Davlat universiteti



Yüklə 74,67 Kb.
səhifə2/3
tarix27.12.2023
ölçüsü74,67 Kb.
#200630
1   2   3
2-topshiriq.Sanat va kurort ishi.JN (1)

2.Asosiy qism
Asosiy bo‘lim - mavzuning nazariy asosi va savolning mazmunini bayon etuvchi bo‘lim. Bunda mavzuga mos barcha bilimlar, asosiy fikr va muammoga bog‘liq dalil va faktlar jamlangan bo‘lib, unda dalillar, xabarlar, turli statistik ma’lumotlardan foydalanib, mavzu yoritiladi, ko‘tarilgan muammoning kelib chiqish sabablari oydinlashtiriladi. Bu jarayon birmuncha murakkabroq kechadi. Shu sababli, asosiy bo‘limni bir necha kichik qismlarga bo‘lish mumkin. Har bir qismni dalillar asosida yoritish asosiy savolga javob topishga ko‘maklashadi,
Talabaning keltirilgan fakt va dalillarni taqqoslab, o‘z qarashlarini tahlil orqali ko‘rsatib borishi asosiy bo‘limning to‘liq yoritilishiga imkon beradi. Qismlarga to‘g‘ri ajratish va izchillik bilan bayon etish mavzuning yoritilishidagi mantiqiylikni ta’minlaydi. Dalillar - talaba tomonidan aytilgan fikrni isbotlash uchun keltiriladigan misollardir. Qo‘yilgan tezisga kamida ikkitadan dalillar keltirilishi kerak.
Asosiy qismni yoritish uchun kerakli ma’lumotlarni keltirish jarayonida qo‘yilayotgan masalaga talabaning shaxsiy munosabatini bildiruvchi “menimcha”, “mening fikrimcha”, “birinchidan, ikkinchidan”, “shu bilan birga”, “shu kabi”, “demak” kabi so‘zlardan foydalanish o‘rinli bo‘ladi.
3.Xulosa
Xulosa - mavzu bo‘yicha chiqariladigan yakuniy fikr bo‘lib, unda yangi fikr mulohazalar bildirilmaydi, balki dalillarga suyangan holda hukm chiqarilib, uni yechish yo‘llari ko‘rsatiladi.
Essening yakuniy qismida asosiy qismda berilgan muammoning yechimi tasdiqlanadi va mazmunning mohiyati ochiladi, ya’ni “Tanlangan mavzu bo‘yicha nima deyish mumkin?” degan savolga aniq va tushunarli javob tarzida yozilishi
kerak. Xulosa qismida quyidagi kirish so‘zlardan foydalaniladi: “men shunday xulosaga keldimki”, “asosiy fikrim shuki”, “xulosa o‘rnida aytganda” va boshqalar. Esse yozish jarayonida quyidagilarga e'tibor berish kerak:
Kirish va yakuniy qismdagi fikr asosiy masalaga uzviy bog'liq boʻladi. Masalan, kirish qismida “Mening fikrimcha” deb boshlansa, xulosa qismida “Xulosa qilib aytganda” kabi tugallanadi.
Essening hajmiga e’tibor berish lozim. Esse 200-250 so‘zdan iborat bo‘lib, kirish- 60-70 so‘z, asosiy qism – 100-130 so‘z, xulosa – 30-40 so‘zdan iborat bo‘lishi tavsiya etiladi.
Esse muayyan bir reja asosida yozilmaydi va tanlangan mavzu atrofida fikr yuritiladi. Unda birgina fikr o‘rtaga tashlanadi va rivojlantiriladi. Uning bir necha mavzu va bir qancha g'oyasi bo‘lishi maqsadga muvofiq emas.
Esse yozishda bir qolipdagi so‘zlardan foydalanish, so‘zlarni qisqartirish, yuzaki xulosa chiqarishdan xoli bo‘lish kerak. Bunda esse mavzusini ochib berish, hajmini va maqsadni aniq belgilab olish muhimdir.
Esse ixcham hajmli bo‘lgani bois, fikr-mulohaza bildirishda batafsil ma`lumot berilmaydi, keltirilgan ma'lumotni to‘liq ifodalanishi shart emas, bir aytilgan fikrni yana qayta takrorlanmaydi.
Manbalardan olingan aniq va ma'lumotlar o‘z o‘rnida qo‘llanilishi kerak. Esseda mavzuga oid fikrlar jamlanishi, esseda qanday muammoli vaziyat ko‘rib chiqilayotganligiga e`tibor qaratish muhim.
Kirish qismda mavzuga oid, uning asosiy qism bilan bog‘lovchi va mazmunini ochib beruvchi fikrlar keltiriladi.
Asosiy qismda kamida 3- 4 ta fikr bildiriladi, mana shu fikrlar hayotiy fikrlar bilan asoslanadi.
Xulosada mavzuga, mavjud muammoli vaziyatga shaxsiy qarashlar asosida shaxsiy qarshlardan kelib chiqib xulosa yoziladi.
Xulosada “mening fikrimcha”, “xulosa o‘rnida shuni aytmoqchimanki” kabi jumlalar qo‘llaniladi.
Esse yozishda muallifning tafakkur olami keng va mavzuga oid kerakli bilimlarning bilishi talab etiladi. Ushbu usulda talabalarni quyi sinfdan boshlab joriy etilgan mavzular asosida shakllantirish, rivojlantirish va o‘qituvchining ijodiy fikrlashlari, qo‘shimcha topshiriqlar bilan birgalikda ishlashi maqsad va natijaga erishish uchun tavsiya etiladi.



Yüklə 74,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin