36
Ellikboshi ho‘kizni juda naqd qilib qo‘ydi — go‘yo u
ko‘chaga chiqsa bas — ho‘kiz topiladi. Bu «xudo yallaqagur»
shunchalik qilgandan keyin bir nima berish lozim-da.
Tekinga mushuk oftobga chiqmaydi. Bu odam ellikboshi
bo‘lish uchun ozmuncha pul sochganmi? Mingboshining
bir o‘ziga yetti yuz bog‘ beda, bir toy bergani ma’lum.
Poshsholikdan oylik yemasa! Qobil bobo hamyonini
qoqishtirib,
borini ellikboshiga berdi, yana qancha duo qildi.
Ellikboshi beto‘xtov aminga xabar qilmoqchi bo‘lib chiqib
ketdi.
Kechqurun Qobil bobo aminning oldiga boradigan bo‘ldi.
Quruq qoshiq og‘iz yirtadi, aminga qancha pul olib borsa
bo‘ladi? Berganga bitta ham ko‘p, olganga o‘nta ham oz.
Chol-kampir kengashib shunday qarorga kelishdi: bu chiqim
oxirgi va ho‘kizni bo‘ynidan bog‘lab
beradigan chiqim,
shuning uchun pulning yuziga qarash aqldan emas.
A. Qahhor. «O‘g‘ri» hikoyasidan.
8- mashq. She’riy parchalarni ifodali o‘qing, tasviriy ifodalarni
aniqlab, daftaringizga ko‘chiring va turini belgilang.
1. Ey menglari mushk-u, engi lola, ko‘zi ohu,
Zulfing g‘amida tutti ko‘ngulni qora qayg‘u.
Atoyi
2. Surmadan ko‘zlar qaro, qo‘llar xinodin lolarang,
G‘ozadin yuzlarda tob-u o‘smadin qoshlar tarang.
Furqat
3. Varaqlarni ochurman tozalab yillarni changidin,
Bu donish maxzani so‘zlar menga afsona yangidin.
Erkin Vohidov
4. Bo‘ldi chun umring kunining vaqti tush.
Nafsi sarkash otini ko‘b chopma, tush.
Xobgoh etkil qanoat manzilin,
Yo‘qsa hargiz ko‘rmagung rohatni tush.
Ogahiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
37
5. Yaproqlarda
tun yotib uxlar,
Soyliklarda tun yotib uxlar,
Tun o‘rmalar tog‘ boshlarida,
Tun Zaynabning qarashlarida.
Hamid Olimjon
15- mashq. Matnni o‘qing, ajratilgan so‘z va birikmalar ishtirokida
yangi gaplar tuzing.
Barchamizga ma’lumki, inson o‘zligini anglagani, nasl-
nasabini chuqurroq
bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat
Dostları ilə paylaş: