31
Sharqda ham, G‘arbda ham shuhrat topgan asarlardan hisob-
lanadi.
Zamahshariy xorazmshoh Abdulmuzaffarga bag‘ishlab
1137-yilda yozgan «Muqaddimat-ul-adab»
asarining alohida
ahamiyati bor. Bu asar besh qismdan iborat. Mashhur olim
bu asa qamrab olishga intilgan, ularning
tarixiga katta aha-
miyat bergan.
«Muqaddimat-ul-adab» fors, chig‘atoy (o‘zbek), mo‘g‘ul,
turk va boshqa tillarga tarjima qilingan. Manbalarda ko‘rsati-
lishicha, «Muqaddimat-ul-adab»ning o‘zbek tiliga tarjimasi
Zamahshariyning o‘zi tomonidan amalga oshirilgan.
Olimning «Asos-ul-balog‘a» («Notiqlik asoslari») asari aso-
san lug‘atshunoslikka bag‘ishlangan.
Fikrni chiroyli so‘z
va iboralar bilan ifodalash, so‘z boyli-
gidan o‘rinli va ustalik bilan foydalanish uchun kishi farosat
va balog‘at ilmlaridan yaxshi xabardor bo‘lishi kerak.
Buning
uchun so‘zni to‘g‘ri, o‘z o‘rnida ishlatish, qoidaga muvofiq
so‘zlash va yozish ham kerak bo‘ladi.
Zamahshariyning
chuqur bilimi, dahosi va fanning turli
sohalariga oid o‘lmas asarlari hali u hayot paytidayoq butun
musulmon Sharqida unga shuhrat keltirgan.
U. Abdullayev, «Hamrohim» asaridan.
Dostları ilə paylaş: