Davlat universiteti



Yüklə 74,67 Kb.
səhifə1/3
tarix27.12.2023
ölçüsü74,67 Kb.
#200630
  1   2   3
2-topshiriq.Sanat va kurort ishi.JN (1)

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI


SANATORIYA VA KURORT ISHI
FANIDAN


O‘QITUVCHI RANBARLIGIDAGI TALABA MUSTAQIL ISHI TOPSHIRIQLARI
(kunduzgi ta’lim shakli 4-kurs talabalari uchun)



Bilim sohasi:

600000- Xizmatlar sohasi

Ta’lim sohasi:

610000- Xizmat ko’rsatish sohasi

Ta’lim yo‘nalishlari:

5610200-Mehmonxona xo’jaligini tashkil etish va boshqarish
5610300 - Turizm (faoliyat yo’nalishlari bo’yicha)


Mustaqil ta’lim va mustaqil ish uchun tavsiya etiladigan mavzular,
shakli, turi taqsimoti



t/r

Mavzular nomi

Taqdim etish turi

1.

Sanatoriy-kurort majmualari va ularning tuzilishi.

Taqdimot yaratish,
glossariy tuzish

2.

Sanatoriy-kurort korxonasining va xizmatlardan foydalanuvchisi bilan mulk huquqi tug’risida shartnomasi.

Taqdimot yaratish,
glossariy tuzish

3.

Sanatoriy-kurort korxonalarida strategik rejalashtirish.

Infografika tuzish

4.

Turistik va rekreatsion resurslaring tasnifi.

Taqdimot yaratish,
glossariy tuzish

5.

Sanatoriy-kurort majmualari xizmatlarining o’ziga xosligi va tasnifi.

Taqdimot yaratish,
glossariy tuzish

6.

Dam olish maskanlarida animatsiya va hordiq chiqarish.

Taqdimot yaratish,
glossariy tuzish

7.

Sanatoriy-kurort mahsulotlarini xizmatlar bozorida reklama qilish

Maxsus yoki ilmiy
adabiyotlar bo’yicha
mavzu ustida ishlash

8.

Firma uslubi, brendi. Ko’rgazma-yarmarkalar sanatoriy-kurort mahsulotini reklama qilish jarayonidir

Mavzuli
portfoliolar tuzish

9.

Sanatoriya putyovkalarini sotib olish va sotish.

Taqdimot yaratish
glossariy tuzish

10.

Sanatoriy-kurort korxonalarining hamkorligi va sherikligi.

Taqdimot yaratish

11.

Mutaxassislarning kasbiy tanlovining asosiy shartlari va talablari.

Esse yozish

12.

Sanatoriy-kurort majmuasi tashkilotlari faoliyatning iqtisodiy mexanizmi.

Maxsus yoki
ilmiy adabiyotlar bo’yicha mavzu
ustida ishlash

13.

Sanatoriy-kurort korxonasini boshqarish.

Mavzu bo’yicha
elektron jurnaldan maqola topish(1 ta) va tahlil qilish

14.

Sanatoriy-kurort davolanish sog’asida soliq siyosati.

Maxsus yoki ilmiy adabiyotlar bo’yicha mavzu ustida ishlash

15.

Sanatoriy-kurort faoliyati rivojlanishini davlat tomonidan tartibga solish

Mavzuli
portfoliolar tuzish




Jami




Berilgan mavzular bo‘yicha 5 mavzuni tanlab quyida berilgan topshiriqlar bo‘yicha vazifani bajaring.


Har bitta topshirilgan mavzu bo‘yicha 1 balldan beriladi jami 5 ball.

1- TOPSHİRİQ (maksimal 1,0 ballik tizimda baholanadi).


1.Bitta mavzuni tanlab shu asosida esse yozing hamda uni.pdf formatida HEMIS tizimiga joylashtiring.

Esse yozish bo‘yicha tavsiyalar.


Esse ingliz tilidagi “essay” so’zidan olingan bo’lib, intilish, ijodiy sinov, ocherk degan ma’nolarni bildiradi. Esse - talabaning aniq mavzu yuzasidan shaxsiy fikr- mulohazalari asosida yoziladigan ixcham ijodiy ish hisoblanadi. U mavzuda ko‘tarilayotgan muammoga fakt va dalillarni o‘rinli keltirish orqali o‘z munosabatini bildirishdir.
Essening turlari bir necha xil bo‘lib, yozilish maqsadiga ko‘ra uning qay turga mansubligi aniqlanadi. Essening maqsadi - talabani faol va tanqidiy va mantiqiy fikrlashga o‘rgatish, o‘z mulohazalarini dalillashga yo‘naltirish, til unsurlaridan o‘rinli foydalanish orqali fikrni to‘g‘ri yetkazib berish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Esse yozish talabalarga o‘z fikrini erkin bildirishga, mavzuga aloqador ma’lumotni to‘g‘ri qabul qilishga va tushunishga, muammoning yechimini topishga aloqador dalillardan foydalanib, o‘z xulosasini aniq va savodli bayon etishga imkon yaratadi. Asosiysi, keltirilgan fakt va dalillarning o‘rinli qo‘llanishidir.
Esse 3 qismdan iborat.
1.Kirish
Kirish - mavzuni mantiqiy va uslubiy jihatdan bog‘lab yorita olish. Bu bosqichda berilgan mavzuni ifodalash uchun savolni to‘g'ri qo‘yish muhim. Chunonchi, bu o‘rinda esse yozuvchi “Men tanlagan mavzuning dolzarbligi qay darajada?”, “Men esse yozish davomida o‘z fikrimni dalillash uchun qanday manbalarga tayanaman?” kabi savollarni o‘z oldiga qo‘yishi va shuning atrofida fikr yuritgani ma'qul. Essening kirish qismi kamida, ikki xatboshidan iborat bo‘lishi va har bir xatboshida ikki-uch gap ifodalanishi mumkin. Talabani qiziqtirish, uning e’tiborini jalb etish maqsadida essening kirish qismi jonli va aniq yozilishi kerak.
Bunda xitob, undov, shaxsiy tajribaga ishora, ritorik so‘roq kabilardan foydalanish o‘rinlidir. Kirish qismida talaba esse mavzusiga tushuncha beradi, shu orqali uning esse mavzusini qanday tushunganligi aniqlanadi va bu mavzu nima uchun muhim ekanligi yoritiladi. Mavzu va uning dolzarbligi yoritilgandan keyin tezis qo‘yiladi. Tezis - muallifning shaxsiy nuqtayi nazarini bildirib, u asosiy qismda isbotlanadigan fikri yo‘naltiruvchi g‘oya hisoblanadi. Tezis essening kirish qismida yoziladi.

Yüklə 74,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin