unlik. Testdagn topshiriqlarning umumiy soni mavzu va qismlarga nisbatan muvofiq taqsimlanishi ahamiyatli. Bunda o‘rganilayotgan fanning barcha jihatlarini tola qamrab olish lozim.

  3. O‘zlashtirish darajasiga kora tabaqalashtirish. O‘quv materialining malum bir tarkibiy qismiga turlicha (bilish, esda qolgan narsani tasvirlash (reproduksiya), unumli va ijodiy fikrlash) bo‘lgan testi topshiriqlarini tuzish lozim.

Bilish darajasidagi test topshiriqlari avval o‘zlashtirib olingan ma’lumotlarni qayta tiklashga asoslanadi. Bunda xotira quvvati katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Reproduktiv darajadagi testlarda esa, o‘quvchi oldin o‘zlashtirilgan ma’lumotlar asosida mustaqil fikrlaydi, topshiriq bajarganda esa, fanda avvaldan malum bo‘lgan qoida va algoritmlarga (yullanmalarga) suyanadi. Bunday holda u, esda qolganni tasvirlash, qayta tiklash yo‘lidan boradi.
Unumli ijodiy fikrlashga oid test topshiriqlari esa sinalayotgan shaxsning ma lum umumiy metodlarni topshiriqda kursatilgan aniq shart-sharoitlarga mustaqil qo‘llash layoqatini sinaydi. Unumli ijodiy fikrlash faoliyati tayyor qoidalar va algoritmlar asosida emas, malum qoidalarga kora yaratilgan yoki yangi sharoitdagi faoliyat jarayonida qayta yaratilgan qoidalarga binoan amalga oshiriladi.
Ijodiy fikrlash darajasiga oid tuzilgan testlarda topshiriq umumiy holda bayon etiladi, maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan hatti-harakatlar va vaziyatlarni o‘quvchi ijodiy fikrlash natijasida aniqlaydi. Bunday test topshiriqlarni echish jarayonida butunlay yangi axborot (qoida, xulosa, shakl va h.k) yaratiladi.

  1. Samaradorlik. Samaradorlik test topshiriqlarining borgan sari murakkablashib borishini nazarda tutadi. Bu qat’iy talab emas. CHunki, zamonaviy komp’yuter test tizimida o‘quvchiga navbatdagi test topshirig‘i, avvalgisini qanday echganiga qarab beriladi. YA’ni avvalgi savolga noto‘g‘ri javobdan so‘ng, unga nisbatan murakkab bo‘lmagan test topshiriqlari berilishi mumkin.

  2. Qat’iy belgilangan vaqt. Bu shartning mohiyati shundan iboratki, o‘ylash uchun 2 daqiqadan ortiq vaqt talab etiladigan test savollari bo‘lmasligi lozim. Bir qancha xorijiy test topshiriqlarini tahlil etilganda, matematika bo‘yicha 65 sekund, til va adabiyot bo‘yicha 32 sekund, ijtimoiy va tabiiy fanlar bo‘yicha 41 sekund, dalillar va iboralar uchun 20-25 sekund, chizmalar uchun 90 sekund, shakllarni aniqlash uchun 90-120 sekund vaqt ajratilishi malum bo‘lgan.

  3. Ixchamlik. Test topshiriqlarining matni cho‘zilib ketmasligi, qalashtirib tashlanmasligi lozim. Murakkab ko‘ lami o‘ quv savolini o‘ zlashtirishni aniqlash zarur bo‘ lgan hollarda, uni bir qancha ihcham test topshiriqlariga bo‘lib tuzilgani ma’qul.

  4. Til rovonligi, aniqligi, bir ma’noliligi. Test topshiriqlarida ko‘p ma’nolilik va noaniqlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. AQSHda test topshiriqlarini tuzuvchilar guruxiga muayyan bir o‘quv fani bo‘yicha tajribali pedagog va ruxshunosdan tashqari adabiy muharrir ham kiritilishi an’anaga aylangan.

  5. Murakkablik me’yori (yaroqliligi). Test topshiriqlari pedagogik jihatdan samarali bo‘lishi uchun, ular ommaviy axborot berib qolmasligi, javobi ochikdan-ochiq ayon bo‘lmasligi lozim. Natijasi yarmiga teng (Rq0,5) bo‘lgan test topshiriqlari nisbatan samarali hisoblanadi. Bunday natija o‘quv materialini yaxshi o‘zlashtirgan yoki chuqur tayyorgarlik ko‘rmagan o‘quvchini aniqlashni osonlashtiradi. SHuning uchun ham, abiturientlarni tanlash, bitiruv imtihonlari kabi muhim tadbirlar uchun test topshiriqlari o‘quv dasturini to‘liq o‘rgangan o‘quvchilarning 50 foizi bajara olishi mumkin bo‘lgan darajada tayyorlanadi. Demak ma lum bir yo‘nalishdagi testlar uchun 50 foizlik natija yaxshi ko‘rsatkichdir. SHuni unutmaslik kerakki, o‘z sinfi uchun muallimlar tomonidan tayyorlangan test topshiriqlari boshqa charok me’zon bilan baholanadi. Bunda 50 emas, balki 85 foiz ko‘rsatkich maqsadga muvofiq xisoblanadi. Bu haqda oldingi ma’ruzada bayon ztilgan.

  6. To‘g‘ri javobda qo‘shimcha belgilarning mavjud bo‘lmasligi. Test tuzishda tajribasiz kishi tushunarli bo‘lsin, degan maqsadda to‘g‘ri javobni boshqa javoblarga nisbatan kengroq va batafsilroq bayon qiladi. O‘quvchilar bu farqni tez anglab oladilar va javobni ana shu belgiga qarab aniqlashadi. Bunga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

  7. Variativlik. O‘quv materialidagi ma lum bir mavzuni o‘zlashtirishni nazorat qilish uchun mantiqiy fikr bayoni, sintaktik tuzilishi, morfologik belgilari yoki murakkablik darajasiga kora turlicha bo‘lgan, lekin bitta o‘quv materialiga tegishli test savollari tuzish mumkin. Bu bir o‘quv maqsadiga erishish yo‘lida topshiriqlar turkumini yaratish imkonini beradi (variant testlar). SHu bois komp’yuter test tizimi topshiriqlarning variativlik xususiyatiga asoslangan. Bunda komp’yuter navbatdagi topshiriqni avvalgi savolga berilgan javobga ko‘ra tanlaydi.

  8. SHaklan va mazmunan bog‘liqlik. Bu talab falsafadan, uning qoidalarini san’at asarlarini o‘rganishga qiyoslashdan olingan. Gegel fikricha, xaqiqiy san’at asari shaklan va mazmunan yaxlit asardir. Binobarin, test topshiriqlari ham shaklan va mazmunan uyg‘un bo‘lishi lozim. Test topshiriqlarini yuqoridagn talablar asosida tuzish, o‘qituvchilarning test tuzish nazariyasi bo‘yicha ma’lumotga zga bo‘lishlarini talab qiladi. Buning uchun testshunoslik kurslarida o‘qish va tegishli adabiyotlarni mustaqil o‘ zlashtirib borish zarur.

Nazorat savollari:
1.Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish va undan ko‘zda tutilgan maqsadni asoslash (nima uchun ma’naviyat asoslarini o‘qitiladi, o‘rgatiladi).
2.Ma’naviyat asoslari fanini o‘qitish metodikasi mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o‘rgatish) bir tizimga keltirilgan bilimlar darajasini o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o‘rganishda izchillik ta’minlanadi, o‘quv ishlariga o‘quv mashg‘ulotlari beradigan yuklama bartaraf qilinadi, ta’limning mazmuni o‘quvchilarning aniq bilim va bilish imkoniyatlariga mos keladi.
3.O‘qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o‘qitish kerak, ya’ni, o‘quvchilar xozirgi kunda zarur bo‘lgan ijtimoiy - gumanitar bilimlarni, malaka, ko nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o‘quv ishlari metodikasi qanday bo‘lishi kerak?
4.O‘qitish vositalari - darsliklar, didaktik materiallar, ko‘rsatmali, qo‘llanmalar va o‘quv-texnik vositalaridan foydalanish (nima yordamida o‘qitish).
5.Ta’limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish ( darsni va ta’limning darsdan tashqari shakllarini tashkil etish).
Adabiyotlar:

  1. Imomnazarov M., Saidov U. Milliy taraqqiyotning ma’naviy-axloqiy asoslari. –T.: 2015.

  2. Lafasov M., Toshpo‘latov T., Lafasova G. Milliy g‘oya va mafkura fanini o‘qitish metodikasi. Ma’ruza matni. –T.: 2017.

  3. Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati. –T.: 2007.

  4. Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari. (7-9 sinflar uchun dastur). –T.: 2001.

  5. Milliy istiqlol g‘oyasini shakllantirishda tashkiliy-uslubiy yondashuvlar. –T.: 2002.

6 .P.Bakirov “Milliy g‘oya targ‘ibotida o‘zbek xalq maqollaridan foydalanish”- T., 2007
7. E.YUsupov “Ma’naviy kamolot omillari”- T., 1996 96 bet

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin