27
– idoraviy yozishmalarda qo‘llanadigan,
qolip-
lashgan so‘z va iboralardan voz kechish va shu kabilar.
11- mashq. Gaplarni o‘qing, nutqning jamiyat ma’naviy-axlo-
qiy qoidalariga muvofiq tuzilishini ifodalovchi so‘z
birikmalarini aniqlab, daftaringizga ko‘chiring.
1. Har neki senga yetar lison og‘rig‘idin, Bilgilki, qat-
tiqdurur sinov og‘rig‘idin
(Alisher Navoiy). 2. Yaxshi so‘zlash-
ga o‘rgan va muloyim so‘zlashdan
boshqa narsani odat
qilma, negaki, qanday so‘zni gapirishni istasang,
tiling shuni
gapiradi
(Kaykovus). 3. Kishi so‘z tufayli bo‘ladi malik,
ortiq so‘z qiladi bu boshin egik
(Yusuf Xos Hojib). 4. Bundin
nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti:
ham senga
tashvish ozroq bo‘lur va ham o‘qig‘uvchig‘a
(Z. M. Bobur).
5. So‘zlaganda sharoitni,
suhbatdoshingni hisobga ol, beo‘rin
so‘z aytma
(A.Navoiy). 6. So‘zing kiyimingdek bekam-u ko‘st
qil, Yoki kiyimingni so‘zingga rost qil
(N. Xusrav). 7. Yaxshi,
ezgu so‘z (nutq) kishiga obro‘, baxt keltiradi. Ezgu so‘zli bo‘l
(A. Navoiy).
Dostları ilə paylaş: