Davlat uzb p65


O‘ZBEK  ADABIY  TILI  ME’YORLARI



Yüklə 0,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/124
tarix02.01.2022
ölçüsü0,88 Mb.
#40493
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   124
o1sxqvVxxOZJF33atSYulmTRkg87qXDyAlhHSHgi

O‘ZBEK  ADABIY  TILI  ME’YORLARI

Imlo me’yorlari

Òalaffuz me’yorlari

Grammatik me’yorlar

So‘z tanlash va qo‘llash me’yorlari

Uslubiy me’yorlar
I. IMLO ME’YORLARI
16- mashq. Gaplarni o‘qing. Xato yozilgan so‘zlarni aniqlab,  to‘-
g‘rilari bilan almashtirib ko‘chiring. Xato yozish
sabablarini tushuntiring.
1.Òil tafakkurning in’ikosi, uning hosilasidir. 2. Bu yerning
iqlimi issiq  siz mo‘tadil havoga ko‘nikgansiz. 3. Samarqanddan
olgan taassurotlaringiz asosida insho yozing. 4. Bog‘ga chiqib,
qiðqizil olmalarni tariflang, baxru dilingiz ochiladi. 5. Davo
hujjatlari tayyor bo‘lguncha, ish joyingizdan tafsivnoma kel-
tiring. 6. Òo‘yboshi devqomat bir yigitni sahnaga chiqardi.
7. Amudaryoning bu qadar shiddatli oqishini endi ko‘rishim
edi-da!
Imlo me’yorlari, ya’ni to‘g‘ri yozish me’yorlari
nutqiy savodxonlikni belgilovchi asosiy mezon sanaladi.
Imlo me’yorlari til vakillari tomonidan ongli ravishda
kelishilgan holda yaratiladi. Bu me’yorlarning amal qilishi
maxsus imlo qoidalari bilan tasdiqlanadi.
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosi asosidagi
yozuv me’yorlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan 1995- yil 24- avgustda tasdiq-
langan «O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari»ga tayanadi.
Unga harflar imlosi, o‘zak va qo‘shimchalar imlosi,
www.ziyouz.com kutubxonasi


39
bo‘g‘in ko‘chirish, so‘zlarni qo‘shib va ajratib yozish
kabilarga oid qoidalar kiritilgan. Yozma nutqda bu
qoidalarga amal qilish majburiydir.
24- topshiriq. Boshqa tillarda o‘zlashgan yangi so‘zlar lug‘atini tuzing.
Harflarning lotin yozuvidagi yangi o‘zbek alifbosida berilishini
izohlang.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin