22
lardek
yuzlab so‘zni qilma qator, donolardek bir so‘z degil,
lek ma’nodor
(S. Sheroziy). 5.
Sizlar bilan gaplashganimda
o‘zimning
qora o‘tmishimda ham ba’zi
yorug‘ nuqtalar
bo‘lganligini his qilyapman
(A. Muxtor).
15- topshiriq. Parchani o‘qing, nutq aniqligi buzilgan holatlarni
aniqlang.
...Endi biz-ku, o‘tdik, bolalarimiz ham bizday bo‘lmasin
deng. Buning uchun bolalarga har xil adabiyotlardan o‘qitish
kerak. Bu to‘g‘rida ham hozirgi tarbiya o‘choqlarimizning
beparvoligi bor. Chunonchi, men u kuni o‘g‘lingizni
imtihon
qilib ko‘rdim. Mazasi yo‘q! Hatto Saltikov bilan Shchedrin,
degan mashhur yozuvchilarni bir-biridan farq qilolmaydi,
ikkovi bitta odam deydi. Kula-kula o‘libman. Sizga aytaman
deb esimdan chiqibdi.
Zargarov «o‘g‘lim a’lochi» deb hech kimga so‘z bermas
edi, Qutbiddinovning bu kulgisi uni tamom o‘ldirdi.
— Rosti bilan shunday dedimi? Adabiyotdan ham «a’lo»
baho olgan edi-ku.
— Adabiyot muallimi oshnangizdir.
— Be, Saltikov
bilan kim dedingiz hali, Shchedrinmi?
Shuni bilmasa men qulog‘ini tagi bilan sug‘urib olaman.
Qutbiddinov hamon kular edi.
— Bilmaydi, bahuzur sug‘urib ola bering, azbaroyi xudo,
ikkovi bir odam deydi.
Qutbiddinovning me’yoridan ortiq kulgisi Zargarovning
g‘ashini keltirdi. Nima bo‘lib uning og‘zidan «mening o‘g‘lim
bilmasa, sening o‘g‘ling ham bilmaydi»
degan mazmunda
so‘z chiqib ketdi. Qutbiddinov ham o‘zining o‘g‘liga ishon-
ganligi uchun, Zargarovning bu bo‘htoniga darrov, issig‘ida
zarba bergisi keldi.
— Hozir, hozir, — dedi, — Suyar! Ho, Suyar! Bu yoqqa
chiq, o‘g‘lim! E, yotganmiding? Mayli, bu yoqqa o‘tir. Bizga
bir narsani hal qilib ber: Saltikov katta yozuvchimi, Shchedrin
katta yozuvchimi?
Suyar
goh otasiga, goh Zargarovga qarar va hayron edi.
— Yoq, savolni noto‘g‘ri qo‘ydingiz, — dedi Zargarov.
— Bunday: Saltikov ilgari o‘lganmi, Shchedrinmi?
www.ziyouz.com kutubxonasi
23
— Ikkovi bitta odam-ku! — dedi Suyar, nima gap ekanini
bilolmay.
Zargarov qiyqirib kuldi, chapak chaldi va bunga ham
qanoat qilmay o‘rnidan turib o‘yinga tushdi.
Qutbiddinov do‘q urdi:
— Saltikov bilan Shchedrin-a? Kim aytadi senga?
— O‘zim bilaman, kitobda bor...
A. Qahhor, «O‘jar» hikoyasidan.
16- topshiriq. She’rni ifodali o‘qing, undagi ma’nodosh
va zid
ma’noli so‘zlarni aniqlab, ma’nolarini izohlang.
Barcha shodlik senga bo‘lsin,
Bor sitam, zorlik menga.
Barcha dildorlik senga-yu,
Barcha xushtorlik menga.
Sen mening jonimni olgin,
Men sening darding olay.
Barcha sog‘liq senga bo‘lsin,
Barcha bemorlik menga...
Bu jahonning rohatin ol,
Bor azobin menga ber.
Senga bo‘lsin barcha orom,
Barcha bedorlik menga.
Senga bo‘lsin
nurli kunduz,
Menga qolsin qora tun.
Barcha gulshan senga bo‘lsin,
Bor tikanzor menga...
Senga she’rni bitsin Erkin,
Yirtib otmoq o‘z ishing.
Kasbi inkorlik senga-yu,
Aybga iqrorlik menga.
Erkin Vohidov
www.ziyouz.com kutubxonasi