62
emas — bizning oilamizga
otalik mavqeyida turib, yaxshilik-
dan boshqani sog‘inmay kelasiz.
A. Qodiriy, «O‘tkan kunlar» romanidan.
2. Husayn Voiz Koshifiy nutqlarining ta’sirchanligi, jozi-
badorligi haqida uning o‘g‘li Faxriddin Ali Safiy «Latoyifut
tavoyif» nomli asarida quyidagilarni eslaydi: «Kunlarning birida
ahli majlisga Mavlono Sayid G‘iyosiddin degan mashhur so‘z
ustasi kechikib kelgan. Bu majlisga
Abdurahmon Jomiy ham
tashrif buyurgan ekan. Sayid G‘iyosiddin kirib kelishi bilan
Jomiy undan so‘rabdi:
— Nechuk kechikdingiz, mavlono G‘iyosiddin?
— Meni ma’zur tuting, ustod, — debdi G‘iyosiddin, —
kelayotgan edim, masjidi jomeda
Husayn Voiz Koshifiy nutq
so‘zlayotgan ekan, shunga mahliyo bo‘lib qolibman.
Husayn Voiz Koshifiyning nutqlari jozibadorligi bilan har
qanday kishini jalb qila olgan.
Alisher Navoiy va sulton Husayn Boyqaro o‘z she’rlarini
xalq oldida rasmiy ijro etish lozim bo‘lganida, bu ishga Ko-
shifiyni munosib ko‘rganlar.
Masalan, Alisher Navoiy o‘zining Jomiyga bag‘ishlangan
marsiyasini o‘qib eshittirishni
Husayn Voizga topshirganligi
bu fikrning isbotidir.
«Yuristning nutq madaniyati» kitobidan.
Dostları ilə paylaş: