127
harflar bilan yozilgach, ikki nuqta qo‘yiladi va yangi
satrdan ma’ruzachining ismi-familiyasi yoziladi.
109- topshiriq. Berilgan bayonnoma namunasini o‘qing,
turini
aniqlang va kun tartibini o‘zgartirib, asosiy qismlarini yangi-
lang.
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK INSTITUTI
QOSHIDAGI XORIJIY TILLAR AKADEMIK LITSEYINING
2- BOSQICH «A» GURUHI TALABALARI YIG‘ILISHINING
3-
BAYONNOMASI
2011- yil 10.02. Toshkent shahri.
Rais — I. Hasanov.
Kotiba — M. Muslimova.
Qatnashdilar: 24 talaba.
KUN TARTIBI
1. Qishki imtihon sessiyasiga tayyorgarlik va talabalar ol-
dida turgan asosiy vazifalar. Guruh yetakchisi N. Yusupov
axboroti.
2. Navro‘z bayramiga tayyorgarlikning borishi to‘g‘risida
S.Hakimov axboroti.
1. ESHITILDI: N.Yusupov qishki imtihon sessiyasiga tay-
yorgarlik va talabalar oldida turgan galdagi vazifalar to‘g‘risida
axborot berdi.
SO‘ZGA CHIQDILAR: A. Safarov, M.
Ravshanov,
T. Umarova.
QAROR QILINDI:
1) qishki imtihon sessiyasi haqidagi N. Yusupov axboro-
ti ma’lumot uchun qabul qilinsin;
2) talabalarning galdagi vazifalari belgilab berilsin.
2. ESHITILDI: S. Hakimov Navro‘z bayramiga tayyorgar-
likning borishi to‘g‘risida axborot berdi.
SO‘ZGA CHIQDILAR: U. Usmonov, O.
Rasulova, K. Azi-
zova.
www.ziyouz.com kutubxonasi
128
QAROR QILINDI:
1) S.Hakimov Navro‘z bayramiga tayyorgarlikning
borishi haqidagi axboroti ma’lumot uchun qabul qilin-
sin; 2) Navro‘z bayramiga tayyorgarlik kuchaytirilsin.
Rais (imzo)
I. Hasanov.
Kotib (imzo)
M. Muslimova.
88- mashq. Quyidagi so‘z va so‘z birikmalarining ma’nolarini
izohlang va ular ishtirokida gaplar tuzing:
Axborot bermoq, bayonnoma, so‘zga chiqmoq, so‘z ol-
moq, so‘z bermoq,
ovoz bermoq, muhokama qilmoq, tavsi-
ya etmoq, tayinlamoq, tasdiqlamoq,
muhokamaga chiqmoq,
faol qatnashmoq, hay’at saylamoq, zimmasiga yuklamoq,
topshirmoq, ta’sis etmoq,
qaror qilmoq, ma’ruza qilmoq,
fikr-mulohaza bildirmoq.
89- mashq. Nuqtalar o‘rniga tegishli so‘z va qo‘shimchalarni
qo‘yib, bayonnoma matniga xos tartibda ko‘chirib
yozing.
Hay’at..., yig‘ilish... Bayonnoma..., eshit..., ozod qil...,
mas’uliyat..., o‘z... olmoq, ogohlan..., ma’lumot uchun..., ah-
voli..., axborot, zimma... yukla..., maqsad... muvofiq, bayon-
noma... ko‘chirma, kun... e’tiboran, belgila... qo‘y..., uzrli
sabab......, e’tiboran kuch... kirit..., tavsiya... .
Dostları ilə paylaş: